YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi sobiq rahbari Munir Mamedzade “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ijtimoiy sektor ehtimoliy favqulodda chaqiriqlarga hozircha tayyor emasligi va nima uchun mamlakatga sog‘liqni saqlashning barcha masalalarini qamrab oluvchi yagona axborot tizimi kerakligini tushuntirdi.
Yevroparlament va Yevropa Ittifoqi davlatlari atrof-muhitga qarshi jinoyatlar ro‘yxatini kengaytirdi va ularga nisbatan jazo choralarini kuchaytirdi. Odamlar o‘limiga olib keladigan ekologik jinoyat uchun aybdorlar 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi.
Xalqaro ta’lim instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022−2023 o‘quv yilida AQSh universitetlarida o‘zbekistonlik 1000 dan ortiq talaba tahsil olgan. Bu oldingi yilga nisbatan 72,6 foizga ko‘p.
2024-yildan Surxondaryoning Sariosiyo tumanidagi aeroportga yo‘lovchi samolyotlari qatnay boshlaydi, Sariosiyo va Toshkent o‘rtasida poyezd qatnovi amalga oshiriladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, u Boysunda ochiq osmon muzeyini tashkil etish rejasini ham ma’lum qildi.
Prezident farmoni bilan 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 340 ming so‘m etib belgilanmoqda.
Prezident Surxondaryoga tashrifi chog‘ida Boysun, Sariosiyo va Sherobod tumanlaridagi konlarda qo‘rg‘oshin, rux, oltin, ko‘mir va kaliy o‘g‘iti zaxiralarini o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, tog‘li hududlarda geologiya-qidiruv ishlari kengaytiriladi.
18-noyabr kuni Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Toshkent shahri hokimligi Amir Temur xiyoboni atrofidagi ta’mirlash ishlari yuzasidan ma’lumot berdi. U yerda piyodalar yo‘laklariga yotqizilgan bruschatkalar va yo‘lning asfalt qoplamasi yangilanmoqda. Hokimlik hudud ko‘rinishi keskin o‘zgarib ketmasligiga ishontirdi.
Prezident Termizdagi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasiga bordi. U Surxondaryo yoshlarining sportga qobiliyati zo‘rligi, ammo ular shug‘ullanayotgan sport turlari cheklanganini aytib, bu sohaga 30 mlrd so‘m ajratilishini bildirdi. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga esa 50 mln dollar yo‘naltiriladi.
Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisida Samarqandda voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligi ortgani aytildi. Xususan, huquqbuzarlik 2021-yilda 1331 tani, 2022-yilda 3941 tani hamda 2023-yilning 8 oyi davomida esa 3128 tani tashkil etgan. Jinoyatlar soni esa 40 foizga ortgan.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi chog‘ida O‘zbekistondagi suv muammosi haqida gapirdi. U “suv tekin emas”, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish va buni kundalik turmush qoidasiga aylantirish asosiy vazifa bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobiga tovarlar aylanmasi va importi uchun berilgan soliq imtiyozlarining bir qismi bekor qilinadi. Gap banklar orqali ajratiladigan qarz mablag‘lari haqida bormoqda.
Markaziy bank ko‘rsatmalarga amal qilmagan va yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlamagan 16 ta bankka nisbatan jarima chorasi qo‘lladi. 5 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya tashkiloti kamchiliklari uchun ogohlantirish oldi.
Chustdagi davlat bog‘chasida tarbiyachi qizchani kiyim almashtirish chog‘ida urgani aks etgan video tarqaldi. Holatni o‘rgangan MMTB voqea 2022-yilda bo‘lgani, o‘sha yili xodim boshqa lavozimga tushirilganini bildirdi. Hozirda tarbiyachini ishdan olish masalasi ko‘rilmoqda. Bog‘cha ta’mir ishlari uchun yopilgan.
Senat raisi Tanzila Narbayeva MDH Parlamentlararo Assambleyaning navbatdagi yalpi majlisida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga bordi. U qirg‘izistonlik deputatlarni Jogorku Kenesh tashkil etilganining 85 yilligi bilan qutladi. Shuningdek, Narbayeva Qozog‘iston va Belarus parlamenti raislari bilan uchrashdi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonga nam va sovuq havo massasi kirib keladi. Harorat kechasi +5…+10, kunduzi +13…+18 darajagacha pasayadi. Shanba kuni respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. Joylarda shamol tezligi kuchayishi mumkin.
O‘zbekistonda o‘z missiyasini yakunlagan YUNISEF rahbari Munir Mamedzade ijtimoiy faoliyatning ahamiyati va nima uchun ijtimoiy himoya sohasidan tezkor natijalarni talab qilib bo‘lmasligi haqida gapirdi. Shuningdek, u bolalarning bilim olish qobiliyati ular uchun mos muhit yaratishga bog‘liqligini ta’kidladi.
AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Szinpin so‘nggi bir yilda birinchi marta shaxsan uchrashib, “konstruktiv” muzokaralar olib bordi. Uchrashuv samarali kechmadi, lekin tomonlar kelishmovchiliklarga qaramay muloqotni davom ettirmoqchiligini bildirdi. “Bu muhim progress”, — dedi AQSh prezidenti.
Mirobod tumanida Spark va Nexia haydovchilari yo‘l talashib, mojaro ommaviy mushtlashuvga aylandi. Hodisa oqibatida yo‘lovchilardan biri stomatologiya klinikasiga murojaat qildi. Holat yuzasidan bezorilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
“Amirsoy” (O‘zbekiston), “Shimbuloq” (Qozog‘iston) va “Rosa Xutor” (Rossiya) tog‘ kurortlari alyansga birlashdi. Ular Toshkentda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada dam oluvchilar bonuslarga ega bo‘lishlari va ularni alyansning boshqa kurortlarida sarflashi mumkin bo‘lgan sport-ko‘ngilochar tadbirlar taqvimini taqdim etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting