“Yil bestsellerlari 2024” reytingidan asaxiy.uz orqali O‘zbekiston bo‘ylab eng ko‘p sotilgan 20 ta kitob o‘rin oldi.
Eron WhatsApp messenjeri va Google Play ilovalar do‘koniga kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilmoqda. Yozda mamlakatning yangi prezidenti Pezeshkiyon internet-senzurani yumshatishga va’da bergandi. Eronda ko‘plab ilovalar bir necha yillardan beri taqiqda qolmoqda.
O‘zbekiston Afg‘onistonga oziq-ovqat va dori-darmonlar bilan birga “salomatlik poyezdi” jo‘natdi. O‘zbekistonlik shifokorlar 25−30-dekabr kunlari Balx viloyatida aholini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.
Qonunchilik palatasi chiqindi qarzlari uchun elektr to‘lovlarini cheklovchi qonunni qabul qildi. Deputatlar o‘zgartirishlarni faol muhokama qildi va yakunda cheklovlar joriy etilgunga qadar qarzni to‘lash uchun 5 kun vaqt berishga qaror qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istonda qulashi oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani munosabati bilan Ozarbayjon va Rossiya rahbarlariga hamdardlik bildirdi.
Pokiston Afg‘onistonning Paktika viloyatiga bombardimon uyushtirdi, kamida 46 kishi halok bo‘ldi. “Tolibon” bu harakatlar uchun qasos olishni va’da qildi. Pokiston tomoni havo hujumlari chegara bo‘ylab “terrorchilar yashiringan joylarni” nishonga olganini bildirdi.
Xalqaro Judo Awards 2024 tanlovida O‘zbekiston vakillari 5 yo‘nalishda g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda. Xususan, Diyora Keldiyorova yil dzyudochisi, uning ustozi Marko Shpitka eng yaxshi murabbiy yutug‘ini qo‘lga kiritishi mumkin. Judogirls.uz loyihasi va Muhammad Jumayevning ipponi ham nominatsiyalarga qo‘yilgan.
Hukumat qarori bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi. Boshqaruv organi Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
UZTELECOM qishki bayramlar uchun 2024-yilning 20-dekabridan 2025-yilning 5-yanvarigacha 25 GB 25 ming so‘mlik maxsus taklifni e’lon qilmoqda.
Xitoyning Sheng Ke-International kompaniyasi Toshkent shahridagi 1,83 gektar maydondagi mulk va “Askiya” bozori hududi bo‘yicha savdolar g‘olibi bo‘ldi. Ikki qatnashchi ishtirokidagi auksion 15 daqiqa davom etdi va 225,59 mlrd so‘mlik bitta stavkadan so‘ng yakunlandi.
Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boku-Grozniy reysi samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortida 67 kishi, jumladan, ekipaj a’zolari bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 25 kishi tirik qolgan, ulardan 22 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
2023-yilda O‘zbekistondagi YTHlarda Shvetsiyadagiga nisbatan 10 (!) barobar ko‘p odam vafot etdi, avtomobillar soni esa deyarli teng. Nega tinch sharoitda har safar ko‘chaga chiqish qo‘rquv va stressga sabab bo‘lyapti? Nega mutasaddilar buni ko‘rmayapti? “Gazeta.uz”ning “Kontekst” podkastida shu savollar ko‘tarildi.
Hukumat qarori bilan quruvchilarni qurilayotgan obyekt manzili bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi tasdiqlandi. Bu qaror ijrosini nazorat qilish ichki ishlar vaziri zimmasiga yuklandi.
CRPT Turon kompaniyasining Asl Belgisi raqamli markirovkalash tizimi orqali har bir mahsulotning haqiqiyligiga ishonch hosil qilish mumkin.
O‘zbekiston Qonunchilik palatasi ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlik va ularni moliyalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik kiritilishini nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi.
Rossiyaga amaliy tashrif bilan borgan Shavkat Mirziyoyevni aeroportda Sankt-Peterburg gubernatori va boshqa rasmiylar kutib oldi. Asosiy tadbirlar 25−26-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Foto.
BMT urush davom etayotgan Sudanda ocharchilik avj olayotgani, shuningdek, aholi zo‘ravonlik, vayronagarchilik, kasalliklar, aloqa yo‘qligi, ommaviy ko‘chishlarlardan jabr ko‘rayotganini bildirdi. 2025-yil mayigacha 24,6 mln kishi, ya’ni barcha sudanliklarning yarmiga yaqini shoshilinch oziq-ovqat yordamiga muhtoj bo‘ladi.
Termizda Bojxona qo‘mitasi tomonidan kontrabanda sigaretlarining rekord partiyasi — 10,2 mlrd so‘mlik salkam 750 ming quti yo‘q qilindi. Foto.
O‘zbekiston yil davomida AQSh, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Asosiy mavzu uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish bo‘ldi. Qolaversa, Mudofaa vazirligi milliy armiyaning shayligini oshirish uchun qurolli to‘qnashuvlar tahlili olib borilayotganini bildirdi.
Yangi yilda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashga 14% ko‘proq mablag‘ ajratiladi. Qoraqalpog‘iston va besh viloyatda davlat tibbiy sug‘urtasi bo‘yicha tajriba loyihalari joriy etiladi. Tibbiyot xodimlari ish haqi oshishi kutilmoqda. Oilaviy shifokorlarga esa mehnat samaradorligi asosida ustama to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting