Xitoy raisi Si Szinpin 2019-yildan beri ilk bor Yevropa bo‘ylab turnega chiqdi — u Fransiya, Serbiya va Vengriyaga tashrif buyuradi. Turne Xitoy va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo kelishmovchiliklari va Rossiyaning Ukraina bilan urushi tufayli keskinlashgan munosabatlar davriga to‘g‘ri keldi.
Gurlan tumanidagi 23-bog‘chada bir-biri bilan urishgan bolalarga tarsaki tushirgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi. Shuningdek, ayni shu tarbiyachi e’tiborsizligi sababli boshqa bir holatda bolaning qo‘lini eshik qisib qolgani aniqlandi. Uning barmog‘iga igna tiqilmagan, balki davolash uchun maxsus sim qo‘yilgan.
Shavkat Mirziyoyev Moskvada G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan paradning faxriy mehmonlari qatorida bo‘ladi, deya xabar berdi Kreml. Paradda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Kuba, Laos va Gvineya-Bisau davlatlari rahbarlari ham ishtirok etadi.
Tadbirkor Diyora Usmonova marhum Bobur Usmonov (Alisher Usmonovning jiyani) bilan birinchi turmushida bo‘lgan oiladagi zo‘ravonlik haqida gapirdi. “Zo‘ravonlik to‘rt yil davom etgan, miya chayqalishi, ko‘plab qonlar va ko‘karishlar paydo bo‘lgandi”, — dedi u.
Isroil sharqiy Rafahda jon saqlayotgan o‘n minglab g‘azoliklarni shahardagi ehtimoliy harbiy amaliyotlar fonida gumanitar hududga ko‘chib o‘tishga chaqirdi.
O‘zbekistonda yanvar-aprel oylari oralig‘ida davlat budjeti defitsiti 25 trln so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Aprel oyidagi daromad va xarajatlar orasidagi farq oy boshiga shakllangan qoldiq va aprel oyida muomalaga chiqarilgan Davlat qimmatli qog‘ozlari hisobiga qoplangan.
Markaziy bank kelgusida fiskal intizomga rioya qilinishi va budjet xarajatlarining yil boshida belgilangan darajalari doirasida amalga oshirilishi inflyatsiyaga talab tomondan qo‘shimcha bosim shakllanishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze jamoaning U-23 Osiyo kubogidagi natijalari va finaldagi Yaponiyaga qarshi mag‘lubiyat haqida gapirdi.
Antikorrupsiya agentligi kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyati uchun sudlangan shaxslar faoliyat olib borayotgani va takror jinoyatlar sodir etayotganini aniqladi. Xususun, pora bo‘yicha ushlanganlarning 33 nafari avval ham shunday jinoyat uchun sudlangan.
Mart oyida ham O‘zbekiston 11 tonna ko‘rsatkich bilan dunyoda eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi. Fevralda 12 tonna qimmatbaho metall sotilgandi.
Chiroqchi va Shahrisabz tumanlarini bog‘lovchi daryoda sel ko‘prikning asos poydevorini yuvib ketdi, oqibatda ko‘prik qulab tushdi. Yo‘lda transport harakati to‘xtab qolgani aytildi.
Gurlan tumanida bog‘cha tarbiyachisi bolalarga bir necha bor tarsaki tushirgani aks etgan video va bolalardan birining qo‘liga igna kirgani surati tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Elektr energiyasi va gaz narxlarining oshishi inflyatsiyani qo‘shimcha 2,4 foiz punktga oshiradi, dori vositalari va ayrim kommunal xizmatlar uchun QQS bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinishi esa 1 foiz punktga oshiradi, deya xabar qildi MB. Regulyator buning fonida aholi real daromadlarining biroz pasayishini kutmoqda.
III Xalqaro investitsiya forumi doirasida iqtisodiyot sohasidagi xalqaro ekspertlar, shuningdek, BI Group kompaniyasini o‘z ichiga olgan yirik xorijiy biznes vakillari “arzon” shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha munozaralar o‘tkazildi.
9−11-may kunlari to‘qqizta viloyatning tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin. O‘zgidromet aholi va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi.
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8, 9-may kunlari Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Markaziy bank ustav kapitali bo‘yicha minimal talablarni bajarmagani uchun 4 ta bankning operatsiyalariga cheklov kiritdi. Bu banklarga 1-apreldan kreditlar berish va depozitlar qabul qilish taqiqlangan. Regulyator “reputatsion risklar” tufayli ularning nomini oshkor qilmadi.
O‘zbekistonda xorijiy avtomobillarni vaqtincha olib kirish uchun yig‘im hisoblash tartibi o‘zgartirildi. Ilgari miqdor avtomobilning dvigatel kuchiga qarab hisoblangan bo‘lsa, endi bu uchun qat’iy belgilangan stavka bo‘ladi.
Sharaf Rashidov tumanida er xotiniga og‘ir tan jarohatlari yetkazib, uni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda. Ayolning qarindoshlari aytishicha, oilada doimiy janjallar bo‘lib turgan. Shu janjallarning birida marhumaga himoya orderi ham berilgan bo‘lgan.
Haftaning birinchi yarmida aksariyat hududlarda quruq ob-havo bo‘lishi, harorat +33 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Payshanbadan nam havo massalari barcha hududlarga tarqaladi. Harorat +20 darajagacha pasayib, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting