Deputat Bekmirza Eshmirzayev iqtisodiyot va moliya vaziridan davlat budjeti ijrosi bo‘yicha hisobot Qonunchilik palatasiga belgilangan muddatdan 15 kun kechikib kiritilganining sababini so‘radi. Vazir bu shaxsan uning kamchiligi ekanini aytib, bu holat boshqa takrorlanmasligiga umid qilishini aytdi.
Prezident qarori bilan jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan qarzga hisoblangan penya summalari, oxirgi 6 oyda ishlamayotgan YATTlarning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan qarzi hamda ularga hisoblangan penya va jarima summasi hisobdan chiqariladi.
Tijorat banklari 16-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 405−11 460 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 480−11 515 so‘m.
Uzbekistan Airways Chexiyaning LET L-410-E20 yengil samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Ulardan O‘zbekistonda ichki yo‘nalishlarda foydalanish rejalashtirilgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Click to‘lov tashkiloti Uzum kompaniyalar guruhi bilan birlashuv bitimiga oldindan rozilik olish bo‘yicha murojaat qilmaganini va kompaniyalar birlashishi to‘g‘risida rasmiy bitim tuzilmaganini ma’lum qildi.
May oyida poytaxtdagi ikkilamchi ko‘chmas mulkning o‘rtacha narxi 2,5 foizga ko‘tarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 foizga oshdi. Shahardagi ijara narxlari esa yil boshidan beri 12,1 foizga kamaydi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Regulyatorning qayd etishicha, yil yakuniga qadar inflyatsiyaning 8,5−9,5 foizgacha pasayishi hamda inflyatsiyani pasaytiruvchi omillar ta’sirini oshiruvchi omillarga nisbatan kuchliroq bo‘lishi kutilmoqda.
Tijorat banklari 15-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 420−11 480 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 510−11 535 so‘m.
Markaziy bank muomaladan chiqarilgan banknot va tangalarni qabul qilish va ularni yangi banknotlarga almashtirishni davom ettirishga qaror qildi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Qonunchilik palatasi oldidagi hisobotida vazirlik suvni sarflash madaniyati, uni o‘lchash va yetkazib berish bo‘yicha keskin takliflar tayyorlayotganini ma’lum qildi. Takliflar 2024-yilning budjet loyihasida ko‘rsatiladi.
Toshkentdagi “To‘qimachilik haftaligi” doirasida Better Cotton O‘zbekistonda paxtachilik sohasini yanada yaxshilash borasidagi yo‘l xaritasini taqdim etdi va u manfaatdor tomonlar ishtirokida imzolandi.
“Gazeta.uz” materialiga javoban “O‘zagroeksportbank” ustav kapitalini 32 mlrd so‘mdan 105 mlrd so‘mga oshirganini va litsenziya bekor qilinmasligi uchun uni 1-sentabrgacha 200 mlrd so‘mga yetkazish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Qozog‘iston 2022-yilda O‘zbekistonga go‘sht eksportini 134 baravarga oshirdi. Mamlakatning yil davomidagi go‘sht eksporti 28,7 ming tonnani tashkil etgan va bu so‘nggi 10 yildagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Yangi avtobus va elektrobuslar xarid qilinishi tufayli Toshkent shahrida avtobus yo‘lovchilari soni keskin oshdi. May oyida kuniga o‘rtacha 782 ming yo‘lovchi tashildi, bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 63 foizga ko‘p degani.
Xalqaro mehnat tashkiloti va Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekistonda Better Work (Yaxshiroq ish) dasturini ishga tushirdi, bu mamlakatdagi to‘qimachilik va tikuvchilik fabrikalarida mehnat me’yorlariga rioya etilishini ta’minlashga yordam beradi.
Tijorat banklari 14-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 390−11 470 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 490−11 520 so‘m.
Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va rivojlantirish, Buxoro aeroportini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ikkita loyiha tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Kuzda xususiy sheriklarni tanlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Moliyaviy tahlilchi Karen Srapionov Gruziyaning TBC Bank banki Payme`ni sotib olishi fonida nega ochiq bozorda mahalliy xususiy kompaniyalarning moliyalashtirishni jalb qilishi yoki mahalliy ta’sischilarning birjada listing qilish orqali loyihalardan chiqishi kabi holatlarni uchratmayotganimiz haqida fikr yuritadi.
OTP Bank “Ipotekabank”ning O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli aksiyalardan 75 foizini rasman sotib oldi. Aksiyalarning qolgan 25 foizi 3 yillik muddatda sotib olinadi.
S&P reyting agentligi O‘zbekiston suveren kredit reytingini BB- (barqaror kutilma) darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Agentlik prognoziga ko‘ra, 2023−2026-yillarda mamlakat YAIMining real o‘sishi o‘rtacha 5,4 foizni, aholi jon boshiga YAIM hajmi 2023-yilda 2400 dollarni tashkil etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting