Arxiv

«Bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo‘r» — Jahongir Ortiqxo‘jayev
10 avgust 2022, 16:37

«Bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo‘r» — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent hokimi poytaxtni Dubaydek sayyohlar uchun jozibador maskanga aylantirishni orzu qilishini aytdi. Biroq, u infratuzilmaning jadal rivojlanishi sharoitida yashil maydonlarni saqlab qolish haqidagi savolga tadbir mavzusi turizmni rivojlantirish ekanligini ro‘kach qilib, javob bermadi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
10 avgust 2022, 16:36

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 24,00 so‘mga qimmatlab, 10 904,29 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa yana pasaydi.

Surxondaryoda o‘zbek-tojik o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi
10 avgust 2022, 16:20

Surxondaryoda o‘zbek-tojik o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi

O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari Surxondaryodagi o‘quvda rejaga ko‘ra, chegarani buzib kirmoqchi bo‘lgan shartli dushman to‘dalarini muvaffaqiyatli yo‘q qildi.

Quduqlarni burg‘ilashga moratoriy e’lon qilinishi mumkin
10 avgust 2022, 16:03

Quduqlarni burg‘ilashga moratoriy e’lon qilinishi mumkin

Yer osti chuchuk suvlariga quduq burg‘ilash va suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berishga moratoriy qo‘llash taklif etilmoqda. Hozirda markaziy ichimlik suvlarining 67 foizi yer osti suvlari hisobidan ta’minlansa-da, ayrim hududlarda ularning sathi o‘rtacha me’yordan 5 metr va undan ortiqqa pasaygan.

May oyidan boshlab Toshkentdagi uy-joylar narxida pasayish kuzatilmoqda
10 avgust 2022, 15:48

May oyidan boshlab Toshkentdagi uy-joylar narxida pasayish kuzatilmoqda

May oyidan beri Toshkentdagi birlamchi va ikkilamchi bozordagi uy-joylar narxi arzonlashib bormoqda, deb ma’lum qildi Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti. Xususan, birlamchi bozorda 1 kv.m uchun may oyidagi $943,6 narx iyulda $919,9 ga, ikkilamchi bozorda esa $891,1 dan $882,6 gacha tushgan.

Oliy sudning sobiq rahbari Konstitutsiyaviy sudga sudya bo‘lishi kutilmoqda
10 avgust 2022, 15:19

Oliy sudning sobiq rahbari Konstitutsiyaviy sudga sudya bo‘lishi kutilmoqda

Prezident Konstitutsiyaviy suddagi vakant sudya lavozimiga Oliy sud raisi lavozimida faoliyat yuritayotgan Kozimjon Komilov nomzodini taklif qildi. Oliy sud rahbarligiga esa prezident maslahatchisi Baxtiyor Islomov nomzodi ilgari surildi.

Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi
10 avgust 2022, 15:18

Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi

Yaponiyaning amaldagi bosh vaziri Fumio Kisidaning Vazirlar Mahkamasi to‘liq tarkib bilan iste’foga chiqdi. Iste’fo Yaponiya hukumatida bo‘lishi kutilayotgan o‘zgarishlar fonida yuz berdi.

Qibray uchun issiqlik energiyasiga yangi tarif tasdiqlandi
10 avgust 2022, 14:22

Qibray uchun issiqlik energiyasiga yangi tarif tasdiqlandi

Toshkent viloyatining Qibray tumani uchun issiqlik energiyasiga yangi tariflar 25 avgustdan kuchga kiradi.

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov ishdan bo‘shatildi
10 avgust 2022, 13:15

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov ishdan bo‘shatildi

2017 yildan beri Oliy sudga raislik qilgan, 13 iyulda lavozimga qayta tayinlangan Kozimjon Komilov iste’foga chiqarildi. Uning o‘rnini prezident maslahatchisi Baxtiyor Islamov egallashi kutilmoqda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yil oxirigacha bahsli chegara hududlarini aniqlashtirib oladi
10 avgust 2022, 12:19

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yil oxirigacha bahsli chegara hududlarini aniqlashtirib oladi

Seshanba kuni Cho‘lpon-Otada O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari uchrashdi. Qirg‘iziston hukumati maxsus vakili Nazirbek Borubayevning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar oldin kelishilmagan 208 km chegarani aniqlashtirib olmoqchi, qolaversa, yil yakunigacha barcha savollarni hal etishni rejalashtirmoqda.

O‘zini yoqib yuborgan FNQIZ xodimasi vafot etdi
10 avgust 2022, 11:51

O‘zini yoqib yuborgan FNQIZ xodimasi vafot etdi

Farg‘ona NQIZning sobiq xodimi Sanobarxon Haydarova korxonaga kirish joyida o‘zini ustiga benzin quyib, yoqib yuborgandi. U 10 avgust kuni ertalab shifoxonada vafot etdi. Zavod ayolning voyaga yetgan farzandlarining ta’lim xarajatlarini qoplash va zarurat bo‘lsa, ishga joylashishda yordam berishini ma’lum qildi.

Sudda Asalhoney`ning o‘ldirilishi tafsilotlari ma’lum qilindi
10 avgust 2022, 11:24

Sudda Asalhoney`ning o‘ldirilishi tafsilotlari ma’lum qilindi

Insta-bloger Asal Xodjayevaning (Asalhoney) o‘ldirilishi bo‘yicha sudlangan shaxs jinoyat tafsilotlarini so‘zlab berdi, deb xabar qildi UzReport.

O‘zbekistonning RFdagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlantirdi
10 avgust 2022, 10:21

O‘zbekistonning RFdagi elchixonasi vatandoshlarni ogohlantirdi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida ko‘ngilli batalonlar tuzish va harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi, qolaversa, extiyotkor bo‘lishga chaqirdi. Avvalroq Permdagi o‘zbeklar tashkiloti rahbari Jahongir Jalolov shunday da’vat bilan chiqqan edi.

DTM 8 avgustdagi test natijalarini e’lon qildi
10 avgust 2022, 10:02

DTM 8 avgustdagi test natijalarini e’lon qildi

OTMga kirish uchun 8 avgust kuni test topshirgan abituriyentlarning natijalari e’lon qilindi. Ular to‘plagan ballarini to‘rt xil usulda bilib olishlari mumkin. Bundan tashqari, yomg‘ir sabab Namangandagi imtihonlar belgilangan vaqtidan kechroq boshlandi.

1 yanvardan qon donorlari uchun bir qator imtiyozlar beriladi
10 avgust 2022, 09:12

1 yanvardan qon donorlari uchun bir qator imtiyozlar beriladi

2023 yildan «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga 4,5 mln so‘m to‘lanadi. Ular jamoat transportidan bepul foydalanadi, sanatoriylarga navbatsiz yo‘llanma oladi. Yiliga 3 marta qon topshirganlar va ularning qarindoshlariga zarur bo‘lganda, qon bepul beriladi.

Prezident eksportyorlar uchun eng maqbul yo‘nalishlarni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi
9 avgust 2022, 22:49

Prezident eksportyorlar uchun eng maqbul yo‘nalishlarni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev eksportyorlar uchun eng maqbul yo‘nalishlarni ishlab chiqish va ularning transport xarajatlarini kamaytirish, eksport yuklarini Yevropaga olib o‘tish uchun qo‘shimcha ruxsatnomalar olish masalalarini hal etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Jizzaxda Cobalt urib yuborgan 8 yoshli velosipedchi bola halok bo‘ldi
9 avgust 2022, 22:07

Jizzaxda Cobalt urib yuborgan 8 yoshli velosipedchi bola halok bo‘ldi

Jizzax viloyatida Cobalt haydovchisi yo‘lning o‘ng tomonida velosiped boshqarib ketayotgan bola va uning singlisini urib yubordi. Hodisa oqibatida sakkiz yoshli bola vafot etdi.

Vohidov shaxmat Olimpiadasining oltin, Abdusattorov kumush, Yakubbayev bronza medalini qo‘lga kiritdi
9 avgust 2022, 22:04

Vohidov shaxmat Olimpiadasining oltin, Abdusattorov kumush, Yakubbayev bronza medalini qo‘lga kiritdi

Hindistonda bo‘lib o‘tgan shaxmat Olimpiadasida har bir doskaning eng yaxshilariga individual mukofotlar ham topshirildi. Jahongir Vohidov to‘rtinchi doskada oltin, ikkinchi doskada Karlsenni ortda qoldirgan Nodirbek Abdusattorov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Nodirbek Yakubbayev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

9 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
9 avgust 2022, 22:00

9 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston, turnir chempionlarini telefonda tabriklagan prezident, 16,5 yilga qamalgan bloger Asalhoney`ning qotili, kollej va texnikumlarga qabul kvotalari, Muqimiy ko‘chasidagi yong‘in, Toshkentda boshlangan ekologik reyd va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

Milliy bog‘dagi ko‘lni 15 avgustda ochishga va’da berishmoqda. Hozir u qanday ko‘rinishda (foto)
9 avgust 2022, 21:59

Milliy bog‘dagi ko‘lni 15 avgustda ochishga va’da berishmoqda. Hozir u qanday ko‘rinishda (foto)

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev sobiq Milliy bog‘ hududida joylashgan plyajli ko‘l 15 avgust kuni ochilishini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» fotomuxbiri bog‘da bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting