Arxiv

Nima tayyorlaymiz: olchali pishiriqlar
4 iyun 2022, 11:36

Nima tayyorlaymiz: olchali pishiriqlar

Amerikancha olchali pirog, shtreyzel va olchali pirojkalar, tvorogli xamirdan olchali o‘ramalar, olcha va o‘rikli pirog, olchali keks va boshqalar — Zira.uz mazali olchali pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Toshkentda avtobusga urilgan Nexia-3 haydovchisi shifoxonada vafot etdi
4 iyun 2022, 11:13

Toshkentda avtobusga urilgan Nexia-3 haydovchisi shifoxonada vafot etdi

Toshkentdagi Kichik xalqa yo‘lida Nexia-3 avtomobili piyodalarga yo‘l berish uchun to‘xtagan avtobus orqasiga kelib urildi. «Toshshahartransxizmat» ma’lum qilishicha, katta tezlikda harakatlangan yengil avtomobil haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

«Rossiyadagi ish beruvchilar bizning ishchi kuchimizning qadriga yetishdi» — Erkin Muxitdinov
4 iyun 2022, 10:42

«Rossiyadagi ish beruvchilar bizning ishchi kuchimizning qadriga yetishdi» — Erkin Muxitdinov

Mehnat vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Rossiyadan O‘zbekistonga mehnat muhojirlarining ommaviy qaytishi kuzatilmaganining uchta omilini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijlik beruvchilar «bizning ishchi kuchimiz qadriga yetishdi».

3 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
3 iyun 2022, 22:00

3 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda yangi so‘m ramzi va unga faollar munosabati, Xorazmga borgan o‘zbek-tojik prezidentlari, deyarli 63 mln so‘mgacha ko‘tarilgan haj to‘lovi, ayrim AYOQSHlarda benzin to‘liq quyilmayotgani, ishdan ketgan 40 nafar farg‘onalik hokim yordamchisi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 3 iyundagi xabarlar dayjestida.

Valyutalar belgilari tarixi — dollar, funt, rubl va boshqa valyutalar
3 iyun 2022, 21:07

Valyutalar belgilari tarixi — dollar, funt, rubl va boshqa valyutalar

Dollar, funt, rubl, tenge kabi valyutalar belgilari tarixi haqida bilasizmi? Belgilar dizayni nega aynan shunday ko‘rinishda? Ular qanday tarixga ega?

Ayrim AYOQSHlarda benzin to‘liq quyilmayotgani aniqlandi — Energetika vazirligi
3 iyun 2022, 21:00

Ayrim AYOQSHlarda benzin to‘liq quyilmayotgani aniqlandi — Energetika vazirligi

«O‘zneftgazinspeksiya» tomonidan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida bir qator qonunbuzarliklar aniqlangan. Xususan, 43 ta holatda iste’molchilarga benzin har 10 litr uchun 10 dan 740 ml gacha kam quyilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ukrainadagi urushning 100-kuni: 14 mln ukrainalik uyini tashlab ketdi, 15,7 mln kishi gumanitar yordamga muhtoj
3 iyun 2022, 19:34

Ukrainadagi urushning 100-kuni: 14 mln ukrainalik uyini tashlab ketdi, 15,7 mln kishi gumanitar yordamga muhtoj

Ukrainada urush boshlanganining 100-kunida qariyb 16 mln kishi gumanitar yordamga muhtoj va ularning soni muttasil ortib bormoqda. Xalqaro sud Insoniyatga qarshi jinoyatlarning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiyani ishlab chiqishga chaqirdi.

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida yana otishma yuz bergani aytilmoqda
3 iyun 2022, 18:29

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida yana otishma yuz bergani aytilmoqda

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgani haqida ikki mamlakat OAVlari xabar bermoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki tomondan uch nafar chegarachi yaralangani aytilmoqda.

20 iyundan Toshkent — Dushanbe poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Tafsilotlar
3 iyun 2022, 18:07

20 iyundan Toshkent — Dushanbe poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Tafsilotlar

O‘zbekiston va Tojikistonni bog‘laydigan poyezd haftada bir marta Dushanbedan Samarqand orqali Toshkentga qatnaydi, deb xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati «Gazeta.uz» so‘roviga binoan. Safar vaqti — 21 soat.

«G‘alati ramz ekan, ilonga o‘xshaydimi-yey…». Jamoatchilik yangi so‘m ramziga qanday munosabat bildirmoqda?
3 iyun 2022, 17:48

«G‘alati ramz ekan, ilonga o‘xshaydimi-yey…». Jamoatchilik yangi so‘m ramziga qanday munosabat bildirmoqda?

«Yaxshiroq variantlar borligi aniq», «Bu qanaqadir xususiy bank logotipi emasku», «Koinotdan sovg‘a»… Jamoatchilik faollari o‘zbek so‘mining ramziy belgisi tanlovida g‘olib bo‘lgan loyiha bo‘yicha turlicha fiklar bildirishdi. Ayrimlar o‘z loyihalarini taklif qilishdi. «Gazeta.uz» ularni bir maqolaga to‘pladi.

Shavkat Mirziyoyev YeXHT raisini qabul qildi
3 iyun 2022, 17:36

Shavkat Mirziyoyev YeXHT raisini qabul qildi

Prezident YeXHT raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rauni qabul qildi. O‘zbekistonning YeXHTning barcha institutlari bilan hamkorligini kuchaytirish, demokratik yangilanishlar, jumladan konstitutsiyaviy islohotni ekspertlik jihatdan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish ustuvor ahamiyatga ega ekani aytildi.

Foto: Buyuk Britaniya qirolicha Yelizaveta II ning platina yubileyini nishonlamoqda
3 iyun 2022, 17:18

Foto: Buyuk Britaniya qirolicha Yelizaveta II ning platina yubileyini nishonlamoqda

Buyuk Britaniyada qirolicha Yelizaveta II hukmronligining 70 yilligi sharafiga tantanalar bo‘lib o‘tmoqda. «Gazeta.uz» londonliklar va qirollikning boshqa shaharlari aholisi qirolicha yubileyini qanday nishonlayotgani aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etadi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayoni boshlandi
3 iyun 2022, 17:00

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayoni boshlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yer uchastkalarini avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali xususiylashtirish uchun arizalarni qabul qilishni boshladi.

Qoraqalpog‘istonda Rally Muynak — 2022 musobaqalari o‘tkazilmoqda
3 iyun 2022, 16:56

Qoraqalpog‘istonda Rally Muynak — 2022 musobaqalari o‘tkazilmoqda

Qoraqalpog‘istonda 132 nafar poygachi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha ralli bahslarida qatnashmoqda. Sportchilar Mo‘ynoqdan Orol dengizining hozirgi qirg‘og‘igacha 415 km masofani bosib o‘tadi. Musobaqa O‘zbekistonda motosport turlarini ommalashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Poytaxt hokimligi daraxtlarni tagi betonlangan holatlar haqida xabar berishni so‘radi
3 iyun 2022, 16:48

Poytaxt hokimligi daraxtlarni tagi betonlangan holatlar haqida xabar berishni so‘radi

Poytaxt hokimligi aholidan daraxtlar atrofi betonlangani yoki asfalt yotqizilayotgan holatlar haqida Xalq Nazorati platformasi orqali xabar berishni so‘radi. Ta’kidlanishicha, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijrochilar bilan tezda bog‘lanishga yordam beradi.

Dollarning rasmiy kursi yana 11 ming so‘mdan oshdi
3 iyun 2022, 16:37

Dollarning rasmiy kursi yana 11 ming so‘mdan oshdi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 17,39 so‘mga qimmatlab, yana 11 ming so‘mlik chegaradan o‘tdi — 11 012,06 so‘m. Yevro ham o‘sdi, rubl arzonladi.

Foto: Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Xorazmga bordi
3 iyun 2022, 16:26

Foto: Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Xorazmga bordi

Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga tashrifining ikkinchi kunida Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatlar yetakchilari Urganchdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona faoliyati bilan tanishdi (foto).

MB so‘m ramzi bo‘yicha tanlov g‘olibini e’lon qildi
3 iyun 2022, 15:56

MB so‘m ramzi bo‘yicha tanlov g‘olibini e’lon qildi

Milliy valyuta — «so‘m» ramziga eng kreativ loyiha sifatida 508 ta ijodiy ish orasidan Jumagaldiyev Sarvar grafik belgisi g‘olib deb topildi. MB buni «milliy valyutaning o‘ziga xos timsolini yorqin ifoda etgan eng kreativ loyiha» deb atadi. Jami 17 mingta ariza kelib tushdi, finalga shundan 54 tasi o‘tdi.

Rubl ko‘ringanidak mustahkam emasmi? Jahon OAVlari bu haqda nima demoqda
3 iyun 2022, 15:30

Rubl ko‘ringanidak mustahkam emasmi? Jahon OAVlari bu haqda nima demoqda

Rubl hozirgi kunda qanchalik mustahkam valyuta? Nega fevral oyidagi keskin pasayishdan so‘ng valyuta barqarorlashdi? Rossiya valyutasini qanday xavflar kutib turibdi?

Xorijiy OTMda kontraktda o‘qiyotgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya beriladi
3 iyun 2022, 14:55

Xorijiy OTMda kontraktda o‘qiyotgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya beriladi

Hukumat qarori bilan Xorijiy OTMda kontrakt asosida o‘qiyotgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya ajratiladi. Qolaversa, «Yangi O‘zbekiston» universitetining ayrim talabalariga davlat granti beriladi. Har ikki holatda ham talabgorlar o‘qish tugagach 5 yilgacha ishlab berishi kerak bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting