Arxiv

Ukrainadagi o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishni masofaviy shaklda davom ettirish tavsiya etildi
24 fevral 2022, 16:43

Ukrainadagi o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishni masofaviy shaklda davom ettirish tavsiya etildi

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainada ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga murojaat qilib, o‘qishni O‘zbekistonda turib masofaviy shaklda davom ettirishni tavsiya qildi.

Adliya vazirligi 2021 yilda qonun buzilgani uchun hokimliklarga 2,6 mingta taqdimnoma kiritdi
24 fevral 2022, 16:35

Adliya vazirligi 2021 yilda qonun buzilgani uchun hokimliklarga 2,6 mingta taqdimnoma kiritdi

Adliya vazirligi 2021 yilda qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ta’lim muassasalariga 8,2 mingta, hokimliklarga 2,6 mingta, sog‘liqni saqlash muassasalariga 1,5 mingta taqdimnoma kiritdi. O‘rganishlar davomida Andijon viloyatida ishsizlik nafaqasi bo‘yicha jami 1,3 mlrd so‘m qarzdorlik mavjudligi aniqlangan.

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar va chet el fuqarolariga davlat qimmatli qog‘ozlarini xarid qilishga ruxsat beriladi
24 fevral 2022, 16:25

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar va chet el fuqarolariga davlat qimmatli qog‘ozlarini xarid qilishga ruxsat beriladi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda jismoniy shaxslar va norezidentlarga davlat qimmatli qog‘ozlarini xarid qilish huquqi beriladi. Hozirgi kungacha DQQni jismoniy shaxslar va norezidentlar orasida joylashtirilishi qonunan nazarda tutilmagan edi.

Ukraina atrofidagi voqealar fonida xorijiy davlatlar rahbarlari munosabati
24 fevral 2022, 16:24

Ukraina atrofidagi voqealar fonida xorijiy davlatlar rahbarlari munosabati

Turli davlatlar rahbarlari Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin vaziyatga o‘z munosabatlarini bildirishmoqda. Davlat rahbarlarining aksariyati o‘z chiqishlarida RFning harakatlarini qoralab, Ukrainaga yordam berish zarurligini ta’kidlashgan.

«Ular mudrab o‘tiribdi, ishlamagan». Prezident Samarqandda ishdan olingan 10 nafar rahbar haqida
24 fevral 2022, 16:21

«Ular mudrab o‘tiribdi, ishlamagan». Prezident Samarqandda ishdan olingan 10 nafar rahbar haqida

Shavkat Mirziyoyev Beruniy tumanidagi yig‘ilishda hududdagi rahbarlar umuman ishlamayotganini tanqid qildi. So‘zi davomida davlat rahbari faoliyatiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgani uchun ishdan olingan 10 nafar samarqandlik amaldorni misol qilib ko‘rsatdi. «Ularning ko‘zlariga qaradim, hammasi mudrab o‘tiribdi, ishlamagan», — dedi u.

Olimlarimiz koronavirusga qarshi to‘rtta vaksina ustida ishlayapti — Abdulla Aripov
24 fevral 2022, 16:03

Olimlarimiz koronavirusga qarshi to‘rtta vaksina ustida ishlayapti — Abdulla Aripov

Bosh vazir Abdulla Aripov o‘zbekistonlik olimlar koronavirusga qarshi to‘rtta vaksina yaratish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. «Dunyodagi hech qaysi vaksinadan nusxa olinmagan, alohida o‘zining strukturasi belgilangan vaksina turlari ishlab chiqilyapti», — dedi u.

Ukraina yettinchi rus harbiy samolyoti urib tushirilganini ma’lum qildi
24 fevral 2022, 15:38

Ukraina yettinchi rus harbiy samolyoti urib tushirilganini ma’lum qildi

Ukraina Qurolli kuchlari rus qo‘shinlarining yettinchi samolyoti urib tushirilganini ma’lum qildi. Shuningdek, hujumlar oqibatida 40 dan ortiq ukrain askarlari halok bo‘lgani, o‘nlab kishilar yaralanganini aytilmoqda. Kiyevda esa kuchli portlashlar eshitilgani xabar qilindi. Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha boshqa yangi xabarlar.

Ukraina Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi
24 fevral 2022, 14:47

Ukraina Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy navbatdagi murojaatida Rossiya bilan diplomatik aloqalar uzilganini e’lon qildi. U shuningdek, rossiyaliklarni Ukraina bilan urushga qarshi mitinglarga chiqishga chorladi.

«Sovkombank» «O‘zagroeksportbank»dagi 100% davlat ulushini 4 mln dollarga xarid qildi
24 fevral 2022, 13:54

«Sovkombank» «O‘zagroeksportbank»dagi 100% davlat ulushini 4 mln dollarga xarid qildi

«O‘zagroeksportbank» 100 foiz davlat ulushi Rossiyaning «Sovkombank"i tomonidan 4 mln dollarga sotib olindi. Ushbu bitim ochiq tender orqali tuzilgan. Tenderda 4 ishtirokchi bankni xarid qilish istagini bildirgan.

Ukrainada hujumlar natijasida qurbonlar borligi ma’lum qilindi (yangilandi)
24 fevral 2022, 13:31

Ukrainada hujumlar natijasida qurbonlar borligi ma’lum qilindi (yangilandi)

Ukrainada hujumlar natijasida kamida 40 nafar harbiy xizmatchining halok bo‘lgani, 10 dan ziyod kishining jarohatlangani ma’lum qilindi. Jumladan, Kiyev viloyatining Brovari shahridagi harbiy shaharchaga uyushtirilgan aviahujum natijasida bir kishi qurbon bo‘ldi, olti kishi jarohatlandi, Sumi viloyatida esa avtomobil o‘qqa tutilishi natijasida bolali ayol jarohatlandi.

Prezident 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi
24 fevral 2022, 13:20

Prezident 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida 100 MVt quvvatli yangi shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshini qo‘ydi. «Tasavvur qilinglar farzandlarimiz, nevalarimiz bunday loyihadan qanday manfaat ko‘radi. Bu bir yillik emas, yillarga tatiydigan loyiha», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

BMT shoshilinch yig‘ilishida Rossiyaning Ukrainaga bosqini dunyo hamjamiyati tomonidan keskin qoralandi
24 fevral 2022, 12:59

BMT shoshilinch yig‘ilishida Rossiyaning Ukrainaga bosqini dunyo hamjamiyati tomonidan keskin qoralandi

BMT Ukrainadagi vaziyat fonida shoshilinch yig‘ilish chaqirdi. Tashkilotga a’zo mamlakatlarning doimiy vakillari tomonidan «Rossiya tomonidan bo‘layotgan tajovuz to‘xtatilishi kerak» degan bayonotlar yangradi. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya esa o‘z chiqishida G‘arb mamlakatlari tomonidan Rossiya agressiya haqida bildirilgan fikrlarni rad etdi. Nebenzyaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya agressiyasi Ukraina xalqiga emas, Kiyevda hukumatni qo‘lga olgan xuntaga qarshi qaratilgan.

«Vatanimizning qudratini ko‘tarishga harakat qilishimiz kerak» — Shavkat Mirziyoyev
24 fevral 2022, 12:58

«Vatanimizning qudratini ko‘tarishga harakat qilishimiz kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Qoraqalpog‘istonda tashrif bilan bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyev dunyo kun sayin emas, soat sayin tahlikali bo‘lib borayotganini ta’kidladi. «Biz iqtisodiyotimiz, mudofaamizni mustahkam qilib, ishonch bilan jonajon vatanimizning qudratini ko‘tarishga harakat qilishimiz kerak», — dedi u.

Uzbekistan Airways Kiyevga amalga oshirilishi rejalashtirilgan ikkita reysni bekor qildi
24 fevral 2022, 12:41

Uzbekistan Airways Kiyevga amalga oshirilishi rejalashtirilgan ikkita reysni bekor qildi

Uzbekistan Airways 27 fevral va 2 mart kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan ikkita mantazam HY-3731/3732 Toshkent — Kiyev — Toshkent reyslarini bekor qildi.

Ukrainadagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish rejasi tuzilmoqda
24 fevral 2022, 12:39

Ukrainadagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish rejasi tuzilmoqda

Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini inobatga olib, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish rejasi va mamlakatni tark etmoqchi bo‘lganlar ro‘yxatini tuzib chiqmoqda.

Jizzaxda fuqaroni aylanma yo‘llar orqali AQShga jo‘natishga va’da qilgan shaxs ushlandi
24 fevral 2022, 12:31

Jizzaxda fuqaroni aylanma yo‘llar orqali AQShga jo‘natishga va’da qilgan shaxs ushlandi

Jizzax viloyatida fuqaroni Turkiya, Italiya yoki Meksika orqali AQShga olib o‘tish va ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs 20 ming dollar olganida ushlangani aytilmoqda. Farg‘ona viloyatida esa fuqaroni Koreyaga ishga jo‘natishga va’da qilganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olingan.

Ukraina havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari to‘liq bostirildi — RF Mudofaa vazirligi
24 fevral 2022, 11:36

Ukraina havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari to‘liq bostirildi — RF Mudofaa vazirligi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuchlari aviabazalari harbiy infratuzilmalari to‘liq ishdan chiqarilganini, Ukraina chegara qo‘shinlari hech qanday qarshilik ko‘rsatmayotganligi haqida xabar berdi. Ukraina qurolli kuchlari genshtabi esa «agressorning beshta samolyoti va vertolyoti» urib tushirilganligini ma’lum qilmoqda.

Talabalar 2-kursdan ishlashi mumkin bo‘ladi — Oliy ta’lim vaziri
24 fevral 2022, 11:32 14

Talabalar 2-kursdan ishlashi mumkin bo‘ladi — Oliy ta’lim vaziri

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov qoraqalpog‘istonlik talabalar bilan uchrashuvda OTMlarda 2 kursdan boshlab ishlashga ruxsat beruvchi yangi tizim yaratilishini ma’lum qildi. «Ishlaganda ham o‘zining sohasida ishlasin. Men buni hurmat qilaman», — dedi u. Qolaversa, OTMlarda ta’lim jarayoni 70 foiz amaliyotga o‘tish kerakligi ta’kidlandi.

Ukrainada harbiy holat e’lon qilindi
24 fevral 2022, 11:31

Ukrainada harbiy holat e’lon qilindi

Ukraina Oliy Radasi mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga ovoz berdi. Ayni paytda Kiyev va boshqa shaharlarda bombapanohlar ochilgan. Ukrainadagi vaziyat.

Rossiya janubidagi 12 ta aeroport vaqtincha yopildi
24 fevral 2022, 11:04

Rossiya janubidagi 12 ta aeroport vaqtincha yopildi

Ukraina atrofidagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan Rossiya janubidagi 12 ta aeroport faoliyati 2 martga qadar to‘xtatildi. RF Ukraina bilan chegara hududlarining havo kengliklari fuqaro aviatsiyasi uchun yopilganini e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting