Surxondaryodagi 4000 yillik Jarqo‘ton yodgorligidan taqinchoq va sopol idishlar bilan birga ko‘milgan odam qabrlari topildi. Qazishma ishlari Fransiya milliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
So‘nggi haftalarda poytaxtda yo‘l-qurilish ishlari faol tarzda ketmoqda. Bu elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini oshirish maqsadida qilinyapti, dedi hokimlik. 2023-yilda 903 km past kuchlanishli elektr tarmoqlari, 228 ta transformator yangilanadi. Bunday yirik masshtabdagi ish ilk marta amalga oshirilmoqda.
Hindiston sharqidagi Odisha shtatida poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida kamida 288 kishi halok bo‘ldi, 900 ga yaqin kishi jarohat oldi. Qurbonlar soni ortishi mumkin, deydi rasmiylar.
O‘zbekiston prezidenti Anqara shahrida Rejep Tayyip Erdog‘anning lavozimga kirishishi munosabati bilan inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun 3-iyun kuni Turkiyaga boradi.
Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. U fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini ta’minlash va ijtimoiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish maqsadida yaratildi. Bandlik vazirligi, SSV, IIV, MMTV va boshqa tuzilmalarning tegishli bo‘limlari agentlikka o‘tdi. Tafsilotlar.
Olchali amerikancha pirog, keks, olchali o‘rama va pechenelar, tezpishar tartaletka va boshqalar — Zira.uz olcha solib tayyorlangan pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Poytaxtdagi ayrim ko‘chalar 4-iyun kuni velomarafon o‘tkazilishi sababli soat 8:00 dan 11:00 ga qadar transportlar harakati uchun yopiladi (ro‘yxat).
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo — YeI” yetakchilari sammitida O‘zbekistonda YeI talablari bo‘yicha standartlashtirish laboratoriyalari hali yaratilmagan bo‘lsa-da, GSP+ tartibini uzaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u Transkaspiy yo‘lagini rivojlantirish uchun qulayroq tariflar zarurligini aytdi.
O‘zbekistonliklarda mavjud 12 mlrd dollarga yaqin mablag‘, lotin alifbosida nashr etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, sudlanayotgan Termizning sobiq hokimi, Yevropa kengashi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazgan Shavkat Mirziyoyev, Zilzila mobile dasturi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari BBC’ning “Barcha davrlarning 100 ta eng buyuk bolalar kitoblari” ro‘yxatiga kiritildi. Ushbu ro‘yxatni shakllantirish uchun 56 mamlakatdan 177 ekspert, jumladan O‘zbekistondan ikki vakil qatnashgan.
Nukus voqealari ishi bo‘yicha apellyatsiya sudida muzokaralar tugadi. Hukm chiqishi kutilmoqda. Prokuror 4 nafar ayblanuvchining shartli jazosini real muddatlarga almashtirish, 13 nafar mahkumning jazosini yengillashtirish, ulardan 8 nafarini esa ozod qilishni so‘radi. Tajimuratov va uning advokati bayonot berdi.
Senat Soliq kodeksiga professional futbol klublarini vaqtincha ijtimoiy soliqdan boshqa barcha soliqlardan ozod etadigan o‘zgartirishlar kiritilishini ma’qulladi. Shuningdek, klublarga chet ellik mutaxassis va futbolchilar daromadlaridan to‘lanadigan daromad solig‘i bo‘yicha ham imtiyoz berilishi mumkin.
Toshkentda xususiy firma rahbarlari tanishlari orqali fuqaro va uning onasiga Haj vizasini tayyorlab berish uchun 20 ming dollar so‘ragani aytilmoqda. Ular 4 ming dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i 1,6 mln so‘m jarimaga tortildi. Bunga agentlikning 2 ta tumandagi boshliqlariga dam olish kunida qo‘ng‘irog‘iga javob bermagach, tushuntirish xati yozdirgani sabab bo‘ldi.
1-sentabrdan boshlab O‘zbekistonda banklarning ustav kapitali hajmi 200 mlrd so‘mni tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Hozircha sakkizta bank bu talabga javob bermaydi. Markaziy bank kapitallashuv talablari bajarilmasa, litsenziya bekor qilinishi haqida ogohlantirdi va ularga birlashishni tavsiya qildi.
Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon turizm tashkiloti Yevropa komissiyasining ig‘ilishida O‘zbekistonga tashkilotning 25-yubiley sessiyasida mezbon sifatida prezidentlik qilish vakolati berildi. Sessiya 16−20-oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonda atrof-muhitga zarar yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar og‘ir jinoyatlar toifasiga kiritiladi. Shuningdek, hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish va chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash uchun jarimalar miqdori sezilarli darajada oshiriladi.
O‘zbekistonda 2025-yil oxirigacha havoning yuqori darajada ifloslanishidan aholini erta ogohlantirish tizimi paydo bo‘ladi. Buning uchun hududlarda atmosfera havosining ifloslanishini nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan stansiyalar o‘rnatiladi, korxonalardan tozalash uskunalarini o‘rnatish talab etiladi.
35,6 mlrd so‘m mablag‘ni o‘zlashtirishda gumonlangan Termizning sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev hamda uning ikki o‘rinbosariga oid jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda. Ishga jami 18 kishi ayblanuvchi, 200 kishi jabrlanuvchi va guvoh sifatida jalb qilingan. Ish hajmi kattaligi sababli sud yana 4 oy davom etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting