Samarqanddagi 9 ta ko‘p qavatli uy qariyb 9 mlrd 535 mln so‘mlik tabiiy gazdan, 2 ta ko‘p qavatli uy esa 64 mln 800 ming so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Denov tumanidagi gaz quyish shoxobchasida “VAZ-2106” avtomashinasining gaz balloni portladi. Oqibatda yonilg‘i quyish shoxobchasi xodimi va bir haydovchi halok bo‘ldi.
O‘zbekistonning Italiyadigi elchisi Otabek Akbarov diplomatik missiyasini yakunladi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri uning besh yillik faoliyatini ijobiy baholab, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdagi harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.
24−25-oktabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat ko‘tarilib, +22…+25 darajagacha isiydi. Ammo payshanba kuni Volgabo‘yidan nam havoning yangi qismi kirib kelib, ayrim hududlarda yana yomg‘ir yog‘adi, harorat +15…+20 darajagacha pasayadi.
Toshkentdagi 160-maktab o‘qituvchilari asossiz tekshiruvlar ortidan maktab direktori ishdan bo‘shatilganini aytib, prezidentga murojaat qildi. Maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim-tarbiya jarayoni sifati keskin pasaygani va tekshiruvlar prokuratura tomonidan o‘tkazilganini qayd etdi.
Navoiy viloyatida davlat manfaatlariga 24,4 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlandi.
Navoyi viloyati hokimi o‘rinbosari Bekzod Bobomurodov Qiziltepa tumaniga, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Umidjon Adizov Xatirchi tumaniga hokimi etib tayinlandi.
Prezident O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida iqlim o‘zgarishi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hadli bitimni tasdiqladi.
“O‘znergoinspeksiya” Qoraqalpog‘istondagi “Taxiatosh neft bazasi”da dizel yonilg‘isida 8,2 mlrd so‘mlik kamomadni aniqlandi.
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida oltita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, hech kim jiddiy jarohat olmagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “har bir so‘mni juda tejamkorlik, aql bilan ishlatish” hamda budjet taqchilligi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini ta’kidladi, dedi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov. 2024-yildan boshlab kreditlar to‘liq infratuzilmaga ega tadbirkorlarga beriladi.
G‘azo sektoriga gumanitar yordam yuklangan 20 ta yuk mashinasidan iborat birinchi karvon yetib bordi. Qohiradagi sammitda BMT rahbari cheklovsiz va uzluksiz insonparvarlik yordami yetkazishga, shuningdek, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.
23−24-oktabr kunlari AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ma’muri Samanta Pauer O‘zbekistonda bo‘ladi. U Markaziy Osiyoda mintaqaviy aloqalar bo‘yicha birinchi S5+1 vazirlar konferensiyasini o‘tkazadi. Uchrashuv haqida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan S5+1 sammiti chog‘ida e’lon qilindi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tizimida qariyb 30 yil ekskavator mashinisti sifatida ishlagan O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev 69 yoshida vafot etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini O‘zbek tili bayrami bilan tabrikladi. Davlat tilini rivojlantirish boshqa tillar va madaniyatlar rivoji bilan uyg‘unlikda ko‘rib chiqilishini ta’kidladi. Shuningdek, u lotinchadagi alifboni takomillashtirishda jamoatchilik fikrini inobatga olish zarurligini qayd etdi.
“Yo‘llarda shuncha odam o‘lib ketyapti, ijtimoiy tarmoqlarga qarab bo‘lmaydi”, — dedi prezident yig‘ilishda. “Nega prezident tashvish qilib, hammani „yondirishi“ kerak? Nimaga deputatlar „yonmaydi“?” — so‘radi u. Qariyb bir yarim yil avval ham u amaldorlarni bunday “favqulodda holat”ga befarqlikda ayblagandi.
25-noyabrgacha MDIS Tashkent`da 2023−2024 o‘quv yillari uchun qishki qabul davom etadi. Shuningdek, 4,5 — 5,0 ballik IELTS sertifikatiga ega abituriyentlar intensiv tayyorlov kurslariga yozilishlari mumkin.
20-oktabrdan Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona tunu kun ishlash rejimini to‘xtatdi. Ma’muriyatning “Gazeta.uz”ga bildirishicha, qaror kuz-qish mavsumida elektrni tejash, tunda ishlash uchun qo‘shimcha shtatlar ajratilmagani, shuningdek, foydalanuvchilarni nazorat qilish imkoni cheklangani uchun qabul qilingan.
Rossiyalik deputat Mixail Delyaginga ko‘ra, o‘zbekistonlik migrantlarning bolalari uchun xususiy maktablar qurish taklifi Rossiya fuqarolariga nisbatan “kamsitish” va bu Rossiyaning yo‘q bo‘lishiga olib kelishi mumkin. O‘zbekistonlik deputatlar bu ayblovlar “munosabatlarda hushyorlikka da’vat etishini” ta’kidladi.
Bolalar bog‘chasiga yo‘llanma olish uchun endi Davlat xizmatlari markaziga borish shart emas. Yo‘llanmani shakllantirishda ota-onaga bog‘cha rahbariga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan SMS kod yuboriladi. Bu vaqtni va hisob-kitoblarga ko‘ra, yiliga 6 tonna qog‘ozni tejaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting