Arxiv

Qarshida xavfsizlik kamariga yozilgan jarima sabab yo‘lni to‘sib qo‘yganlarning 3 nafari 10 sutkaga qamaldi
1 iyun 2022, 17:45

Qarshida xavfsizlik kamariga yozilgan jarima sabab yo‘lni to‘sib qo‘yganlarning 3 nafari 10 sutkaga qamaldi

Qarshida xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun belgilangan jarimadan norozi bo‘lib yo‘lni to‘sgan taksi haydovchilarning 3 nafari 10 sutkaga qamaldi, yana 12 nafari ogohlantirildi.

O‘zbekistonda o‘tayotgan futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogi haqida nimalar ma’lum?
1 iyun 2022, 17:37

O‘zbekistonda o‘tayotgan futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogi haqida nimalar ma’lum?

1 iyundan 19 iyungacha Toshkent va Qarshi shaharlaridagi to‘rtta stadion futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi. Ilk bellashuvda Avstraliya U23 − Quvayt U23 olimpiya jamoalari maydonga chiqsa, musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 1 iyun kuni «Paxtakor» stadionida boshlanib, O‘zbekiston U23 va Turkmaniston U23 jamoalari o‘rtasidagi bahs bilan davom etadi. Barcha jamoalar va turnir o‘tkazilishiga mas’ul shaxslar O‘zbekistonga yetib kelgan. Musobaqa jadvali, stadionlar va boshqa tafsilotlar.

Ko‘p qavatli uylar konstruksiyalarini noqonuniy o‘zgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
1 iyun 2022, 16:45

Ko‘p qavatli uylar konstruksiyalarini noqonuniy o‘zgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Prezident imzolagan qonunga muvofiq, ko‘p kvartirali uylar konstruksiyalarini noqonuniy o‘zgartirganlik va ularga tutash yerda qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Huquqbuzar jismoniy shaxslar 9 mln so‘mgacha, mansabdorlar esa 15 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi. Qoidabuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs ixtiyoriy ravishda muammoni bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

Antimonopoliya qo‘mitasi «buxanka» narxi keskin oshganiga munosabat bildirdi
1 iyun 2022, 15:08

Antimonopoliya qo‘mitasi «buxanka» narxi keskin oshganiga munosabat bildirdi

Antimonopoliya qo‘mitasi poytaxtda qolipli non («buxanka») narxining keskin ko‘tarilganiga munosabat bildirdi. «Un mahsuloti zahirasi shakllantirilgan bo‘lib, narx navolarning keskin oshib ketmasligi uchun zarur miqdorda savdolarga qo‘yib boriladi», — deyiladi xabarda. Qo‘mita fuqarolardan sun’iy «ajiotaj» vujudga keltirmaslikni so‘ramoqda.

«Ozodlik Radiosi» O‘zbekistonda jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazishni muhokama qilmoqda
1 iyun 2022, 14:04

«Ozodlik Radiosi» O‘zbekistonda jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazishni muhokama qilmoqda

«Ozod Yevropa Radiosi / Ozodlik Radiosi» media korporatsiyasi prezidenti Jeymi Flay Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda «Ozodlik» materiallari O‘zbekiston qonunchiligi va «jurnalist etikasiga» mos kelishi, qolaversa, jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

USAID O‘zbekiston qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun $2,4 mln ajratadi
1 iyun 2022, 13:18

USAID O‘zbekiston qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun $2,4 mln ajratadi

AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistondagi, ayniqsa, Orolbo‘yi hududidagi qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2,4 mln dollar ajratadi. Mablag‘lar ayollarni tadbirkorlik ko‘nikmalari va kasb-hunarga o‘rgatish, ularning faoliyatini mikromoliyalashtirish, qolaversa, murabbiylik va bandlik dasturlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Samarqandda 70 sotix yerni $65 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
1 iyun 2022, 11:55

Samarqandda 70 sotix yerni $65 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Pastdarg‘om tumanida ikki nafar shaxs hokimlik zaxirasidagi 70 sotix yer maydonini noqonuniy ravishda 65 ming dollarga sotishga uringani aytilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari gumondorlarni kelishilgan mablag‘dan 32 ming dollarini olgan vaqtida ushladi.

1 iyundan nimalar o‘zgaradi?
1 iyun 2022, 11:18

1 iyundan nimalar o‘zgaradi?

budjet tashkilotlari xodimlarining 12 foizga oshirilayotgan ish haqi, malaka toifasiga qarab tibbiyot xodimlarining oshayotgan oylik maoshi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha imtiyozlar, ipoteka kreditining dastlabki badali qoplab beriladigan yosh vatandoshlar, xarajatlarining bir qismi to‘lanadigan mahalliy sayyohlar, volontyorlar uchun elektron platforma — 1 iyundan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston o‘simlik yog‘i mahsulotlarini eksport qilishni taqiqladi
1 iyun 2022, 10:50

O‘zbekiston o‘simlik yog‘i mahsulotlarini eksport qilishni taqiqladi

1 iyundan boshlab paxta, kungaboqar yog‘i va urug‘i hamda boshqa yog‘ o‘simliklarining urug‘lari va mevalarini eksport qilish vaqtincha taqiqlandi. Ushbu mahsulotlar ichki bozorda yetarli bo‘lgan taqdirda Vazirlar Mahkamasi eksportni qayta tiklashi mumkin. Qolaversa, oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi ham vaqtincha to‘xtatildi.

Samarqandda 19 kishi to‘yda ovqatdan zaharlandi
1 iyun 2022, 10:32

Samarqandda 19 kishi to‘yda ovqatdan zaharlandi

Jomboy tumanida 19 nafar fuqaro to‘yda ovqatdan zaharlanib, tibbiyot birlashmalariga murojaat qilgan. Ulardan 14 nafarining sog‘ligi qoniqarli, 5 nafari tibbiyot birlashmasida davolanmoqda. Samarqand viloyat IIB ijtimoiy tarmoqlarda to‘yda 200 kishi zaharlangani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Toshkentda «buxanka» narxi 2800 so‘mga ko‘tarildi
1 iyun 2022, 10:26

Toshkentda «buxanka» narxi 2800 so‘mga ko‘tarildi

O‘zbekistonda 1 iyundan boshlab qolipli non («buxanka») narxi oshib, 2800 so‘mga sotilmoqda.

May oyida yillik inflyatsiya 11%ga yetdi
1 iyun 2022, 10:22

May oyida yillik inflyatsiya 11%ga yetdi

May oyida yillik inflyatsiya 2021 yil avgustidan beri birinchi marta 11%lik ko‘rsatkichga qaytdi. O‘tgan oyda inflyatsiya nooziq-ovqatlar sohasida eng kuchli bo‘lgan — 1,3%. Oziq-ovqatlar 1,2%ga, xizmatlar esa 0,4%ga qimmatlagan.

Qashqadaryoda 27 yoshli fuqaro o‘z uyida o‘ldirib ketildi
1 iyun 2022, 10:20

Qashqadaryoda 27 yoshli fuqaro o‘z uyida o‘ldirib ketildi

Qarshida 27 yoshli fuqaroning jasadi uyidan qotillik alomatlari bilan topildi. Qashqadaryo viloyat prokuraturasi uni 18 yoshli fuqaro o‘ldirganlikda ayblanayotganini ma’lum qildi, gumonlanuvchi hibsga olindi.

Yil boshidan beri chaqaloqlarga qo‘yilgan eng mashhur ismlar e’lon qilindi
1 iyun 2022, 09:44

Yil boshidan beri chaqaloqlarga qo‘yilgan eng mashhur ismlar e’lon qilindi

Yanvar-may oylarida O‘zbekistonda chaqaloqlarga qo‘yilgan eng mashhur ismlar Soliha va Muhammadali bo‘ldi. Ular 2021 yilning I choragi va 2020 yilda ham eng ko‘p qo‘yilgan ismlar qatoridan joy olgandi.

Jizzaxda fuqaroning yonidan 1 kiloga yaqin opiy moddasi topildi
31 may 2022, 23:48

Jizzaxda fuqaroning yonidan 1 kiloga yaqin opiy moddasi topildi

Jizzax viloyatining to‘rtta hududida giyohvandlik moddalarini yetishtirish va sotishga urinish holatlari fosh etildi. Jumladan, urgutlik shaxs Baxmal tumanida to‘xtatib, tekshirilganida, uning yonidan 968,79 gramm opiy borligi aniqlangan.

YeXHT rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
31 may 2022, 23:43

YeXHT rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

YeXHTning amaldagi raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U prezident, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va parlament palatalari rahbarlari bilan uchrashadi.

Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etiladi
31 may 2022, 23:35

Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etiladi

Andijonda Andijon davlat chet tillar instituti tashkil etilmoqda. OTM birinchi talabalarni joriy yilda qabul qiladi. Talabalar ikkita chet tili bo‘yicha malakaga ega bo‘lishadi.

«Narxlarni sun’iy ushlab turib, ko‘zbo‘yamachilik yoki ura-urachilikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi» — prezident
31 may 2022, 23:14

«Narxlarni sun’iy ushlab turib, ko‘zbo‘yamachilik yoki ura-urachilikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi» — prezident

May oyida inflyatsiya 1 foizgacha tezlashdi, o‘tgan yilning may oyida esa bu ko‘rsatkich 0,5 foizni tashkil etgan edi. Prezident barcha mahalla va qishloqlarning asosiy mahsulotlar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish, zarur hollarda boshqa hududlardan yetkazib berishni tezlashtirish bo‘yicha hokimlarga topshiriq berdi. Parrandachilik korxonalariga tuxum narxini oshirmagani uchun minnatdorchilik bildirib, ularni qo‘llab-quvvatlash choralarini ma’lum qildi.

Sobiq hukumat mehmonxonasini Alisher Usmonovga aloqador kompaniya sotib oldi
31 may 2022, 22:49

Sobiq hukumat mehmonxonasini Alisher Usmonovga aloqador kompaniya sotib oldi

Ta’sischilari orasida Alisher Usmonovning USM xoldingiga qarashli «Metalloinvest» sho‘ba korxonasi ham bo‘lgan Torgoviy Dom Metalloinvest Vostok kompaniyasi Toshkentdagi sobiq davlat mehmonxonasini xususiylashtirish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi. Kompaniya obyekt uchun 78,7 mlrd so‘m taklif qildi.

Metrodagi ikkinchi vestibyullar yarim tungacha ishlay boshlaydi
31 may 2022, 22:25

Metrodagi ikkinchi vestibyullar yarim tungacha ishlay boshlaydi

Chorshanbadan Toshkent metropolitenining 15 ta stansiyasida avval soat 7:00 dan 19:00 gacha ishlagan ikkinchi vestibyullar endi soat 5:00 dan yarim tungacha ochiq bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting