«Gazeta.uz» «O‘zbek tili oyligi» doirasida bundan 30 yil ilgari turli nashrlarda chop etilgan maqola va fiqralarni berishda davom etadi. Mahmud Nazarovning 1990 yilda yozilgan istilohlar tiklanishi shartligi haqidagi maqolasi bugungi kunda ham o‘zining dolzarbligini aslo yo‘qotmagan.
Ikki shaxs Ichki ishlar vazirligida ishlagan boshqarma tezkor xodimi bilan kelisholmay qolib, uni qasddan o‘ldirgani va jasadini daryoga oqizib yuborgani aytilmoqda. Tekshiruv natijasida uning jasadi Chirchiq daryosidan topildi. Gumonlanuvchilar hibsga olindi.
Andijon viloyati Izboskan tumanida erkak xotini, qaynonasi va qaynukasini pichoqladi. Oqibatda turmush o‘rtog‘i va qaynonasi hodisa joyida, qaynukasi esa shifoxonada vafot etdi. Voqeaga oilaviy kelishmovchiliklar sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali avtoulovga taqiq borligi yoki mavjud emasligini elektron shaklda aniqlash imkoniyati yaratildi. Xizmat ko‘rsatish bepul. Avtoulovni ishonchnoma asosida boshqaruvchilar bu xizmatdan foydalana olmaydi.
Poytaxtning Navoiy ko‘chasida sinov tariqasida yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlash uchun intellektual foto va videoni qayd etish kameralari o‘rnatildi. Ushbu aqlli radarlar Avstriyaning «Glans Gresselchaft Tashkent» kompaniyasiga tegishli bo‘lib, shahar hokimiyati ko‘chani raqamlashtirish taklifini o‘rganmoqda.
28 sentabr kuni NKMKga qarashli konda 31 yoshli haydovchining «Belaz» rusumli avtosomasvali yonib ketdi. Natijada haydovchi kuyib jarohatlandi. Tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay fuqaro shifoxonada vafot etdi. Hozir IIB tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Prezident 30-sentabr kuni “Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Unda 1-noyabrdan qovun, kanakunjut, xantal va maxsar urug‘lari eksportiga ruxsat berilishi belgilandi.
Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi Karmana tumanidagi o‘quvchi qizlarning «o‘zbek millatiga munosib bo‘lmagan» raqsi uchun ota-onalariga qo‘llanilgan jarimani bekor qildi. Ishdan bo‘shatilgan maktab rahbari va ayrim o‘qituvchilar bilan ham mehnat shartnomasi bekor qilinmagani ma’lum bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Jo Baydenga «Ien» to‘foni qurbonlari va vayronagarchiliklari munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Tarmoqlarda Oqqurg‘on tumani IIB xodimining butun o‘zbekistonliklarni onasidan so‘kkani aks etgan audio tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va ushlanganini ma’lum qildi. Hokimlik esa holat oqibatida xodim otasining sog‘lig‘i og‘irlashib qolganini qayd etdi.
Indoneziyadagi «Kanjuraxan» stadionida yuz bergan tiqilinch oqibatida 174 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohat oldi. O‘zbekiston prezidenti fojia munosabati bilan Indoneziya prezidentiga hamdardlik bildirdi.
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida Gentra haydovchisi prokuratura binosi oldida yo‘l harakati qoidalarini ko‘pol ravishda buzib, qarama-qarshi tomonda harakatlandi. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mashina jarima maydoniga joylashtirildi.
Yunusobod tuman hokimligining sobiq xodimi ikki tanishi bilan fuqaroga Malibu olib berishni va’da qilib, $30 ming pulni qo‘lga kiritgani va ehtiyojlariga sarflab yuborgani aytilmoqda. Gumondorlarning ikki nafari hibsga olingan, yana bir nafari qidiruvda. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
«Gazeta.uz» o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligi munosabati bilan oktabrni — «O‘zbek tili oyligi» deb e’lon qildi. Har kuni o‘tgan davrda chop etilgan va dolzarbligini yo‘qotmagan maqola hamda fiqralar qayta berib boriladi. Bu gal yozuvchi va jurnalist Ahmad A’zam ijodiga yuzlanamiz.
Prezident 3−4 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Vengriyada bo‘ladi. Tashrif doirasida Budapeshtda mamlakat prezidenti va bosh vaziri bilan oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, davlat rahbari Vengriyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Oliy ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini elektron shaklda olish tizimi ishlab chiqildi. Buning uchun diplom.edu.uz axborot platformasidan foydalaniladi. Tizim boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi to‘yxona yaqinidagi quduqdan topildi. Bola to‘yga buvisi bilan borgan va bir ozdan so‘ng yo‘qolib qolgan.
O‘zbekiston prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan mamlakat rahbari Si Szinpinga tabrik yo‘llab, ezgu tilaklarini bildirdi.
Bo‘sh ish o‘rinlarining 28% ida ijtimoiy ko‘nikmalar, ya’ni jamoada ishlash, muzokaralar olib borish, yaxshi nutq, muloqot, omma oldida taqdimot qilish qobiliyatlari talab etiladi, deydi PMTI ekspertlari. Shuningdek, vakansiyalarning 18,3% ida chet tillarini (asosan ingliz tilini) bilish talabi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kobul g‘arbidagi ta’lim markazida sodir etilgan terrorchilik hujumi yuzasidan bayonot berdi. Halok bo‘lganlarning aksariyati qizlar ekanligi aytilmoqda. Vazirlik teraktning tashkilotchilari hamda ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting