2021-yil avgustida Afg‘onistondan O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tilgan 22 ta harbiy samolyot va 24 ta vertolyot taqdiri hamon AQSh va O‘zbekiston rasmiylari tomonidan muhokama qilinmoqda, deya AQShning Toshkentdagi elchisi Jonatan Xenik “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi. Harbiy aviatexnikalar Surxondaryoda qolmoqda.
Italiyaning Arsenale kompaniyasi 66 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan sayyohlik poyezdini ishlab chiqadi va quradi. U 2026-yil oxiridan boshlab Toshkent−Samarqand−Buxoro−Xiva yo‘nalishida harakatlana boshlaydi.
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining 600 nafarga yaqin talabasi kursdan qoldirilgani haqidagi xabarlardan so‘ng OTM rektori izoh berdi. Uning yozishicha, 532 nafar talaba akademik nizom talablarini qo‘pol ravishda buzgan. Rektor ularning masalasi tahlil etilishini qayd etdi.
G‘azodagi “Al-Ahli” shifoxonasiga qilingan hujum mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan keskin qoralandi. Voqeadan so‘ng Yaqin Sharqning bir qancha davlatlarida ommaviy noroziliklar boshlandi. Iordaniyada o‘tishi kerak bo‘lgan AQSh prezidenti hamda Misr va Falastin rahbarlari sammiti bekor qilindi.
18-oktabrga o‘tar kechasi G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga zarba berilishi oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘ldi. O‘zbekiston TIV buni “dahshatli zo‘ravonlik” deb atadi. “Buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Baliqchi tumanida paxta qabul qilish maskanidagi xirmonda yong‘in sodir bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi yong‘inda 12 kg paxta yonganini aytmoqda. Lekin voqea aks etgan videoda bir xirmon to‘liq yonib, yong‘in ikkinchi xirmonga ham o‘tganini ko‘rish mumkin.
Bloomberg xabar qilishicha AQSh prezidenti administratsiyasi Yevropa Ittifoqidan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolaridan tranzit vizalarini talab qilishni so‘radi. Bunga bir guruh muhojirlar “ISHID”ga aloqador shaxslar yordamida AQShga kirib kelgani voqeasi sabab bo‘lgan.
UzAuto Motors kompaniyasi ommabop avtomobillar bo‘lgan Lacetti, Damas, Labo va Cobalt narxlarini oshirgani ma’lum bo‘ldi. Biroq kompaniya bu haqida rasmiy ma’lumot bermagan.
“Tolibon” qurayotgan Qo‘shtepa kanali qurilishi yuzasidan O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi tuzilmoqda va u muzokaralar o‘tkazish uchun yil oxirigacha Afg‘onistonga yuboriladi, deya ma’lum qildi “Gazeta.uz” bilan suhbatda delegatsiya a’zosi, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov.
Ukraina harbiylari ilk bor AQSh tomonidan taqdim etilgan ATACMS raketalarini Rossiya qo‘shinlari pozitsiyalariga qarshi qo‘lladi, deb yozmoqda Wall Street Journal. Raketalarning kichik partiyasi yaqinda yashirincha Ukrainaga yetkazilgan edi.
Qirg‘iziston xorijliklarning vizasiz qolish shartlarini kuchaytirib, “vizaran” tizimini bekor qildi. Ushbu qarordan maqsad mamlakatda “migratsiya oqimlarini samarali boshqarish”ni yo‘lga qo‘yish va xavfsizlik darajasini yaxshilashdan iborat ekani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston prezidenti XXR raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda Toshkentda Sinxua va Pekin universitetlari filiallarini ochish taklifi bildirildi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.
Toshkent shahridagi “Yo‘lovchi poyezdlarini ta’mirlash” hududida 1 dona cho‘l burgutini tutqunlikda saqlagan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan 4 950 000 so‘m jarima qo‘llanildi.
Humo terminallar orqali to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar kuzatilayotganini tasdiqladi. Humo mobil ilovasi va bankomatlari odatdagi rejimda ishlamoqda.
2024-yilda O‘zbekistonga 10 mln sayyoh kelishi kutilmoqda, dedi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Samarqand Global investitsiya forumida. Tadbir doirasidagi ko‘rgazmada O‘zbekistonning 14 ta hududi va Markaziy Osiyo davlatlarining turistik-investitsion stendlari namoyish etildi. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Shamsiddin Soxibnazarov Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari bo‘ldi.
Xitoyning Amer International industrial-sanoat xoldingi O‘zbekistonda mintaqaviy ofisini ochishi mumkin. Shavkat Mirziyoyev kompaniya raisi bilan uchrashuvda misni qayta ishlash, elektrotexnika, elektromobillar uchun akkumulyator batareyalari va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.
Yaponiya elchixonasi tomonidan Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalar va oshxona mebellari hamda darslar uchun audiovizual jihozlar sovg‘a qilindi.
Toshkent shahrida 17-oktabr kuni Milliy gvardiya xodimi o‘zini o‘zi otib qo‘ydi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi.
HAMAS ilk marta garovga olinganlardan birining videosini e’lon qildi, Eron diplomati Isroil bombardimon qilishni to‘xtatsa, HAMAS G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilishga tayyorligini aytdi. AQSh va Isroil G‘azoga gumanitar yordam yetkazish rejasini tayyorlashga kelishib oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting