O‘zbekiston Investitsiya vazirligida har bir yangi investorga hamrohlik qilish uchun “investitsiya menejeri” lavozimi joriy etiladi. Ular bevosita vazirga bo‘ysunadi va xorijiy investorlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, yuzaga kelgan masalalarni hal qilib boradi.
Raqobat qo‘mitasi raisi Shohruh Shorahmedov Uzum va Click kompaniyalari qo‘mita ruxsatisiz birlashsa, jazoga tortilishini ma’lum qildi. Avvalroq kompaniyalar o‘zaro birlashgani to‘g‘risida qo‘shma bayonot bergan, keyinroq esa qo‘mita hali birlashuv bo‘yicha rasmiy bitim tuzilmaganini bildirgandi.
Tijorat banklari 11-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 500−11 555 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 610−11 615 so‘m.
Alisher Usmonov dividendlardan eng ko‘p daromad olgan rossiyaliklar reytingida 7-o‘rinni egalladi. Ro‘yxatda milliarder “Metalloinvest”dan 64,7 mlrd rubl dividend olgani ko‘rsatilgan.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 125 mln dollar miqdorida qarz ajratishni ma’qulladi. Mablag‘ mamlakatning elektr uzatish tarmog‘ini takomillashtirish, xususan, 7 ta viloyatda 359 kilometr uzunlikdagi 12 ta elektr uzatish liniyasini rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladi.
Tijorat banklari 10-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 500−11 570 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 610−11 630 so‘m.
O‘zbekiston sobiq tashqi ishlar vazirining o‘g‘li Doniyor Komilov Rossiyadagi Ural kon-metallurgiya kompaniyasining yangi benefitsiar egasi bo‘ldi, deya xabar bermoqda Forbes.
Bandlik vaziri Behzod Musayev yildan-yilga o‘zbekistonlik migrantlarning mamlakatdan ketishi emas, qaytishi soni ortib borayotganini aytdi. Unga ko‘ra, migrantlar 2 mln nafarni tashkil etmoqda. 2022−2023-yillarda tashkiliy tarzda 60 ming kishi ishga jo‘natilgan va ularning o‘rtacha maoshi 1200 dollar bo‘lgan.
“Toshkent metallurgiya zavodi” “Gazeta.uz” maqolasiga javoban korxonaning qarzlari tijoriy faoliyat orqali to‘lanishini ma’lum qildi. “Davlat kompaniyaning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas”, deya ta’kidladi TMZ. Avvalroq, O‘zTTJ sud jarayonida zavodning bankrot bo‘lish xavfi borligini bildirgandi.
Hukumat qarori bilan Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom qabul qilindi.
May oyida O‘zbekiston xorijga 11 tonna oltin sotib, dunyoda oltin sotish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi. Turkiya 63 tonna ko‘rsatkich bilan qimmatbaho metall savdosi bo‘yicha yana mutlaq yetakchiga aylandi.
Tijorat banklari 7-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 480−11 550 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 590−11 610 so‘m.
O‘zbekiston hukumati benzin uchun tovon puli miqdorini 55 foizga oshirdi. Har oylik to‘lovlar ayrim toifadagi shaxslarga beriladi.
Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev O‘zbekiston suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi, Osiyoda to‘rtinchi va dunyoda 13-o‘rinda turganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda mamlakatdagi sug‘oriladigan maydonlarning 28 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilib bo‘lingan.
Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazi direktori Polgar Szolt O‘zbekiston kartoshka urug‘ini import qilishni to‘xtatishi kerakligi, Vengriya va O‘zbekiston mutaxassislari import o‘rnini bosish maqsadida mahalliy kartoshka urug‘chiligini yo‘lga qo‘ymoqchiligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti “muntazam ravishda yuzaga keladigan tirbandliklarni bartaraf etish uchun” Bunyodkor shoh ko‘chasi va 2-Qatartol ko‘chasi chorrahasida yangi yo‘l o‘tkazgich qurilishini tasdiqladi.
Tijorat banklari 6-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 475−11 530 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 560−11 600 so‘m.
Prezident “Bunyodkor” stadionining 5,5 gektar maydondagi avtoturargohi o‘rnida kamida 200 mln dollarlik biznes markazi qurish loyihasini tasdiqladi. Markaz tarkibida savdo markazi, mehmonxona, biznes markaz, IT-markaz, ko‘p qavatli avtoturargoh va turar-joy majmuasi bo‘ladi.
Ucell va O‘zbekistondagi boshqa kompaniyalarga egalik qiluvchi Digital Holding QK RFning Digital Invest asoschisiga sanksiyalar joriy qilinganidan so‘ng nomini Digital Olding`ga o‘zgartirdi. Shuningdek, yangi ta’sischi paydo bo‘ldi. Buning natijasida Digital Invest endilikda QK nazorat paketiga egalik qilmaydi.
O‘zbekistonda shakarning chakana narxi ichki bozorlarda yil boshiga nisbatan 10 foizga arzonlashdi. Yanvar-iyun oylarida birja savdolariga jami 336,7 ming tonna shakar qo‘yilib, uning 83 foizi sotilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting