29−31 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Vaqtincha poytaxt hokimi bo‘lgan Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahri hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U avval ham hokim o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga kelgan sayyohlar oqimi qariyb uch barobarga oshib, 871 ming kishini tashkil etdi. Ularning 90 foizdan ortig‘i Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Rossiyadan kelgan.
Endilikda tibbiyot xodimi faoliyatiga to‘sqinlik qilgan fuqarolarga nisbatan BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 7 baravaridan 10 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanadi.
Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston bilan davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiyalash bo‘yicha qonunni imzoladi. Bitim ikki davlat prezidentlari tomonidan 2022 yilning dekabrida Toshkentda imzolangan. Demarkatsiya bo‘yicha muzokaralar 2003 yildan beri davom etib kelayotgandi.
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi xonadonda gaz portlashi sababli er-xotin va ularning voyaga yetmagan ikki nabirasi 50−60 foiz kuyish jarohatini oldi. Bemorlarning barchasi shifoxonada vafot etdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi. Shuningdek, yuqori texnologik va qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni mahalliylashtirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish tizimi joriy qilinadi.
Tijorat banklari 28 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 415 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 420 — 11 485 so‘m.
Tarmoqlarda Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarida odam suyaklari topilgani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuratura bir necha yil avval mahalla qabristoni suv ostida qolib ketgani va hozir suv sathi pasaygani uchun suyaklar yuzaga chiqib qolganini ma’lum qildi.
Budapeshtda O‘zbekiston elchixonasi ochildi. Marosimda O‘zbekiston va Vengriya tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Peter Siyyarto ishtirok etdi. Vengriya 2016 yilda Toshkentda elchixonasini ochgandi.
Rekonstruksiyaga yopilgan Andijon aeroporti, pedagoglarning majburiy mehnati uchun alohida jinoiy javobgarlik, Open budget`da ovoz berganlarga bepul ichimlik, 5000 so‘m pul va 1 litr yog‘, «Seniki. Meniki. Bizniki"-Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum kampaniyasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Agar siz zilzila ehtimoli yuqori bo‘lgan hududda yashasangiz, zilzilaga qanday tayyorgarlik ko‘rish va u ro‘y berganda o‘zingizni qutqarish uchun nimalar qilish kerakligini «Gazeta.uz»ning batafsil qo‘llanmasida o‘qing.
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Yandex Go’ning soliqqa tortilishi hamda O‘zbekistondagi taksi bozori bilan bog‘liq vaziyatni sharhlar ekan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bozorda teng imkoniyatlar yaratuvchi takliflar ishlab chiqishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda gibrid avtomobillar uchun elektromobillarniki kabi davlat raqamlari berishga qaror qilindi.
Andijon aeroporti aerodrom majmuasi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan 1 apreldan boshlab parvozlar uchun yopildi. Rekonstruksiya ishlari yil oxirigacha davom etishi kutilmoqda.
Tarmoqlarda Toshkentdagi mahallalardan birida noma’lum shaxslar uch kun davomida yashirib ketilgan narkotiklarni izlayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Poytaxt IIBB hozirda 28 kishi ushbu holat bo‘yicha ko‘rsatma bergani va tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
Prezident o‘qituvchilarni mehnatga majburlaganlik uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlikni belgilovchi va mehnatga noqonuniy aralashganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. «Endi siz qonun himoyasidasiz», — deydi prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov.
«Tashabbusli budjet»da ovoz berish jarayoni 7 aprelda tugaydi. Fuqarolar ungacha o‘z loyihalariga ko‘proq ovoz to‘plash uchun turli usullardan foydalanmoqda. Jumladan, hisobni to‘ldirish, bepul ichimlik ulashish va hatto yog‘ berish ham kuzatilmoqda. «Gazeta.uz» jarayonga oid suratlar va postlarni jamladi.
Toshkent viloyati Chimyon tog‘larida 28−31 mart kunlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Veolia Energy Tashkent bu yil bahorda poytaxtda issiq suvni 5 kunlik o‘chirishlarni rejalashtirmyotganini ma’lum qildi. Issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari keyinroqqa yoz-kuz mavsumida o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting