1989 yil 21 oktabr. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. «Gazeta.uz» sana munosabati bilan oktabrni — «O‘zbek tili oyligi» deb e’lon qiladi va dolzarbligini yo‘qotmagan maqola va fiqralarni qayta chop etadi. Birinchisi — Erkin A’zamning 1992 yilda yozilgan «Qachon o‘zbekcha gapiramiz?» maqolasi.
O‘zbekistondagi davlat maktablarida jami 506 618 nafar o‘qituvchi ishlaydi. Ularni yagona maqsad — tongdan kechgacha bolalarga ta’lim-tarbiya berishdek sharafli mas’uliyat birlashtirib turadi. O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Gazeta.uz” turli makon va sharoitlarda ishlayotgan murabbiylar bilan suhbatlashdi.
Quritilgan mevalar solib pishirilgan, dolchinli, jemli, qolaversa, shokolad pastali, «Lakomka» kremli, tvorog va olmali bulochkalar — Zira.uz taomnomasini yangilashni istaganlar uchun shirin bulochkalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «Gazeta.uz» O‘zbekiston prezidentining maktab va institutdagi o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi. Ular Shavkat Mirziyoyevni sinfdoshlarini birlashtirgan, tartibli talaba, stol tennisi va texnologiyalarga qiziqishi baland bo‘lgan shaxs sifatida esga olishdi.
O‘zbekiston boshqa davlatlarning hududiy yaxlitligini hurmat qilishini aytgan TIV, Sergelida yoqib yuborilgan 25 ming quti tamaki, kutilayotgan yomg‘ir, odamlarni kaltaklab 15 sutkaga qamalgan blogerlar, texnikum hamda kollejga imtihonsiz kiradigan abituriyentlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning NATOga a’zo bo‘lish uchun tezlashtirilgan tartibda ariza topshirishini ma’lum qildi. U, shuningdek, Ukraina RF bilan, lekin bu safar boshqa Rossiya prezidenti bilan muloqotga tayyor ekanini aytdi.
Kremlda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Ukrainaning RF nazoratidagi Zaporoje va Xerson viloyatlari hududlari Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Vladimir Putin o‘z nutqida Ukrainani muzokara stoliga qaytishga chaqirdi.
Davlat soliq qo‘mitasi deyarli 4,5 mln o‘zbekistonlik mol-mulk va yer solig‘idan 2,7 trln so‘m qarzdor ekanini ma’lum qildi. Sohalar kesimida eng ko‘p qarzdorlik qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarda ekani ko‘rsatildi.
Buxoroda «Zamin» fondi loyihasi bo‘yicha 16 maktab ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlandi. «Gazeta.uz» shu paytgacha maktab ma’muriyati va mahalliy aholi toza ichimlik suvi yetishmasligi sababli qanday noqulayliklarga duch kelgani bilan qiziqdi.
oktabr oyi quruq va iliq havo bilan boshlanadi. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida harorat kechalari +13 darajadan 0…+5 darajagacha, kunduz kunlari +18…+23 darajadan +10…+15 darajagacha o‘zgarib turishi mumkin. Oyning ikkinchi yarmida ayrim kunlar yomg‘irli bo‘ladi.
Tarmoqlarda Navoiydagi kasb-hunar maktabida 2 o‘quvchi qizning raqsi aks etgan video tarqaldi. Oila va xotin-qizlar boshqarmasi raqsning «o‘zbek millatiga munosib emasligini» aytdi. O‘quvchilarning ota-onalari jarimaga tortildi.
O‘zbekiston 2022 yilda Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksida 113 ta mamlakat orasida 73-o‘rinni egalladi. Indeks mahsulotlardan foydalanish imkoniyatlari, ularning mavjudligi va xavfsizligi kabi masalalar asosida tuzilgan.
Toshkent viloyatida qizlarni Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborib kelgan 23 va 22 yoshli ayollar aniqlandi. Ular boshqa bir ayolni xorijga yubormoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Aybdorlarga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida Ro‘ziboy Mamatov kichigi 30 kg, kattasi 65 kglik gigant oshqovoqlarni yetishtirdi. «Gazeta.uz» muxbirlari Mirolim Isajonov va Madina A’zam dehqonning tomorqasidan fotoreportaj tayyorladi.
Ukrainaning Zaporoje viloyatida avtomobillar karvoniga raketa hujumi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi jarohatlandi. Viloyat ma’muriyati 1 oktabrni viloyatda motam kuni deb e’lon qildi.
2022−2023 o‘quv yilida kollej va texnikumga sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllarida o‘qish uchun hujjat topshirganlar imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Imtihonni faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishni istaganlar topshiradi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan Samarqand viloyatining Qo‘shrobod tumanida 1,1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan mayning fermasi aniqlandi.
Sergelidagi zavodlarning birida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. Ular 23 iyun kuni Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yuk avtomashinasidan topilgandi.
Markaziy bank 30 sentabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 14,23 so‘mga qimmatlab, 11 014,01 so‘m etib belgiladi. Shundan kelib chiqib, tijorat banklari ham o‘z takliflarini yangiladi.
Shanba kuni Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida biroz yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbada esa O‘zbekiston bo‘yicha quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +21…+26 daraja atrofida bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting