O‘zbekistonda o‘zini-o‘zi energiya bilan to‘liq ta’minlaydigan xonadon qurildi
18 noyabr 2022, 12:17

O‘zbekistonda o‘zini-o‘zi energiya bilan to‘liq ta’minlaydigan xonadon qurildi

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida o‘zini-o‘zi qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali energiya resurslari bilan to‘liq ta’minlaydigan xonadon barpo etildi. Unga 15 kVt quvvatga teng quyosh panellari o‘rnatilgan.

Ukrainadagi urush Markaziy Osiyo uchun global oqibatlar keltirib chiqaradi — Borrel
18 noyabr 2022, 12:16

Ukrainadagi urush Markaziy Osiyo uchun global oqibatlar keltirib chiqaradi — Borrel

Rossiyaning Ukrainaga agressiyasi Markaziy Osiyo uchun global oqibatlar keltirib chiqaradi, chunki xalqaro hamkorlik izdan chiqadi. Yevropa diplomatiyasining rahbari Jozep Borrelning fikricha, hamkorlikning mustahkamlanishigina urush sabab yuzaga kelgan inqiroz oqibatlarini yengib o‘tishga yordam beradi.

Ayrim import mahsulotlarini bojxona bojidan ozod etish muddati uzaytirildi
18 noyabr 2022, 12:08

Ayrim import mahsulotlarini bojxona bojidan ozod etish muddati uzaytirildi

Prezident farmoni bilan 2023 yil 1 iyulgacha baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalar (limondan tashqari), margarin va boshqa import tovarlari bojxona bojidan ozod qilinishi belgilandi.

«Qamchiq» dovonida yuk avtomobili yonib ketdi
18 noyabr 2022, 11:42

«Qamchiq» dovonida yuk avtomobili yonib ketdi

Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 Toshkent — O‘sh avtomobil yo‘lida Volvo yuk avtomobilida yong‘in yuzaga keldi. Hodisa oqibatida jarohat olgan fuqarolar yo‘q.

O‘zbekiston bayrog‘ini uylarga osib qo‘yishga ruxsat berilishi mumkin
18 noyabr 2022, 10:56

O‘zbekiston bayrog‘ini uylarga osib qo‘yishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zLiDep partiyasi davlat bayrog‘idan foydalanishga qo‘yiladigan talablarni soddalashtirishni taklif qilmoqda. Undan, xususan, fuqarolarning uyda va ish joyida erkin foydalanishiga ruxsat berilishi mumkin.

Mo‘ynoqda XII-XIV asrlarga tegishli madaniy meros obyekti topildi
18 noyabr 2022, 10:50

Mo‘ynoqda XII-XIV asrlarga tegishli madaniy meros obyekti topildi

Hokim ota Sulaymon Boqirg‘oniy ziyoratgohi hududida XII-XIV asrlarga tegishli madaniy meros obyekti aniqlandi. U Xorazmshohlar va Oltin O‘rda davriga xosligi, ya’ni Sulaymon Boqirg‘oniy yashagan davr va undan keyingi davrlarga to‘g‘ri kelishi taxmin qilinmoqda.

Svetlana Osipova taekvondo bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
18 noyabr 2022, 10:31

Svetlana Osipova taekvondo bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Meksikada taekvondo bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqada o‘zbekistonlik Svetlana Osipova jahon chempioni bo‘ldi. Final bellashuvida u isroillik sportchini mag‘lubiyatga uchratdi.

Samarqandda «Tinchlik daraxti» monumenti ochildi
18 noyabr 2022, 10:02

Samarqandda «Tinchlik daraxti» monumenti ochildi

Samarqandda fransuz haykaltaroshi, YUNESKOning Madaniy diplomatiya bo‘yicha maxsus elchisi Hedva Sirning «Tinchlik daraxti» monumenti ochildi. Marosimda uning o‘zi ham ishtirok etdi. Xuddi shunday yodgorlik yana 20 ga yaqin mamlakatda o‘rnatilgan.

Tijorat banklari dollarning 18-noyabr kungi kursini e’lon qildi
18 noyabr 2022, 09:26

Tijorat banklari dollarning 18-noyabr kungi kursini e’lon qildi

Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 11 208,18 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

O‘zbekiston prezidenti rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi
17 noyabr 2022, 23:53

O‘zbekiston prezidenti rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21−22 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi. Tashrif dasturida Parijda oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, ushbu mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari ishtirokida ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Toshkent hayvonot bog‘iga panteralar keltirildi
17 noyabr 2022, 23:46

Toshkent hayvonot bog‘iga panteralar keltirildi

Toshkent hayvonot bog‘ida ko‘p yillardan beri ilk bor panteralar — to‘rt yoshli Bagira va Tayfun paydo bo‘ldi. Hozirda ular uchun maxsus ekspozitsion volerlar loyihalashtirilmoqda.

«O‘zbekistonda „Tinchlik korpusi“ faoliyatini qayta tiklamoqchimiz» — AQSh elchisi
17 noyabr 2022, 22:39

«O‘zbekistonda „Tinchlik korpusi“ faoliyatini qayta tiklamoqchimiz» — AQSh elchisi

2005 yilda O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatgan Tinchlik korpusi mamlakatga qaytishni rejalashtirmoqda, dedi AQShning Toshkentdagi yangi elchisi Jonatan Xenik. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada O‘zbekiston hukumati bilan prinsipial kelishuv mavjud.

Qirg‘iziston parlamenti O‘zbekiston bilan chegaradagi hujjatlarni ratifikatsiya qildi
17 noyabr 2022, 22:04

Qirg‘iziston parlamenti O‘zbekiston bilan chegaradagi hujjatlarni ratifikatsiya qildi

Qirg‘iziston parlamenti qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma va Kampir-obod (Andijon) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishni ma’qulladi. Uch kun avval hujjatlar O‘zbekiston tomonidan ham ratifikatsiya qilingan edi.

MN17 ishi: Uch nafar ayblanuvchi sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, bir kishi oqlandi
17 noyabr 2022, 21:45

MN17 ishi: Uch nafar ayblanuvchi sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, bir kishi oqlandi

Gaagada MN17 reysi Donbass osmonida halokatga uchragani (8 yil avval 298 kishi halok bo‘lgandi) ishi bo‘yicha hukm chiqarildi. Igor Girkin, Sergey Dubinskiy va Leonid Xarchenko sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud samolyot RF QKning «Buk» raketa tizimidan urib tushirilganini aniqladi.

JCH-2022: Ular uchun xotiralar bilan yashashga hali erta
17 noyabr 2022, 19:50

JCH-2022: Ular uchun xotiralar bilan yashashga hali erta

«Gazeta.uz» JCH-2022 ishtirokchilarini tanishtirishni H guruhi bilan yakunlaydi: bu yerda portugaliyalik Ronaldu «qayta tug‘ilishi» mumkin, urugvaylik Suares esa to‘purar unvoni uchun yo‘l «kemiradi», Janubiy Koreya jismoniy tayyorgarlik bilan yengishga, Gana esa reytingda yuqoriroqqa sakrashga harakat qiladi.

Toshkentda yosh bolalarni tarbiyasi va ta’limi bo‘yicha Butunjahon anjumani bo‘lib o‘tdi
17 noyabr 2022, 19:00

Toshkentda yosh bolalarni tarbiyasi va ta’limi bo‘yicha Butunjahon anjumani bo‘lib o‘tdi

Tadbir doirasida YUNESKOga a’zo davlatlarning xalqaro tashkilotlari vakillari va bolalar ta’limi, parvarish va maktabgacha ta’lim sohasidagi mutaxassislarning chiqishlari bo‘lib o‘tdi.

Abdulla Qodiriy bog‘i «uzog‘i bilan Navro‘zgacha» foydalanishga topshiriladi
17 noyabr 2022, 18:19

Abdulla Qodiriy bog‘i «uzog‘i bilan Navro‘zgacha» foydalanishga topshiriladi

Martda rekonstruksiya uchun 3 oyga yopilgan Toshkentdagi Abdulla Qodiriy bog‘i hanuz ochilmadi. Hozirgacha park ta’miri uchun 5 mlrd so‘m sarflandi, 7 noyabr kuni esa poytaxt deputatlari yana 35 mlrd so‘m ajratdi. «Gazeta.uz» mehmonxonalar qurshovida qolayotgan parkdan reportaj tayyorladi.

O‘zbekistonga dronlarni kimlar olib kirishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi
17 noyabr 2022, 17:55

O‘zbekistonga dronlarni kimlar olib kirishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonga dronlarni olib kirishi uchun Turizm vazirligi, «Chorvoq» erkin turistik zonasi direksiyasi, «Geoinnovatsiya markazi» va YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy komissiyasiga ruxsat berildi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sish 5% atrofida bo‘lishini prognoz qilmoqda
17 noyabr 2022, 17:52

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sish 5% atrofida bo‘lishini prognoz qilmoqda

XVJ 2023 yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 5%dan kamroq bo‘lishini prognoz qilmoqda. Tashkilot joriy holatni tahlil qilib, kelgusidagi barqarorlikni saqlab turishda fiskal siyosat yo‘nalishlari, soliqqa tortish va imtiyoz berish chora-tadbirlari, shuningdek, xususiylashtirish bo‘yicha qator ko‘rsatmalar berdi.

6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
17 noyabr 2022, 17:36

6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishi sababli Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting