Marg‘ilonda noqonuniy faoliyat yurituvchi ohak ishlab chiqarish sexi gazdan yashirincha foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda 5,6 mlrd so‘mlik zarar yetdi. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlandi.
Toshkentda bloger Nigina Meliqo‘ziyeva yo‘lda mashinasida “shashka o‘yini” qilgani uchun javobgarlikka tortildi. U bilan profilaktik suhbat ham o‘tkazildi. Bloger bunday haydashini “azartda bo‘lgani” bilan izohladi, shuningdek, yurtdoshlari va obunachilaridan “uzr so‘radi”.
Tashkent City Mall savdo-ko‘ngilochar markazi tashrif buyuruvchilarga xaridlar, ko‘ngilochar va o‘zbek madaniyati elementlarini bir makonda birlashtirgan holda noyob taassurotlarni taqdim etadi.
Termiz tumanida temiryo‘l kesishmasidan qoidalarni buzgan holda o‘tmoqchi bo‘lgan “Gazel” ag‘darildi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan, yo‘lovchi poyezd yo‘nalishini kechikib davom ettirgan.
Toshkentdagi 188-maktab o‘quvchisini kaltaklagan Ozoda Ravshanova (7 sutka qamoq jazosini o‘tamoqda) ustidan navbatdagi sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. U qasddan badanga yengil shikast yetkazish va haqorat qilishda aybdor deb topilib, jarimaga tortildi. Maktab direktori voqea bo‘lgan kunning ertasiga ishdan bo‘shatildi.
Birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining sof foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga oshib, 882 mln dollarni tashkil qildi. Daromadi esa 3,35 mlrd dollarga yetdi. Oltinning o‘rtacha sotish narxi 14 foizga oshib, 2206 dollarni tashkil qildi.
O‘zbekistonda 2030-yilgacha elektr energiyasiga bo‘lgan talab har yili 7,5 foizga oshadi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Uning aytishicha, qayta tiklanadigan energetika loyihalarini amalga oshirish bilan birga, GES qurish, IESlarni modernizatsiya qilish va qurish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda parlament saylovlari oldidan dastlabki debatlar bo‘lib o‘tdi. Ularda ilk bor partiya rahbarlari ishtirok etib, o‘z dasturlari haqida so‘zladi, deputatlar esa o‘z raqiblarining tashabbuslarida kamchiliklarni topishga harakat qildi. Debatlar qanday o‘tgani haqida ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.
Livandagi “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh Isroil kuchlari hujumi oqibatida vafot etdi. Xabarni harakatning o‘zi ham tasdiqladi. “Hizbulloh” o‘z bayonotida Isroilga qarshi kurashni davom ettirishi ma’lum qilgan.
O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda 63,4 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etildi (yopiq hujjatlar bilan taqdim etilgan imtiyozlarni hisobga olinmagan). Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi eng ko‘p imtiyoz olgan kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi.
21-sentabr kuni Bo‘stonliq tumanida Chery Tiggo 7 Pro 2024 va Tiggo 8 Pro Max 2024 yangi krossover modellarining test-drayvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Chery kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etildi.
Rossiyaning “Gazprom neft” kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurish imkoniyatini muhokama qilmoqda, dedi kompaniya rahbari. Energetika vazirligi ushbu kompaniyani O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari qurilishiga jalb qilish rejalari haqida xabar berdi.
Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida xalqaro Qizil kitobga kiritilgan yo‘lbarssimon albinos bo‘g‘ma ilonini mamlakatga olib kirishga urinish fosh etildi. Uzunligi 3 metr bo‘lgan ilon Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
AQShda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari hamda AQSh davlat kotibi o‘rtasida “C5+1” formatidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sergeli tumanida erkak 10 yoshli farzandini ko‘chaga tilanchilik uchun chiqarib, kuzatib turgan. Shu vaqtda u IIO xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Ota 10 sutkaga qamaldi.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi o‘zining yangi saylovoldi dasturida ijtimoiy obyektlarni sotish, xususiylashtirish va begonalashtirishni taqiqlash orqali ularning himoyasini kuchaytirishni taklif qilmoqda.
O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionatida 27-sentabr kuni nimchorak final bosqichi doirasidagi so‘nggi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi: Fransiya Tailandni 5:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Argentina Xorvatiya darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi.
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shgan xodimlardan bir guruhini faxriy unvon, medal va ordenlar bilan mukofotladi.
Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanida Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Nexia bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi, yana 4 nafari shifoxonaga yotqizildi.
Qirg‘iziston parlamenti deputati mahalliy mahsulotlardan arzon bo‘lgan O‘zbekiston sementi importiga taqiqni olib tashlashni talab qildi. Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar narxlar dempingiga yo‘l qo‘yganini aytdi va import mahalliy zavodlarni vayron qilishini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting