Arxiv

Sergelidagi portlash oqibatida 592 ta xonadon, 25 ta hovli, 1 ta maktab va 2 ta bog‘chaga zarar yetdi
28 sentabr 2023, 16:40

Sergelidagi portlash oqibatida 592 ta xonadon, 25 ta hovli, 1 ta maktab va 2 ta bog‘chaga zarar yetdi

Sergeli tumanidagi portlash oqibatida 592 ta xonadon, 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta bog‘cha binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetdi, deya ma’lum qildi Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov.

Sergelidagi yong‘inni o‘chirishga 8 soatdan ko‘proq vaqt ketdi
28 sentabr 2023, 16:05

Sergelidagi yong‘inni o‘chirishga 8 soatdan ko‘proq vaqt ketdi

O‘t o‘chiruvchilar Toshkent shahri Sergeli tumanidagi kuchli portlash sodir bo‘lgan omborxonadagi yong‘inni 8 soat davomida o‘chirdi. FVV va boshqa tegishli tashkilotlardan jami 210 ta texnika va 2000 dan ortiq shaxsiy tarkib jalb qilindi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Sergelidagi portlash sabablarini o‘rganuvchi hukumat komissiyasiga qanday vazifalar yuklandi?
28 sentabr 2023, 16:03

Sergelidagi portlash sabablarini o‘rganuvchi hukumat komissiyasiga qanday vazifalar yuklandi?

Bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov boshchiligidagi hukumat komissiyasiga uch kun muddatda Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxonada sodir bo‘lgan portlash sabablarini o‘rganish, talafotlarni bartaraf etish hamda fuqarolarga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatish vazifasi topshirildi.

Sergelidagi portlash oqibatlari — suratlarda
28 sentabr 2023, 15:45

Sergelidagi portlash oqibatlari — suratlarda

Payshanba tongi barchani larzaga solgan Sergelidagi portlash haqidagi xabarlar bilan boshlandi. Omborxonadagi chaqnash oqibatida ko‘plab uylar va tijorat binolariga zarar yetdi, 160 dan ortiq fuqaro jarohatlandi, 16 yoshli bola vafot etdi. “Gazeta.uz” muxbiri Madina A’zam ushbu hududdan fotoreportaj tayyorladi.

Guardian: Rossiya Ukrainada ishlatayotgan dronlarda Yevropada ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlar bor
28 sentabr 2023, 15:45

Guardian: Rossiya Ukrainada ishlatayotgan dronlarda Yevropada ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlar bor

Rossiya Ukrainada qo‘llagan Eron kamikadze-dronlarida Yevropada ishlab chiqarilgan komponentlar mavjudligi aniqlandi, deya yozmoqda Guardian. Yevropa kompaniyalari mahsulotlari Eronga bir nechta mamlakat, jumladan, O‘zbekiston orqali olib kirilgani ta’kidlangan.

Sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 sutkadan 10 sutkaga qisqartiriladi
28 sentabr 2023, 14:57

Sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 sutkadan 10 sutkaga qisqartiriladi

O‘zbekistonda sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlarini berish muddatlari 20 sutkadan 10 sutkaga qisqartiriladi. Shuningdek, sud hukmi, ajrimini va qarorini ijro etishda yuzaga kelgan masalalarni hal qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish va protest bildirish tartibi belgilandi.

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tugatiladi
28 sentabr 2023, 14:40

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tugatiladi

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi rahbari 2024-yil 1-yanvardan uning faoliyatini tugatish va barcha davlat muassasalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qorabog‘ aholisini Ozarbayjon taqdim etgan reintegratsiya shartlari bilan tanishtirish taklif qilindi.

Toshkentdagi omborxonada yuz bergan portlashda yangi mashinalar shikastlandi (foto)
28 sentabr 2023, 13:34

Toshkentdagi omborxonada yuz bergan portlashda yangi mashinalar shikastlandi (foto)

Tunda portlash kuzatilgan Toshkentdagi omborxonaning ochiq hududida o‘nlab yangi import avtomobillar, jumladan, elektromobillar bo‘lgan. Ulardan ba’zilari shikastlangan. Bojxona qo‘mitasi xodimi ombor xo‘jalik subyektiga tegishli bo‘lib, bojxona organlarining inshootlari sirasiga kirmasligini qayd etdi. Foto.

Toshkentdan Qarshi va Samarqandga qo‘shimcha elektropoyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi
28 sentabr 2023, 12:46

Toshkentdan Qarshi va Samarqandga qo‘shimcha elektropoyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

Bayram munosabati bilan Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga Afrosiyob elektropoyezdlarining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi.

“Qo‘rqqanimdan qanday qilib ko‘chaga chiqib olganimni ham bilmayman”. Sergeliliklar — portlash haqida
28 sentabr 2023, 12:29

“Qo‘rqqanimdan qanday qilib ko‘chaga chiqib olganimni ham bilmayman”. Sergeliliklar — portlash haqida

Sergelidagi portlash yuz bergan vaqtida odamlar uyquda edi. Ko‘pchilik dovdirab qolgan, kimdir zilzila bo‘layapti deb o‘ylagan, boshqasi bolasini bag‘riga bosib, ko‘chaga otilgan. Hodisada jabrlangan sergeliliklar birinchi taassurot va endi nima qilmoqchi ekanliklari haqida “Gazeta.uz”ga gapirib berdi.

Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning “Panserraikos” futbol klubiga o‘tdi
28 sentabr 2023, 12:23

Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning “Panserraikos” futbol klubiga o‘tdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning “Panserraikos” futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Sportchi avval Saudiyaning “An-Nasr” klubida to‘p surgandi.

Fotoreportaj: Toshkentdagi portlash joyida yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda
28 sentabr 2023, 12:10

Fotoreportaj: Toshkentdagi portlash joyida yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda

“Gazeta.uz” muxbirlari Toshkent shahri Sergeli tumanidagi portlash sodir bo‘lgan joydagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. U yerda yong‘inni o‘chirish davom etyapti. Portlash oqibatida ochiq maydonda saqlanayotgan avtomobillarga ham zarar yetgan.

Sergelidagi portlash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi — IIV
28 sentabr 2023, 12:04

Sergelidagi portlash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi — IIV

Sergeli tumanidagi portlash bo‘yicha IIV Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Hozirda kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

“Aholining zarari to‘liq davlat tomonidan qoplab beriladi” — Sergeli tumani hokimi
28 sentabr 2023, 11:55

“Aholining zarari to‘liq davlat tomonidan qoplab beriladi” — Sergeli tumani hokimi

Sergeli tumanidagi omborxonadagi portlash oqibatida talafot ko‘rgan har bitta xonadon inventarizatsiyadan o‘tkazilmoqda, dedi tuman hokimi Elbek Shukurov. U yetkazilgan zarar to‘liq davlat tomonidan qoplanishini ta’kidladi. Hududda aholi uchun ovqatlanish va tibbiy xizmat ko‘rsatish punktlari tashkil etilgan.

Sergelidagi talafotlarni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi
28 sentabr 2023, 11:39

Sergelidagi talafotlarni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi

“Quruvchilar” dahasida joylashgan omborxonada sodir bo‘lgan portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzildi. Unga bosh vazir o‘rinbosari Achilboy Ramatov boshchilik qiladi.

Sergelidagi portlash oqibatida 163 kishi jarohatlandi — SSV
28 sentabr 2023, 11:21

Sergelidagi portlash oqibatida 163 kishi jarohatlandi — SSV

Sergeli tumani “Quruvchilar” dahasidagi portlash oqibatida 163 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi SSV. Ularning 24 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda. Vazirlik 16 yoshli bolaning o‘limini tasdiqladi.

“Portlash xavfi bo‘lgan narsalar saqlanmagan” — Toshkentdagi portlash sodir bo‘lgan omborxona vakili
28 sentabr 2023, 10:27

“Portlash xavfi bo‘lgan narsalar saqlanmagan” — Toshkentdagi portlash sodir bo‘lgan omborxona vakili

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi kuchli portlash sodir bo‘lgan omborxonada portlash xavfi bo‘lgan va yonuvchi moddalar bo‘lmagan, deya xabar qildi “Gazeta.uz”ga Xalqaro logistika markazi (United Cargo Center) vakili. Rasmiy idoralar voqea yuzasidan o‘rganish o‘tkazmoqda. Majmua haqida nimalar ma’lum?

Sergelidagi portlash oqibatida 11-sinf o‘quvchisi vafot etdi
28 sentabr 2023, 10:21

Sergelidagi portlash oqibatida 11-sinf o‘quvchisi vafot etdi

“Gazeta.uz” Toshkentning Sergeli tumanidagi omborxonada yuz bergan kuchli portlash oqibatida 11-sinfda o‘quvchi bola halok bo‘lganini aniqladi. Uning boshiga rom tushib ketgani aytilmoqda.

Sergelidagi portlash joyidan fotoreportaj
28 sentabr 2023, 09:55

Sergelidagi portlash joyidan fotoreportaj

Kechasi Toshkentdagi Quruvchilar dahasida joylashgan omborda yuz bergan kuchli portlash yong‘inga sabab bo‘ldi. Ko‘p qavatli uylarning oynalari singan. Jabrlanganlar bor, ammo ularning soni ochiqlangani yo‘q. Voqea joyida maxsus xizmatlar ish olib bormoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari u yerdan fotoreportaj tayyorladi.

Portlashda jabrlangan uy egalariga yetkazilgan zarar qoplanadi — Shavkat Umurzoqov
28 sentabr 2023, 09:31

Portlashda jabrlangan uy egalariga yetkazilgan zarar qoplanadi — Shavkat Umurzoqov

“Quruvchilar” dahasidagi portlash oqibatida shikastlangan uylar egalariga yetkazilgan zarar qoplab beriladi. “2−3 kun ichida bu muammolarni hal qilamiz”, — dedi voqea joyiga yetib kelgan poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting