Samarqanddagi SHHT sammitida qatnashish uchun Belarus prezidenti ham yetib keldi. Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko muzokaralar vaqtida sheriklikni izchil kengaytirish, xalqaro va mintaqaviy siyosat yuzasidan fikr almashdi. O‘zbekiston tomoni ikkinchi Hududlararo forumni o‘tkazishni taklif qildi.
Adliya vazirligi farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjatlar «Yagona darcha» portali orqali yuboriladi. Tegishli organ 2 kunda joyiga chiqqan holda namunalarni identifikatsiya qiladi va hujjatlarni tekshiruvda ishtirok etmagan xolis xodimga topshiradi.
HONOR X8 yupqa korpusi, ingichka hoshiyali katta ekrani, beshta kamerasi, kuchli protsessori va boshqa ko‘p jihatlari bilan xursand qiladi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va uning Buxoro filiali tashkil etildi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida imzolangan hujjatlar orasida «yashil» taraqqiyot sohasida sarmoyaviy hamkorlik, foydali qazilmalarni o‘zlashtirish va korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum ham bor. Savdo va sarmoyaviy bitimlar hajmi $15 mlrdni tashkil etadi.
O‘zbekistonda tadbirkorlarga kredit olish uchun davlat tomonidan kafillik berish imkoniyati oshiriladi. Shuningdek, kredit to‘lovi uchun garov ta’minoti shartlari xam o‘zgaradi. Bu bo‘yicha regulyator va tegishli vazirliklar oktabrgacha reja xujjatlarini taqdim etishi kerak.
Samarqandda ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun Eronning majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum qabul qilindi. Hujjatga mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon va tashkilot bosh kotibi Chjan Ming imzo chekdi.
Samarqandda XXR raisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida davlatlar rahbarlari o‘zaro hamkorlik hamda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. O‘zbekiston yetakchisi javob tashrifi bilan Xitoyga taklif qilindi.
Markaziy bank 15 sentabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 14,91 so‘mga pastlab 10 925,14 so‘m etib belgiladi. Shundan so‘ng tijorat banklari dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Tarmoqlarda «Milliy tiklanish» partiyasi 585 probali sof oltindan yasalgan ko‘krak nishoni yasatgani haqida xabarlar tarqaldi. Partiya raisi Alisher Qodirovning izoh berishicha, tilla nishon mahalliy deputatlarni rag‘batlantirishda o‘ziga xos yondashuv. Nishon 2 mln so‘mga homiylik mablag‘i hisobidan yasatilgan.
O‘zbekistonda issiqxona tashkil etish uchun beriladigan kreditlar muddati 5−7 yildan 10−13 yilgacha uzaytiriladi. Qolaversa, tabiiy gaz iste’moli uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi. Vazirlar Mahkamasiga tegishli hujjat loyihasini oktabr oyigacha ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi, Zoologiya instituti xodimlari va Tugan Falconry Club jamiyati vakillari avvalroq noqonuniy sotilishidan saqlab qolingan 7 dona itolg‘i (Falco cherrug) qushlarini yovvoyi tabiatga qo‘yib yubordi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreisus o‘tgan haftada COVID-19 tufayli haftalik o‘limlar soni 2020 yil martidan beri eng past ko‘rsatkichga yetganini qayd etdi. U pandemiyaning tugashi yaqin ekanligiga ishontirgan holda, tibbiyot xodimlari va qariyalarni 100% emlashga chaqirdi.
15 sentabrga o‘tar kechasi Ukraina prezidenti korteji va yengil avtomobil o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Vladimir Zelenskiy jiddiy jarohat olmagani aytilmoqda.
Har yil avgust oyi o‘rtalarida eman o‘sgan yashil hudud va ko‘chalarda ushbu daraxt yong‘oqchalarini terayotgan odamlarga ko‘zimiz tushadi. Bir kunda bir kishi yong‘oqchalardan bir necha qop terishi mumkin. “Gazeta.uz” muxbiri Madina A’zam odamlar nima uchun bu yong‘oqchalarni yig‘ishi va uni nima qilishlari bilan qiziqdi.
«O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy» temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Loyiha Xitoydan O‘zbekiston orqali Yevropaga va Janubiy yo‘llar bilan Fors ko‘rfazi davlatlariga tashuvlarni kengaytirishga xizmat qiladi. Loyiha qariyb 20 yil davomida muhokama qilingan.
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga keldi. Mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov SHHT davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi. Ikki prezidentni ham bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi.
Sudyalar oliy kengashining qarori bilan 5 nafar sudyaning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi. Shu jumladan, JIB Buxoro shahar sudi sudyasi S. Badriddinov sudyalik qasamyodi va Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uchun lavozimidan ozod etildi.
Toshkent xalqaro aeroportida rasmiy taksi ishga tushirilgach, noqonuniy taksichilar bir necha provokatsiya uyushtirishdi. Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva noqonuniy taksilar yo‘lovchilar uchun tahdid ekanini ta’kidladi. Uning tan olishicha, “bombil”lar bir kunlik masala emas va u yolg‘iz hal qilinmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting