Qonunchilik palatasi organlari prezident tashabbuslarini og‘ishmay amalga oshirishi lozim bo‘ladi — Rahim Hakimov
7 yanvar 2025, 12:52

Qonunchilik palatasi organlari prezident tashabbuslarini og‘ishmay amalga oshirishi lozim bo‘ladi — Rahim Hakimov

Qonunchilik palatasi spikeri o‘ribosari Rahim Hakimov palataning barcha organlari bu yilgi faoliyatida prezident tashabbuslarini birinchi galdagi vazifa sifatida belgilab, ularni og‘ishmay amalga oshirishi lozim bo‘lishini ta’kidladi.

O‘zbekiston yadro xavfsizligi bo‘yicha xalqaro shartnomalarga qo‘shiladi
7 yanvar 2025, 11:38

O‘zbekiston yadro xavfsizligi bo‘yicha xalqaro shartnomalarga qo‘shiladi

Prezident farmoni bilan 2025-yil 1-iyuldan yuridik shaxslarga nisbatan yadroviy xavfsizlik talablarini buzganlik uchun jarimalar qo‘llanilishi joriy etiladi. Shuningdek, O‘zbekiston to‘rtta xalqaro shartnomaga qo‘shilishi rejalashtirilmoqda.

Jizzaxda kir yuvish mashinasi ichiga tiqilib qolgan bola qutqarildi
7 yanvar 2025, 10:54

Jizzaxda kir yuvish mashinasi ichiga tiqilib qolgan bola qutqarildi

Jizzax shahrida qutqaruvchilar kir yuvish mashinasining quritish qismida qisilib qolgan bolani qutqardi. Bola jarohatlanmagan.

Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishidagi elektropoyezdlar endi Janubiy vokzaldan harakatlanadi
7 yanvar 2025, 09:31

Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishidagi elektropoyezdlar endi Janubiy vokzaldan harakatlanadi

10-yanvardan Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishidagi elektropoyezdlar Janubiy vokzaldan harakatlana boshlaydi. Ular shu paytgacha Shimoliy vokzaldan yurgan.

Kongress Donald Trampni AQSh prezidenti sifatida tasdiqladi
7 yanvar 2025, 01:38

Kongress Donald Trampni AQSh prezidenti sifatida tasdiqladi

AQSh Kongressi vitse-prezident Kamala Harris raisligida Donald Tramp g‘alaba qozongan prezidentlik saylovlari natijalarini tasdiqladi. Ovozlarni sertifikatlash rasmiyatchilik sanalsa-da, jarayon 2021-yilda Tramp tarafdorlarining Kapitoliyga bostirib kirishi bilan yodda qolgan.

Ukrainada prezident saylovi harbiy holat bekor qilingach o‘tkaziladi — Zelenskiy
7 yanvar 2025, 01:09

Ukrainada prezident saylovi harbiy holat bekor qilingach o‘tkaziladi — Zelenskiy

“Ukrainada prezidentlik saylovi harbiy holat tugaganidan so‘ng darhol o‘tkaziladi”, — dedi Vladimir Zelenskiy. “Yoki parlament qonunchilikni o‘zgartirishi kerak”, — degan prezident qonun urush sharoitida saylov o‘tkazishni taqiqlashiga ishora qildi va jamiyat bunga qarshi ekanini bildirdi.

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo o‘z iste’fosini e’lon qildi
7 yanvar 2025, 00:37

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo o‘z iste’fosini e’lon qildi

2015-yildan beri Kanada bosh vaziri va Liberal partiya yetakchisi bo‘lib kelgan Jastin Tryudo iste’foga chiqqanini e’lon qildi, bu hukumatda tartibsizliklar kuchaygan pallada yuz berdi. Tryudo partiya yangi nomzodni tanlaguncha lavozimida qoladi. Iste’fodan so‘ng Tramp Kanadaga 51-shtat bo‘lishni yana taklif etdi.

Namanganda ikki kishini Hajga yuborish uchun 10 ming dollar olgan shaxs ushlandi
6 yanvar 2025, 22:38

Namanganda ikki kishini Hajga yuborish uchun 10 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Namanganda fuqaro va uning onasini Haj mavsumida Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 10 ming dollar olgan shaxs qo‘lga olindi. Huquq-tartibot idoralari Haj va Umra ziyoratlari bilan bog‘liq yana 4 ta holatni aniqladi.

Navoiyda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
6 yanvar 2025, 21:26

Navoiyda 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Dushanba kuni Navoiy viloyati Tomdi tumanida 3,6 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.

Nyu York AQShning tig‘iz vaqtlarda markazga kirish uchun to‘lov joriy qilgan ilk shahri bo‘ldi
6 yanvar 2025, 19:52

Nyu York AQShning tig‘iz vaqtlarda markazga kirish uchun to‘lov joriy qilgan ilk shahri bo‘ldi

Nyu Yorkning markaziy ko‘chalarida tig‘iz vaqtlarda yo‘l haqi to‘lash joriy etildi. Hali AQShning hech bir shahrida bunday qoida kiritilmagandi. Manhettenga kirish narxi — kuniga 9 dollar. Shahar hukumati shu tariqa tirbandlikka qarshi kurashmoqchi va jamoat transportini rivojlantirish uchun mablag‘ yig‘moqchi.

“Brutalist” eng yaxshi film, “Syogun” eng yaxshi serial — 2024-yilgi “Oltin globus” mukofoti g‘oliblari aniqlandi
6 yanvar 2025, 19:01

“Brutalist” eng yaxshi film, “Syogun” eng yaxshi serial — 2024-yilgi “Oltin globus” mukofoti g‘oliblari aniqlandi

5-yanvar kuni Los-Anjelesda “Oltin globus"ning 82-mukofot topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. “Brutalist” va “Emiliya Peres” eng yaxshi film deb topilgan bo‘lsa, “Syogun” hamda “Uddaburonliklar” eng yaxshi serial bo‘ldi. Demi Mur “Substansiya” filmidagi ijrosi uchun eng yaxshi aktrisa sovrinini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonda elektron sigaretalar muomalasini taqiqlash taklif etilmoqda
6 yanvar 2025, 18:05

O‘zbekistonda elektron sigaretalar muomalasini taqiqlash taklif etilmoqda

O‘zbekistonda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, jumladan, elektron sigaretalarning muomalasini taqiqlash hamda javobgarlik belgilash taklif etilmoqda. Shuningdek, moslamalarni respublika hududiga olib kirish yoki olib chiqishga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanishi nazarda tutilmoqda.

AZAL reysi halokatida ayb Rossiya vakillarida — Ilhom Aliyev
6 yanvar 2025, 17:33

AZAL reysi halokatida ayb Rossiya vakillarida — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokudan Grozniyga uchgan Azerbaijan Airlines samolyotining halokatga uchrashiga “Rossiya Federatsiyasi vakillari” aybdor ekanini aytdi. U Rossiyadan aybdorlarni jazolashni hamda “insoniy xulq-atvor”ni talab qildi.

Prezident qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
6 yanvar 2025, 17:33

Prezident qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-yanvardan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi.

Farg‘onada ikki yoshli qizni tibbiy yordamsiz qoldirgan enagaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
6 yanvar 2025, 17:21

Farg‘onada ikki yoshli qizni tibbiy yordamsiz qoldirgan enagaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada enaga zinadan yiqilib tushgan ikki yoshli qaramog‘idagi qizchani kasalxonaga olib bormadi. Bola og‘ir jarohat olgan. Xavf ostida qoldirish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.

Bokschi Shahram G‘iyosov ayiq bilan jang qilgani uchun jarimaga tortildi va uzr so‘radi
6 yanvar 2025, 17:13

Bokschi Shahram G‘iyosov ayiq bilan jang qilgani uchun jarimaga tortildi va uzr so‘radi

Ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgan bokschi Shahram G‘iyosov 1 mln 125 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Sportchi holat boshqa qaytarilmasligini aytib uzr suradi. Ekologiya vazirligi jonivor Farg‘ona hayvonot bog‘iga topshirilganini bildirdi.

Surxondaryoda yupun kiyimdagi o‘quvchilar sovuqda ko‘prik ochilishiga jalb qilindi
6 yanvar 2025, 16:59

Surxondaryoda yupun kiyimdagi o‘quvchilar sovuqda ko‘prik ochilishiga jalb qilindi

Denov tumanida yupun kiyingan o‘quvchilar madaniyat bo‘limi topshirig‘i bilan sovuq ob-havoda ko‘prik ochilishiga jalb qilindi. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha Madaniyat vazirligiga taqdimnoma kiritdi. Maktab direktorlariga “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llandi.

SSV Respublika pediatriya markazi metapnevmovirus bilan kasallangan bolalar bilan to‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi
6 yanvar 2025, 16:42

SSV Respublika pediatriya markazi metapnevmovirus bilan kasallangan bolalar bilan to‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Tarmoqlarda Respublika pediatriya markazi metapnevmovirusga chalingan bolalar bilan to‘lgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarlar asossiz ekanini qayd etib, holatga izoh berdi.

HAMAS Isroil bilan kelishuv evaziga 34 kishini ozod qilishga rozi bo‘ldi
6 yanvar 2025, 16:16

HAMAS Isroil bilan kelishuv evaziga 34 kishini ozod qilishga rozi bo‘ldi

HAMAS o‘z qo‘shinlarini G‘azo hududidan olib chiqib ketish va o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimni imzolash evaziga 34 nafar isroillikni ozod qilishga roziligini bildirdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Qatarda tomonlar kelishuv bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklagan.

Andijondagi xonadonda sodir bo‘lgan gaz chaqnashi oqibatida bir kishi vafot etdi
6 yanvar 2025, 15:57

Andijondagi xonadonda sodir bo‘lgan gaz chaqnashi oqibatida bir kishi vafot etdi

Andijonning Marhamat tumanidagi xonadonda gaz chaqnadi. Oqibatda bir oilaning to‘rt a’zosi turli darajada tan jarohati oldi, ulardan biri vafot etdi. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting