2025-yilda daraxt ekish uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi, daraxt parvarishlash xarajatlari investitsiya dasturiga kiritiladi
23 oktabr 2024, 03:05

2025-yilda daraxt ekish uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi, daraxt parvarishlash xarajatlari investitsiya dasturiga kiritiladi

2025-yilda “Yashil makon” ko‘chat ekish loyihasini amalga oshirish uchun qo‘shimcha 100 mlrd so‘m yo‘naltiriladi, dedi prezident. Endi daraxtlarni 3 yil parvarishlash xarajatlari investitsiya dasturiga kiritiladi va 16 million gektar yaylov yerlarini boshqarish Veterinariya qo‘mitasiga o‘tkaziladi.

Liong Kiong Vetnamning yangi prezidenti bo‘ldi
23 oktabr 2024, 02:55

Liong Kiong Vetnamning yangi prezidenti bo‘ldi

Vetnam parlamenti general Liong Kiongni mamlakat prezidenti etib sayladi. Uning nomzodini yig‘ilishda qatnashgan 440 nafar deputatning barchasi qo‘llab-quvvatladi.

Argentinada soliq xizmati tugatildi
23 oktabr 2024, 02:31

Argentinada soliq xizmati tugatildi

Argentina hukumati “argentinaliklarning iqtisodiy erkinligiga to‘sqinlik qilayotgan keraksiz byurokratiyani yo‘q qilish” maqsadida soliq xizmati tugatilganini e’lon qildi. Vakolatlar “oddiyroq” tuzilmaga ega yangi agentlikka o‘tkaziladi.

Gruziyada 26-oktabrda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Nimalar ma’lum?
23 oktabr 2024, 02:12

Gruziyada 26-oktabrda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Nimalar ma’lum?

Gruziyada, tahlilchilar fikricha, tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladigan parlament saylovlariga 3 kun qoldi. Milliarder Bidzina Ivanishvili boshchiligidagi hukmron partiya saylovlarni “urush va tinchlik o‘rtasidagi”, muxolifat esa Yevropa va rossiyaparast kelajak o‘rtasidagi referendum deb atamoqda.

TIV rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi
23 oktabr 2024, 00:29

TIV rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan, Olimjon Abdullayev tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekistonning Germaniyadagi konsullaridan biri bo‘lib ishlagan.

Samarqanddagi uyda gaz portlagani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22 oktabr 2024, 21:11

Samarqanddagi uyda gaz portlagani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida kvartiralardan birida gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 nafar a’zosi halok bo‘lgandi. Bosh prokuratura gaz ta’minoti bo‘limi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammitida ishtirok etadi
22 oktabr 2024, 20:38

Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti 23−24-oktabr kunlari Qozon shahrida amaliy tashrif bilan bo‘ladi va u yerda BRIKS sammitida ishtirok etadi.

O‘zbekiston yana $806 mln lik oltin eksport qildi, tekstil eksporti qisqarib, meva-sabzavotniki o‘smoqda
22 oktabr 2024, 20:28

O‘zbekiston yana $806 mln lik oltin eksport qildi, tekstil eksporti qisqarib, meva-sabzavotniki o‘smoqda

Sentabrda O‘zbekiston 806,1 mln dollarlik oltin eksport qildi. To‘qimachilik eksporti pasayishda davom etmoqda, meva va sabzavotlar yetkazib berish esa keskin oshdi. Mamlakatga gaz va neft mahsulotlarini katta hajmda import qilish ham davom etmoqda. Turizm iqtisodiyotga 2,4 mlrd dollar hissa qo‘shdi.

“Mahalla yettiligi” kambag‘al oilalar va yolg‘iz keksalar xonadonlariga daraxt ekadi
22 oktabr 2024, 18:49

“Mahalla yettiligi” kambag‘al oilalar va yolg‘iz keksalar xonadonlariga daraxt ekadi

O‘zbekistonda “Mahalla yettiligi” “Yashil makon” loyihasi doirasida har bir mahalladagi kam ta’minlangan oilalar va yolg‘iz keksalarga mevali daraxt ko‘chatlari tarqatadi. Maktab, oliygoh, shifoxonalar, yo‘l bo‘ylari va boshqa joylarda ham ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilgan.

“Doim ham obyektiv emas” — AOKA direktori O‘zbekistondagi matbuot erkinligini baholaydigan xorijiy tashkilotlar haqida
22 oktabr 2024, 18:27

“Doim ham obyektiv emas” — AOKA direktori O‘zbekistondagi matbuot erkinligini baholaydigan xorijiy tashkilotlar haqida

Asadjon Xodjayevga ko‘ra, matbuot erkinligini baholaydigan xalqaro tashkilotlar va ekspertlar tashqaridan turib, chop etilgan turli materiallar orqali o‘z fikrini shakllantiradi. Ular so‘rovnoma va o‘rganishlarini O‘zbekiston ichida tatbiq etish uchun mamlakatga taklif etilgan, ammo ular rozilik bildirmagan.

Samarqand viloyatidagi uyda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 a’zosi vafot etdi
22 oktabr 2024, 18:00

Samarqand viloyatidagi uyda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 a’zosi vafot etdi

Qo‘shrabot tumanida gaz portlashi oqibatida er-xotin va ularning o‘g‘li hamda qizi vafot etdi. Portlashga xonadonda gaz to‘planib qolishi va xonadon egasi buni bilmagan holda chiroqni yoqishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Qashqadaryoda 7 yoshli qizga o‘gay otasi jinsiy zo‘ravonlik qilgani aytilmoqda
22 oktabr 2024, 17:45

Qashqadaryoda 7 yoshli qizga o‘gay otasi jinsiy zo‘ravonlik qilgani aytilmoqda

Qarshi shahrida “102”ga telefon qilgan ayol u bilan 3 yildan beri birga yashayotgan erkak uning 7 yoshli qiziga jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini qilgani haqida shikoyat qilgan. Ijtimoiy tarmoqda qizaloqning holat haqida kimgadir aytsa, erkak uni o‘ldiraman, deya qo‘rqitganini yig‘lab aytib bergan videosi tarqaldi.

Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi, jumladan, ikki nafar Rossiya fuqarosi o‘lik holda topildi
22 oktabr 2024, 17:29

Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi, jumladan, ikki nafar Rossiya fuqarosi o‘lik holda topildi

Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi, jumladan, ikki nafar Rossiya fuqarosi — jurnalist Inessa Papernaya va uning do‘sti hamda O‘zbekiston fuqarosi o‘lik holda topilgan. Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ular noma’lum etiologiyali zaharlanishdan vafot etgan.

“Dok-1 Maks” sabab nogiron bo‘lgan bolaning otasi SSV rahbari jamoatchilikka yolg‘on ma’lumot berganini aytdi
22 oktabr 2024, 16:52

“Dok-1 Maks” sabab nogiron bo‘lgan bolaning otasi SSV rahbari jamoatchilikka yolg‘on ma’lumot berganini aytdi

Sog‘liqni saqlash vaziri v.b. Asilbek Xudayarov “Dok-1 Maks” ishi sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalarga “kafolatlangan tibbiy yordam” ko‘rsatilayotganini aytgandi. Farzandi “Dok-1 Maks”dan zaharlangan fuqaroning aytishicha, vazir jamoatchilikka yolg‘on ma’lumot bergan.

Kanoechi Shohmurod Holmurodov doping sabab 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
22 oktabr 2024, 15:19

Kanoechi Shohmurod Holmurodov doping sabab 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekiston “Rowing&canoe” federatsiyasi sportchisi Shohmurod Holmurodov 2024-yilda aniqlangan doping tufayli 3 yil musobaqalarda qatnashmaydi. Ayni shu sabab u yozda O‘zbekistonda o‘tgan jahon chempionatini ham o‘tkazib yubordi. Sportchi bungacha 2023-yildagi Osiyo o‘yinlarining oltin medaliga ega chiqqandi.

Toshkentda Lacetti ikki piyodani urib yubordi. Qurbonlar bor
22 oktabr 2024, 15:01

Toshkentda Lacetti ikki piyodani urib yubordi. Qurbonlar bor

Poytaxtning Chilonzor tumanida Lacetti yo‘lni belgilanmagan qismdan kesib o‘tayotgan ikki piyodani urib yubordi. Oqibatda haydovchi va piyodalar vafot etdi. Video.

Bojxonachilar yil boshidan buyon 888 kg giyohvandlik vositalari aylanmasiga chek qo‘ydi
22 oktabr 2024, 14:06

Bojxonachilar yil boshidan buyon 888 kg giyohvandlik vositalari aylanmasiga chek qo‘ydi

2024-yilning 9 oyi davomida bojxona organlari xodimlari tomonidan 888 kg giyohvandlik vositalari, 406 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ushlab qolindi.

“Keyingi parlamentga kiritamiz” — AOKA direktori jurnalist faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilanishi haqida
22 oktabr 2024, 12:15

“Keyingi parlamentga kiritamiz” — AOKA direktori jurnalist faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilanishi haqida

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga jurnalist faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilishi kutilmoqda. Asadjon Xodjayevga ko‘ra, dastlabki tergov va surishtiruv ishlarini bajarish kabi qator vakolatlarni AOKAga berish taklif etilmoqda.

Oilada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi
22 oktabr 2024, 11:33

Oilada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi. Shuningdek, oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi arizani surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida emas, sud muhokamasi paytida berish tartibi joriy qilindi.

Toshkentdan Xanchjouga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
22 oktabr 2024, 10:22

Toshkentdan Xanchjouga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways 17-noyabrdan Toshkent−Xanchjou yo‘nalishida qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bir tomonlama aviachipta narxi 4 mln so‘mdan boshlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting