Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov joriy o‘quv yilidan yagona maktab formasi majburiy bo‘lmasligi haqidagi bayonoti to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilinishi kutilayotganini ma’lum qildi. «Bu qonuniy tusga ega bo‘lib, hujjatda ham aks etadi», — dedi u.
Iyul oyida aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Shu bilan birga, respondentlar orasida yoqilg‘i narxining oshishi va valyuta kursining o‘zgarishini inflyatsiyaning asosiy omillari deb hisoblovchilar ulushi keskin oshgan.
Toshkentda 101 tup daraxtga shikast yetkazilgani uchun prezident topshirig‘iga asosan Chilonzor tumani hokimi Shavkat Mavlonov va prokurori Izzat Bozorov ishdan bo‘shatildi. Qolaversa, poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va prokurori Ulug‘bek Qosimovga qattiq hayfsan berildi.
O‘zbekistonda o‘tadigan 2026 yilgi shaxmat olimpiadasi, Farg‘onada kesib ketilgan 87 tup daraxt, 1-kundanoq testda telefondan foydalangan abituriyent, piyodani urib yuborgan Nishon tumani hokimining 1-o‘rinbosari, xususiylashadigan Paynet, iliq kunlar va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Shaxmat Olimpiadasining 10-turida O‘zbekiston Hindiston-2 bilan durang o‘ynab, musobaqa tugashiga bir tur qolganda turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Nodirbek Abdusattorov Gukesh Dommarajudan o‘yin oxirida g‘alabani tortib olib, raqibiga ilk mag‘lubiyatni taqdim etishga muvaffaq bo‘ldi.
Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov hamda viloyat XTB boshlig‘i Azizbek Mirkomilov 48,5 mlrd so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirganiga oid jinoyat ishini ochishda Xalq ta’limi vazirligi tashabbus ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi. Tergov yakunlanib, ish sudga oshirildi, dedi vazir o‘rinbosari Temur Komilov.
Nur-Sultonda dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi to‘qqizta sovrinni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.
Navoiy va Buxoro viloyatlarida hamda Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulangan hamda tabiiy gaz iste’moli yuqori bo‘lmagan 11,5 mingta ko‘p qavatli uylarda elektron gaz hisoblagichlar ushbu uylarning kirish qismidagi umumiy gaz quvurlariga o‘rnatiladi.
Markaziy bank iste’molchi huquqlarini buzgani uchun 13 ta bankka ko‘rsatma berdi va 101 nafar bank xodimiga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘lladi.
«Zamin» fondi tomonidan Buxoro viloyatidagi yana beshta umumta’lim maktabi ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Buxoro viloyatining Peshku va Jondor tumanlarida maktablar joylashgan hududdagi aholi ham suvdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ukrainadagi mojarolar ortidan sanksiyalar ostida qolgan Rossiyada yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi yil boshidan beri keskin tushib ketdi. Buning natijasida O‘zbekiston mashina ishlab chiqarishda MDH mamlakatlari orasida yetakchiga aylandi, deya qayd etdi «PromReyting» tadqiqotchilari.
Toshkentning Mirobod tumanida 7 avgust kuni ikki avtomobil to‘qnashib ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Farg‘ona viloyatida OTMga kirish imtihonlarining birinchi kunidanoq telefondan foydalangani uchun abituriyent testdan chetlatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa raqami ko‘rinmagan test topshiriqlari kitobining rasmlari tarqaldi. DTM holat nazorat ostida ekaniga ishontirmoqda.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Uzpaynet» MCHJ ustav kapitalidagi davlatning 100 foizlik aksiyasi sotilayotganini e’lon qildi. Xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida ABRAU CAPITAL va CENTIL kompaniyalar konsorsiumi tanlandi.
Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston velosportchilari beshta sovrinni qo‘lga kiritdi. Olga Zabelinskaya oltin, Yanina Kuskova ikkita kumush, Aleksey Fomovskiy va Sofiya Karimova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Nishon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Erkin Boboqulov tungi vaqtda o‘zining boshqaruvida bo‘lgan xizmat mashinasida piyodani urib yubordi. Buning oqibatida jabrlanuvchi vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumondorning aybi sudda o‘z tasdig‘ini topsa, 7 yilgacha qamalishi mumkin.
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti — University of Digital Economics and Agrotechnologies (UDEA)`ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Toshkent viloyatida fuqaro o‘g‘lini tanishining korxonasiga ishga kiritib, 3,5 mlrd so‘m kredit mablag‘iga olingan tovarlarni naqd pulga sotib yuborgani aniqlandi. Surxondaryoda esa fermer 90 ming dollar kreditni talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2026 yilgi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. “Missiya bajarildi, janob prezident”, — deb yozdi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbari Alisher Sa’dullayev.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tahlili shuni ko‘rsatdiki, keng polosali internetni rivojlantirish va asosiy uyali aloqa stansiyalari qurilishi ishsizlikni kamaytirishga yordam beradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting