MMA bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCHda O‘zbekiston 13 ta medalni qo‘lga kiritdi
23 avgust 2022, 14:54

MMA bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCHda O‘zbekiston 13 ta medalni qo‘lga kiritdi

Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan aralash jang san’atlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

12−20−sentabrda Samarqandga amalga oshiriladigan bir nechta reyslar bekor qilindi
23 avgust 2022, 14:45

12−20−sentabrda Samarqandga amalga oshiriladigan bir nechta reyslar bekor qilindi

Uzbekistan Airways 12−20−sentabr kunlari Toshkent, qolaversa, Rossiya, Qozog‘iston va Turkiyadan Samarqandga amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir nechta reyslarni bekor qildi. Aviakompaniya buni Samarqand xalqaro aeroportidagi texnik sabablar bilan izohladi.

Sirdaryoda portlagan avtobus bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
23 avgust 2022, 13:15

Sirdaryoda portlagan avtobus bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sirdaryoning Oqoltin tumanida gaz balloni portlagan Isuzu avtobusi bo‘yicha «O‘zavtosanoat» va boshqa mas’ul xodimlar tekshiruv o‘tkazdi. Unga ko‘ra, gaz ballonlar avtobus konstruksiyasiga o‘zgartirish kiritilgan holda o‘rnatilganligi aniqlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

ISH.UZ xodimlarni qidirish platformasi o‘z faoliyatini boshladi
23 avgust 2022, 13:00

ISH.UZ xodimlarni qidirish platformasi o‘z faoliyatini boshladi

Ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda, ISH.UZ xodimlarni qidirish va tanlash vaqtini qisqartiradi, shuningdek, kompaniyaning kadrlar bo‘limi samaradorligini oshiradi.

AKT sohasidagi startaplar uchun mukofot jamg‘armasi $1 mln bo‘lgan tanlov o‘tkaziladi
23 avgust 2022, 12:24

AKT sohasidagi startaplar uchun mukofot jamg‘armasi $1 mln bo‘lgan tanlov o‘tkaziladi

Prezident tomonidan 2022−2023 yillarda AKT sohasini rivojlantirishga doir qaror imzolandi. Unga muvofiq, 2023 yildan boshlab sohadagi startaplar rivoji uchun mukofot jamg‘armasi 1 mln dollar bo‘lgan prezident sovrini uchun tanlov o‘tkaziladi.

Toshkentdagi 21-sonli mehribonlik uyi yopildi
23 avgust 2022, 11:57

Toshkentdagi 21-sonli mehribonlik uyi yopildi

O‘zbekistonda bolalar uyi bittaga kamaydi. Turli mojarolar bilan ishlab kelgan Toshkentdagi 21-sonli mehribonlik uyi faoliyati to‘xtatildi. Uning tarbiyalanuvchilari esa 22-sonli muassasaga o‘tkazildi.

Noqonuniy kesilgan daraxt o‘rniga kompensatsiya tarzida daraxt ekish jarimadan ozod qilmasligi belgilandi
23 avgust 2022, 11:41

Noqonuniy kesilgan daraxt o‘rniga kompensatsiya tarzida daraxt ekish jarimadan ozod qilmasligi belgilandi

Hukumat qaroriga muvofiq, daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun daraxt va butalarni kompensatsiya tarzida ekish jarimalardan ozod etmasligi belgilandi. Qolaversa, yil oxirigacha qarovsiz qolgan daraxtlar xatlovdan o‘tkazilib, yaqin hududdagi mulkdorlarga biriktirilishi ko‘zda tutilmoqda.

«Bolani voyaga yetkazish va tarbiyalash bo‘yicha majburiyat aniq belgilanishi kerak» — senator
23 avgust 2022, 11:16

«Bolani voyaga yetkazish va tarbiyalash bo‘yicha majburiyat aniq belgilanishi kerak» — senator

Senator Baxtiyor Sayfullayevning fikricha, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganiga qariyb 15 yil bo‘ldi, unda 10 dan ortiq havolaki norma mavjud. Qolaversa, unda bolani tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlar ham nazarda tutilmagan. Shu bois, qonunni qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda.

Magistraturaga kirish natijalari e’lon qilindi
23 avgust 2022, 11:09

Magistraturaga kirish natijalari e’lon qilindi

Magistraturaga kirish uchun topshirilgan 10 mingdan ziyod arizalar ko‘rib chiqilib, 5219 tasi qabul qilindi, deb xabar berdi Oliy ta’lim vazirligi. Ular orasida xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 tani tashkil etadi.

Video: Invento UIS`ning o‘quvchilari maktabdan reportaj tayyorlashdi
23 avgust 2022, 11:00

Video: Invento UIS`ning o‘quvchilari maktabdan reportaj tayyorlashdi

Yosh muxbirlar Invento The Uzbek International School haqida videolavha tayyorlashdi va vaqtlarini qayerda o‘tkazishlar haqida so‘zlab berishdi.

Prezident tadbirkorlar bilan ikkinchi uchrashuvida qanday takliflarni bildirdi?
23 avgust 2022, 10:39

Prezident tadbirkorlar bilan ikkinchi uchrashuvida qanday takliflarni bildirdi?

Hokimlar mulk huquqiga oid qarorlarni bekor qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilk bor xato qilgan kichik biznes vakillari jazolanmaydi, SSP tubdan o‘zgaradi, QQS 12 foizga tushiriladi — «Gazeta.uz» Shavkat Mirziyoyev ishbilarmonlar bilan uchrashuvda e’lon qilgan eng muhim o‘zgarishlarni taqdim etadi.

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda qo‘lga olindi
23 avgust 2022, 09:55

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgda qo‘lga olindi

Interpol qidiruvidagi shaxs Sankt-Peterburgda qo‘lga olindi. Gumonlanuvchi ikki barobar ko‘proq daromad olishni va’da qilib, fuqarolarning plastik kartalaridan o‘z hisobiga pul mablag‘lari o‘tkazgan. Shundan so‘ng, va’dasini bajarmasdan qochib ketgan. Hozirda uning O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi kutilmoqda.

O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan 24 afg‘onistonlik qo‘lga olindi
22 avgust 2022, 23:06

O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan 24 afg‘onistonlik qo‘lga olindi

DXX Chegara qo‘shinlari Surxondaryo viloyatida Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan 24 nafar Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ularning Amudaryo o‘rtasidagi Payg‘ambar oroliga qizilmiya ildizini qazib olishga o‘tgani aniqlandi.

Toshkentning Chilonzor tumaniga yangi hokim tayinlandi
22 avgust 2022, 21:19

Toshkentning Chilonzor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Iqtisodiy taraqqiyot vazirining birinchi o‘rinbosari va Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan Saidqahhor Xolxo‘jayev poytaxtning Chilonzor tumani hokimi bo‘ldi. Shuningdek, yangi prokuror va tuman IIB boshlig‘i ham tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentiga hamdardlik bildirdi
22 avgust 2022, 17:50

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentiga hamdardlik bildirdi

Yakshanba kuni RFning Ulyanovsk viloyati hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 14 nafar Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘ldi, 3 nafari jarohat oldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarovga hamdardlik bildirdi.

Harbiylar uchun davlat majburiy sug‘urtasidagi monopoliya tugatildi
22 avgust 2022, 16:57

Harbiylar uchun davlat majburiy sug‘urtasidagi monopoliya tugatildi

Hukumat qarori bilan «O‘zbekinvest» davlat monopoliyasining harbiy xizmatchilarni majburiy shaxsiy sug‘urta qilish huquqi bekor qilindi. Kompaniya ushbu eksklyuziv huquqdan 2003 yildan boshlab foydalanib kelgan.

Prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuziladi
22 avgust 2022, 16:37

Prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuziladi

Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan muloqotidagi takliflarni hayotga tatbiq etish maqsadida prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuziladi. Bundan tashqari, Savdo-sanoat palatasi hukumat bo‘ysunuvidan to‘liq chiqariladi.

«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etiladi
22 avgust 2022, 16:26

«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etiladi

Prezident «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etiladi. Ushbu mukofot bilan ko‘plab ish o‘rinlarini yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillari taqdirlanadi.

Tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi
22 avgust 2022, 16:04

Tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi

Tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi. Ularning mulk huquqi faqat sud tomonidan bekor qilinishi mumkin. Qolaversa, savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘liq bekor qilinadi, jarimalar esa to‘lanayotgan soliqdan oshirilmaydi.

Davlat Uzcard`dagi 75% ulushini sotadi
22 avgust 2022, 15:59

Davlat Uzcard`dagi 75% ulushini sotadi

Davaktiv Uzcard`dagi davlat ulushlarining 75 foizi sotilishi to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi. Jamiyat ishtirokchilari mazkur ulushni sotib olishda imtiyozli huquqdan foydalanishlari mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting