Toshkent viloyatida uch nafar shaxs tadbirkorga «Angren» EIZ hududidan 16 gektar yer olib berishni va’da qilib, buning evaziga $1,4 mln so‘ragan. Ular kelishilgan summadan $300 mingni olayotganda ushlandi. Gumonlanuvchilarga holat bo‘yicha tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qozog‘istonning Toshkentga yaqin bo‘lgan hududida tongi soat 04:39 va 05:16 da ikki zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Toshkent tumanida sezildi.
Jizzaxda yuz bergan YTHda Cobalt traktor tirkamasiga urilishi oqibatida mashinada bo‘lgan maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi, haydovchi va uch nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi jarohatlandi. Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan avariyada esa ikki nafar voyaga yetmagan shaxs jabrlandi, ulardan biri mashina boshqaruvida bo‘lgan.
1925 yil 13 oktabr. Bundan 97 yil avval Buyuk Britanining ilk ayol bosh vaziri Margaret Tetcher dunyoga kelgandi. O‘zining shaxsiy sifatlari va qat’iyatliligi orqali hukumatni 12 yil davomida boshqargan Tetcher tarixga «Temir xonim» nomi bilan kirgan. Uning hayotiga oid qiziq faktlar «Gazeta.uz» materialida.
Zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytirilishi, Samarqandda ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 10 sutkaga qamalgan «mulla», MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi, 2030 yilda 41 mlndan oshadigan aholi, nobud bo‘lgan timsoh va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 3 nafar shartnoma asosida ishlaydigan harbiy xizmatchi bankomatlarni buzishga urindi. Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB tomonidan jinoyat ishi ochildi. Ular tergov davomida gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, 1 nafariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tashabbusli budjet fuqarolarning daxldorlik hissini sezilarli darajada oshirishi va hayot sifatini yaxshilashi mumkin. Qolaversa, u barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda samarali vositaga aylanishi mumkin, deb yozadi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska.
Firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida «O‘zmilliybank» kartadagi pul mablag‘larini himoya qilishga yordam beradigan qoidalar bilan o‘rtoqlashdi.
Senat raisi zo‘ravonlik holatlariga qarshi kurashish uchun qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha hujjatlar paketi tayyorlangani va yaqinda prezidentga axborot berilishini ma’lum qildi. «Jamoatchilik vakillari „Hamma jim o‘tiribdi“, degan fikrda bo‘lmasligi kerak», — deya ta’kidladi Tanzila Narbayeva.
2022 yil davomida tajriba tariqasida Nukus va Toshkent shaharlarida hamda 2023 yildan boshlab qolgan hududlarda «Imkoniyatlar markazi» faoliyati tashkil etiladi. Ular nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi va kasb-hunarga o‘qitishga ko‘maklashadi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,94 so‘mga qimmatlab, 11 108,25 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
17 oktabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 18−19 oktabrda respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu kunlarda havo harorati 8−10 darajaga pasayishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
MB hisobotiga ko‘ra, sentabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya dinamikasi pasayib, 14,8 foizni tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Buxoro, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida, past ko‘rsatkichlar Navoiy, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida qayd etildi.
Neyropsixolog Nafisa Usmonxo‘jayeva va maxsus ta’limga muhtoj bolalarni o‘qitish bo‘yicha mutaxassisi Kerri-Lin du Plassi bolalarga individual yondashuv va inklyuzivlikning muhimligi haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
13 oktabrdan O‘zbekiston va Eron o‘rtasida ishbilarmon va ilmiy doiralar, shuningdek, sayyohlik guruhlari uchun soddalashtirilgan viza tartibi joriy etildi.
BAAning WizzAir Abu Dhabi loukoster aviakompaniyasi 13 dekabrdan Samarqandga parvozlarni amalga oshiradi. Chiptalar narxi 40 dollardan boshlanadi. Kompaniya veb-saytida dastlabki reyslarning narxi 90 dollar ekanligi ko‘rsatilgan.
Transport vazirligi va Uzbekistan Airports vakillarining Malaysia Airports Holdings Berhad (MAHB) kompaniyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Buxoro aeroportini modernizatsiya qilish va davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish uchun tadbirkorlarni jalb qilish mexanizmlari muhokama qilindi.
Prezident qarori bilan 2025-yilning 1-yanvariga qadar 21 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojidan ozod qilindi. Shuningdek, “bojxona hududida qayta ishlash” rejimi doirasida barcha tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash talabi bekor qilindi.
Ostonada o‘tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi.
Markaziy bank 13-oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 095,31 so‘m etib belgiladi. Shundan kelib chiqib tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting