Toshkentda noqonuniy binolarni buzishning yangi to‘lqini. Yunusobodda yanvar oxirida rasmiylar Nice Joy kafesi terrasasini demontaj qilishni talab qildi, qo‘shni “Falafel”da esa zudlik bilan buzish boshlandi. Muassasa vakillari konstruksiyani qonuniylashtirishga harakat qilgani, ammo rad javobi olganini aytdi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov dunyodagi eng qadimiy va kuchli turnirlardan biri — Veyk-an-Zeyedagi Tata Steel Chess’da uchinchi o‘rinni egalladi. O‘tgan yillardagi kabi, u g‘alaba qozonishga yaqin edi, lekin finishda uch marta qoqildi.
Xalqaro kuryerlik jo‘natmalarining 1 kilosi uchun BHMning 2 foizi miqdorida bojxona yig‘imi joriy etiladi. U barcha xorijiy marketpleyslardan tovarlarni yetkazib berishda va jismoniy shaxslar o‘rtasida jo‘natmalarni yuborishda amal qiladi. Bojxona qo‘mitasi “Gazeta.uz"ga yangi tartib to‘g‘risida ma’lumot berdi.
O‘zbekistonda Rossiya fuqarolariga nisbatan firibgarlik ishi bo‘yicha 32 kishi ushlandi. Jinoiy guruh koll-markazlar ko‘rinishida rossiyaliklarga sifatsiz BADlar uchun kompensatsiya va’da qilgan. “To‘lovni olish” uchun jabrlanuvchilar firibgarlarning hisobraqamiga “soliq” ko‘rinishidagi mablag‘ni o‘tkazib bergan.
O‘zbekiston prezidenti Malayziya bosh vaziri taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Kuala Lumpurga yetib bordi. 5-fevral kuni ikki mamlakat biznes forumi bo‘ladi, yetakchilar ishtirokida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi.
Qozog‘istondagi birinchi AES uchun texnologiya yetkazib beruvchilar short-listiga to‘rt mamlakat, jumladan, Rossiyaning “Rosatom” va Xitoyning CNNC kompaniyalari kiritildi. Avvalroq prezident Qosim-Jomart Toqayev hukumatga AES qurilishini jadallashtirish va yadro klasterini yaratishni boshlashni buyurgandi.
O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston Transafg‘on temir yo‘li qurilishi 2025-yilda boshlanishi rejalashtirilmoqda, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Prezidentga loyiha donorlari bilan olib borilayotgan ishlar, yo‘l uchastkasini kengaytirish rejalari haqida ma’lumot berildi.
Unga til saratoni, keyinroq o‘pka va ko‘krak bezi saratoni, ko‘p o‘tmay oqqon tashxisi qo‘yilgan. U kasalliklar bilan birga oilaviy va moddiy qiyinchiliklar bilan ham sinalgan. “Iroda” loyihasining bu galgi qahramoni — taqdir zarbalarini yengish uchun farzandlaridan kuch olgan Dildora Mavlonova.
Germaniyada Alisher Usmonov yashagan villa qarzdorligi uchun sotuvga qo‘yildi. 25 mln yevroga baholangan obyekt mamlakatdagi eng qimmat ko‘chmas mulk sifatida e’tirof etildi. Arbitraj boshqaruvchisi villaning ofshor kompaniyaga tegishli ekanini ta’kidladi.
Toshkentda hokim yordamchisi o‘zgalarning nomiga kredit olgani ma’lum bo‘ldi. Hokimlik uni 2024-yil noyabrda ishdan bo‘shaganini ta’kidlab, OAVni ma’suliyatli bo‘lishga chaqirdi. Prokuratura esa u jinoyatni hokim yordamchisi bo‘lganida sodir etganini qayd etib, hokimlikni jamoatchilikni chalg‘itmaslikka chaqirdi.
Donald Trampning aytishicha, AQSh o‘z yordami evaziga Ukrainadan nodir yer metallarini olishni xohlaydi. Agar xavfsizlik kafolatlari taqdim etilsa, Kiyev Vashington bilan ishlashga tayyor, deb yozmoqda NYT.
Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qurilishi 2025-yilda boshlanadi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Uning so‘zlariga ko‘ra, 30 dan ortiq kompaniya birinchi loyihaga qiziqish bildirgan.
O‘zbekistonda 2025-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi (+3 foiz). Oxirgi marta bu miqdor energiya tariflari oshishi fonida 4,3 foizga (648 ming so‘mgacha) oshirilgandi. Mamlakatda bu ko‘rsatkich kambag‘allik chegarasini aniqlashda ishlatiladi.
Xitoy AQShning ko‘mir, neft, suyultirilgan gaz, qishloq xo‘jaligi texnikasi kabi mahsulotlariga nisbatan javob bojlarini (10−15 foiz) e’lon qildi. Shuningdek, JSTga AQSh ustidan shikoyat kiritdi. Mamlakatda Google`ga nisbatan monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish bo‘yicha tergov ham boshlandi.
O‘zbekistonda yaratilayotgan ish o‘rinlarining haqqoniyligini tekshirish tizimi kuchaytiriladi, dedi bosh vazir o‘rinbosari. Har bitta mahalla bankiriga to‘rtta mahalla biriktiriladi. Hokim yordamchilari ishini “jonlantirish va yangi turtki berish” maqsadida tomorqalarda ishlarni tashkil etish vazifasi yuklatiladi.
Prezident farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etilishi belgilanmoqda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratishda ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi.
Toshkent metropoliteni yana 3 ta poyezd sotib oldi. Poyezdlar 7−10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, yo‘nalishlarga chiqariladi.
Toshkentda 37 yoshli erkak avtobusda o‘tirgan 12 yoshli o‘quvchiga diqqat bilan qarab, keyin uning qo‘lidan ushladi. Erkakning ta’kidlashicha, u buni tasodifan, bolani qarindoshi deb o‘ylab qilgan. Bolaning otasi sud erkakni shilqimlik uchun emas, mayda bezorilik uchun jazolaganidan norozi.
O‘zbekistonda sotuvchi iste’molchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda tovarni topshirmagan taqdirda penya to‘lashi tartibi belgilanmoqda. Tegishli qonun deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Tramp bilan bojlar joriy etilishini kechiktirishga kelishib oldi. Bunda Kanada chegarani mustahkamlashda 10 mingga yaqin odamni safarbar qiladi, fentanil moddasi oqimini to‘xtatish uchun resurslarni ko‘paytiradi. Bir kun avval Meksika ham bojlarni kechiktirishga kelishib olgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting