9-iyulda o‘tkaziladigan prezident saylovi, Rossiyaga jo‘nab ketgan Shavkat Mirziyoyev, Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashgan Ombudsman vakillari, nashida yuborgani uchun 3 yilga qamalgan 21 yoshli yigit, O‘zbekiston dunyoviy davlat bo‘lib qolishini aytgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
6−8-may kunlari Sirdaryoda o‘tgan lll Xalqaro baxshichilik festivalida 30 ga yaqin davlatdan baxshilar qatnashdi. Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov OAVning festival uchun qancha mablag‘ ajratilgani bo‘yicha savoliga “Biz yildan-yilga kamroq xarajat qilyapmiz”, — deya javob qaytardi.
Shavkat Mirziyoyev 1-iyundan jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari ustidan soliq nazorati o‘rnatilishini bekor qilishni nazarda tutuvchi yangi Konstitutsiyani amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari vakillari ishtirokida “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.
5−6-may sanalarida Termiz shahrida “Hunarmandchilikda elektron tijorat — Markaziy Osiyo ayollari biznesidagi asosiy o‘zgarishlar drayveri” mavzusida mintaqalararo forum tashkil qilindi.
YouTube`dagi nashidani Telegram-guruhga yuborgan 21 yoshli yigit 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita nashidada aqidaparastlik g‘oyalari borligini ma’lum qilgan.
Markaziy saylov komissiyasi 9-iyulda bo‘lib o‘tadigan muddatidan avvalgi O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlarini boshladi. Komissiya 10-may kuni saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilmoqchi.
O‘zbekiston prezidenti Toshkent shahridagi sanatoriyga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan suhbatlashdi. Urush qatnashchilariga bu yil 18 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi.
Dohada o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik Dilshodbek Baratov kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Toshkentda davom etayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana 6 ta g‘alabaga erishdi.
O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 42 ta xorijiy kompaniya tomonidan yanvar-aprel oylarida 32,4 mlrd so‘m soliq to‘langan. Ular ichida eng ko‘p soliqni Meta (12,1 mlrd so‘m), Google (9,3 mlrd so‘m) va Apple (6 mlrd so‘m) to‘lagan.
Shavkat Mirziyoyev muddatidan ilgari prezidenti saylovini 9-iyulda o‘tkazish bo‘yicha farmonni imzoladi.
Prezident O‘zbekiston davlat rahbari lavozimiga muddatidan ilgari saylov bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. U nima uchun 3,5 yillik prezidentlik muddatidan o‘z tashabbusi bilan “voz kechayotganligini” tushuntirdi.
“Paxtakor” va “Navbahor” klublari bilan O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan murabbiy Viktor Jalilov 71 yoshida vafot etdi. U O‘zbekiston U-22 jamoasini ham boshqargan.
“O‘zbekiston — dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuvda. Davlat rahbari mamlakatda har qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga hech qachon yo‘l qo‘yilmasligini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev xalq ovozi va fikrini keng jamoatchilikka, davlat idoralari e’tiboriga olib chiqayotgan eng ta’sirchan kuch, bu — OAV va jurnalistlar ekanini ta’kidladi. Shuningdek u axborot makonida haqqoniylik va xolislik bosh mezon ekanini unutmaslik zarurligini aytdi.
Prezident ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori muntazam oshirib borilishini bildirdi. Buning uchun budjetdan har yili qo‘shimcha 30−40 trln so‘m ajratish kerak bo‘ladi. Shuningdek, davlat rahbari har yili yuzlab yangi bog‘chalar, maktab va shifoxonalar qurish lozimligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasiga 1-avgustga qadar davlat o‘ziga olgan har bir yangi majburiyat bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqib, parlamentga kiritishini topshirdi.
O‘zbekistonda kunlar hafta davomida isib boradi, quruq ob-havo bo‘ladi. Harorat kechalari +13…+18, kunduzi janub va cho‘l hududlarda +36…+38 darajagacha yetadi. Chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting