Avstriyaning eng yirik banki O‘zbekistonga €7,9 mln ajratdi
8 iyun 2022, 12:45

Avstriyaning eng yirik banki O‘zbekistonga €7,9 mln ajratdi

Avstriyaning «UniCredit Bank Austria AG» banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga innovatsion texnologiyalar transferini moliyalashtirish uchun 7,9 mln yevro ajratdi. Ushbu imtiyozli mablag‘lar «Bauer GmbH» kompaniyasining yomg‘irli sug‘orish uchun innovatsion texnologiyalarini xarid qilishga sarflanadi.

Talabaning Qozog‘istondagi o‘qishini ko‘chirib bera olmagan shaxslar qo‘lga olindi
8 iyun 2022, 12:32

Talabaning Qozog‘istondagi o‘qishini ko‘chirib bera olmagan shaxslar qo‘lga olindi

Buxoro davlat tibbiyot instituti dekan o‘rinbosari va yana ikki shaxs talabaning Qozog‘istondagi o‘qishini ko‘chirib berish evaziga 12 ming dollar olgani aytilmoqda. Gumonlanuvchilar pulni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborib, uning o‘rniga Spark mashinasini fuqaroga topshirgan vaqtida qo‘lga olindi.

To‘rtko‘l trassasida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi
8 iyun 2022, 12:15

To‘rtko‘l trassasida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi

Toshkentdan Qoraqalpog‘istonga 55 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan Yutong yo‘lovchi avtobusi To‘rtko‘l tumanidan o‘tgan avtomagistralda yonib ketdi. Voqea tunda sodir bo‘lgan, taxminan yong‘inga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

O‘zbekiston U-23 jamoasining Osiyo kubogining chorak finalidagi raqibi aniq bo‘ldi
8 iyun 2022, 11:43

O‘zbekiston U-23 jamoasining Osiyo kubogining chorak finalidagi raqibi aniq bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya jamoasi U-23 Osiyo kubogi 3-turi doirasida Eron jamoasi bilan durang o‘ynadi. Guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqqan o‘zbekistonliklar chorak finalda Iroqqa qarshi maydonga tushadi.

100 nafar eng qimmat futbolchi e’lon qilindi
8 iyun 2022, 11:36

100 nafar eng qimmat futbolchi e’lon qilindi

CIES Football Observatory yozgi transferlar oynasi arafasida eng qimmat 100 futbolchi reytingini taqdim etdi. Kuchli o‘nlikda Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Erling Xaaland yetakchilik qilmoqda. Tashkilot o‘yinchilarning narxini belgilashda yoshi, klub va terma jamoadagi mavqeini inobatga olgan.

Raqobat qonunchiligini buzgani uchun «O‘zbekiston Kabel Televideniyesi»ga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
8 iyun 2022, 11:29

Raqobat qonunchiligini buzgani uchun «O‘zbekiston Kabel Televideniyesi»ga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Antimonopoliya qo‘mitasi narxlarni asossiz oshirgan va raqobat qonunchiligini buzgan monopol tashkilot — «O‘zbekiston Kabel Televideniyesi»ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Buning natijasida narxlarni sun’iy oshirish holatiga chek qo‘yildi. Qolaversa, kompaniyaga narxlarni deklaratsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Urganchda haydovchi odamlar ko‘z o‘ngida o‘ldirib ketildi
8 iyun 2022, 11:13

Urganchda haydovchi odamlar ko‘z o‘ngida o‘ldirib ketildi

Urganchda kunduzi gavjum ko‘chada avtomobil haydovchisi shafqatsizlarcha o‘ldirib ketildi. Bir kishi qasddan odam o‘ldirishda, yana biri bezorilikda ayblanib hibsga olindi, bezorilikda ayblangan yana olti nafar shaxs tilxat asosida ozod qilindi.

Samarqanddagi yong‘inda 16 ta do‘konda zarar yetgani ma’lum bo‘ldi
8 iyun 2022, 10:59

Samarqanddagi yong‘inda 16 ta do‘konda zarar yetgani ma’lum bo‘ldi

Samarqand viloyati FVB Narpay tumanidagi oziq-ovqat do‘konlarida yuz bergan yong‘in oqibatida jami 16 ta do‘konning 240 kv.m. maydoniga zarar yetganini ma’lum qildi. Avvalroq, uchta do‘konning shift, tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari zararlangani aytilgandi.

Qimmatli qog‘ozlar bilan shug‘ullanuvchilar attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi
8 iyun 2022, 10:26

Qimmatli qog‘ozlar bilan shug‘ullanuvchilar attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi

Hukumat qaroriga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka sertifikati 5 yilga beriladi. Sertifikat DXM va YAIDXP orqali taqdim etiladi, buning uchun BHMning 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

O‘zbekistondagi qurilishlar sabab havoning ifloslanishi biz uchun muammo — O‘zgidromet
8 iyun 2022, 09:13

O‘zbekistondagi qurilishlar sabab havoning ifloslanishi biz uchun muammo — O‘zgidromet

O‘zgidromet rahbarining birinchi o‘rinbosarining fikricha, qurilishlar sabab O‘zbekistonda havo ifloslanishi muammolardan biriga aylanib bormoqda. “Qurilishlar baribir bir kun to‘xtaydi. Mutaxassis sifatida aytaman, 5−10 yildan keyin shahar havosi yaxshi bo‘ladi”, — dedi Ibratjon Karimov.

Turkish Airlines Istanbuldan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi
7 iyun 2022, 22:39

Turkish Airlines Istanbuldan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Turkish Airlines aviakompaniyasi Istanbuldan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Shunday qilib, O‘zbekiston va Turkiya shaharlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan muntazam aviaqatnovlar soni 56 taga yetdi.

7 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 iyun 2022, 22:00

7 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonga kelayotganlar uchun bekor qilingan koronacheklovlar, Qatar bilan yo‘lga qo‘yilgan aviaqatnov, hibsga olingan Andijon shahar hokimi, o‘qishni ko‘chirish talablarini aytgan Abduqodir Toshqulov, 3 yilga qamalgan Ped. universitet «zamdekani» va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 7 iyundagi xabarlar dayjestida.

Toshkentda mehmonxona va do‘konlar tomida oshxonalar ochish bo‘yicha «Buxoro tajribasi» joriy etiladi
7 iyun 2022, 20:59

Toshkentda mehmonxona va do‘konlar tomida oshxonalar ochish bo‘yicha «Buxoro tajribasi» joriy etiladi

Buxoroda mehmonxona, oshxona, savdo do‘konlarining tom qismida, shuningdek, markaziy ko‘chalardagi davlat organlari binolarining birinchi qavatlarida restoran va kafeteriylar tashkil etilmoqda. Prezident mazkur tajribani butun respublika, jumladan, Toshkentda ham tatbiq etishni topshirdi.

O‘zbekiston Ukrainaga dori-darmonlardan iborat insonparvarlik yukini jo‘natdi
7 iyun 2022, 19:53

O‘zbekiston Ukrainaga dori-darmonlardan iborat insonparvarlik yukini jo‘natdi

Zakarpatyaga O‘zbekiston tomonidan yuborilgan yana bir insonparvarlik yuki — qiymati 1 mln dollardan ziyod 19 tonnadan ortiq dori-darmon yetib bordi.

M2 protsessori, yangi MacBook va soatlar — Apple onlayn anjumanida nimalarni taqdim etdi?
7 iyun 2022, 19:00

M2 protsessori, yangi MacBook va soatlar — Apple onlayn anjumanida nimalarni taqdim etdi?

Apple yangi dizayndagi MacBook Air va MacBook Pro noutbuklari, yangi operatsion tizimlar, Watch OS 9 soatlari hamda uzoq kutilgan M2 protsessorini taqdim etdi.

Prezident transport vazirini «oxirgi marta ogohlantirdi»
7 iyun 2022, 18:04

Prezident transport vazirini «oxirgi marta ogohlantirdi»

Prezident O‘zbekiston aeroportlariga investorlarni jalb etish, respublika hududlari o‘rtasida havo, temir yo‘l va avtomobil qatnovlarini ko‘paytirish bo‘yicha ishlarni qoniqarsiz deb baholadi. Transport vaziri «oxirgi marta ogohlantirish» oldi.

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib o‘tuvchi yana bir yerosti tunneli topildi
7 iyun 2022, 17:55

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib o‘tuvchi yana bir yerosti tunneli topildi

Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari tomonidan Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib o‘tuvchi 155 metrlik maxfiy tunnel topildi. Bundan oldin ham O‘sh viloyatidan Andijonga o‘tish mumkin bo‘lgan 270 metrlik tunnel aniqlangandi.

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida o‘zaro aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
7 iyun 2022, 16:52

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida o‘zaro aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Prezident O‘zbekiston hamda Qatar davlati hukumatlari o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Hujjat aviaqatnovni tashkil etishdan tashqari, aviakompaniyalarga bojxona yig‘imlari va soliq to‘lovlaridan ozod etuvchi imtiyozlarni nazarda tutadi.

Yangiobod bozoridan $10 ming evaziga savdo do‘koni olib berishga uringan shaxs ushlandi
7 iyun 2022, 16:43

Yangiobod bozoridan $10 ming evaziga savdo do‘koni olib berishga uringan shaxs ushlandi

Toshkent shahridagi Yangiobod bozorining mas’ul xodimlaridan biri tadbirkorga xaridorlar gavjum joydan noqonuniy tarzda savdo do‘koni olib berishga uringani aytilmoqda. U buning evaziga 10 ming dollar talab qilib, shundan 8,5 ming dollarini olganida ushlangan.

O‘zbekistonlik dzyudochilar Yevropa ochiq chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritdi
7 iyun 2022, 16:29

O‘zbekistonlik dzyudochilar Yevropa ochiq chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Avstriyada bo‘lib o‘tgan Yevropa ochiq chempionatida uch nafar o‘zbekistonlik yosh dzyudochilar 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting