O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalari 21−24-aprel kunlari ham uzluksiz ishlaydi. Mamlakat bo‘yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi.
Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazilishiga 10 kun qoldi. Shaharlarda fuqarolarni saylov uchastkalariga borishga undaydigan targ‘ibotlar tobora ko‘payib bormoqda. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Toshkentdagi reklamalar va shaharning “sog‘lom fuqaro yakshanbasi”ga tayyorlanayotganini suratga oldi.
Ramazon hayitida o‘zbekistonliklar 4 kun — 21−24-aprel kunlari dam oladigan bo‘ldi. 24-aprel ko‘chirilgan dam olish kuni hisoblanmaydi, ya’ni 29-aprel 5 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni bo‘ladi.
Shu kunlarda keltirilgan 400 ta avtobus va elektrobuslar Toshkent ko‘chalarida harakatni boshladi. Ular orasida 10 yildan beri O‘zbekistonda bo‘lmagan, uzunligi 18 metrdan iborat 118 dona garmoshka-avtobus ham mavjud. “Gazeta.uz” fotoreportaji.
Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Xivaga 20 dan 23-aprelga qadar, Samarqandga esa 21-apreldan 24-aprelgacha qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 21-aprel, juma kuni Ramazon hayiti namozining hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini e’lon qildi.
Avazbek Ergashev Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekistonda aholi va dehqonchilik xo‘jaliklari import qilingan yoki mahalliy sifatsiz kartoshka ekmoqda. Shu sababli prezident mutasaddilarga aholi tomorqalari uchun 500 tonna elita kartoshka urug‘larini bepul tarqatishni, kartoshka yetishtiruvchilarga imtiyozli mablag‘lar ajratish vazifasini qo‘ydi.
Tijorat banklari 20-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 410 — 11 495 so‘m.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2023-yilgi Ramazon hayiti 21-aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.
Toshkent shahrida Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Ular soat 04:00 dan 07:00 ga qadar fuqarolarning masjidlarga kelib-ketishi uchun harakatlanadi.
Yo‘l qoidalarini buzganlarga jarima oshishi, referendumda muddatidan oldin ovoz berish boshlangani, ma’muriy jarimalarni 15 kun ichida to‘laganlar uchun 50% chegirma, Afg‘onistonga insonparvarlik yordami, ota-ona tomonidan ayovsiz kaltaklangan 14 yoshli kosonlik qiz va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Qashqadaryoda ota va o‘gay onasi tomonidan kaltaklangan 14 yoshli qiz mahalla qaramog‘iga olinib, xavfsizligi ta’minlandi. Hozirda uni vasiylikka berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Ramazon hayiti kuni Toshkent metropoliteni o‘z faoliyatini tonggi 04:00 dan boshlaydi. Bayram munosabati belgilangan boshqa dam olish kunlari metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.
Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida shifokorlar tomonidan minginchi buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi o‘tkazildi. Operatsiya surunkali buyrak yetishmovchiligining so‘nggi bosqichida bo‘lgan ayolda o‘tkazildi, uning eri donor bo‘ldi.
Surxondaryodagi maktabda ayol hamkasblarini kaltaklagan erkak hodisadan keyin ham ozodlikda edi. Voqea videosi tarqalgach, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, erkak ushlangan, maktab direktori ishdan olingan, jabrlanuvchining holidan esa hokim xabar olgan. “Gazeta.uz” hodisa ishtirokchilari bilan suhbatlashdi (video).
Mart oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik 7,3 foizga pasayib, oldi-sotdi bitimlari soni qariyb 21 mingtani tashkil etdi. Shuningdek, poytaxtning aksariyat tumanlarida ijaraga beriladigan uy-joylar narxi arzonlashdi — ITIM sharhidan.
O‘zbekiston Afg‘onistonga zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat 185 tonnali insonparvarlik yordamini yubordi. Yuklar Balx viloyati shimolidagi Hayraton shahriga yetkazildi. Ikki davlat rasmiylari savdo-iqtisodiy va gumanitar sohadagi hamkorlik borasida muzokaralar o‘tkazdi.
Koson tumanida ota va ona voyaga yetmagan qizini kaltakladi. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan. Ota ruhiy kasalliklar dispanseriga tekshirish uchun yuborilgan.
O‘zbekistondagi Yandex Go ilovasida nogironligi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun imkoniyatlar paydo bo‘ldi: yo‘lovchi endi haydovchining mashinasini topishda yordam so‘rashi, nogironlar aravachasida ekanini bildirishi, gapirmasligi yoki faqat matn orqali muloqot qilishi mumkinligi haqida ogohlantirishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting