Siyosat

Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosarlar saylandi
18 noyabr 2024, 12:10

Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosarlar saylandi

Deputatlar Mavluda Xo‘jayeva va Rahimjon Hakimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari etib saylandi.

Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib qayta saylandi
18 noyabr 2024, 11:27

Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib qayta saylandi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri lavozimiga yashirin ovoz berish yo‘li bilan XDP deputati Nuriddin Ismoilov qayta saylandi.

Hududlardan saylangan senatorlar tarkibi tasdiqlandi
17 noyabr 2024, 16:42

Hududlardan saylangan senatorlar tarkibi tasdiqlandi

Markaziy saylov komissiyasi hududlardan saylangan Senat a’zolari ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, senatorlarning bir nafari 30 yosh, qolganlari 40 yoshdan oshgan. Senatning birinchi majlisi 19-noyabr kuni chaqiriladi.

Bo‘zatov tumaniga yangi hokim tayinlandi
16 noyabr 2024, 14:53

Bo‘zatov tumaniga yangi hokim tayinlandi

Batirbek Ubbiniyazov Bo‘zatov tumaniga hokim etib tayinlandi. U bungacha Mo‘ynoq tumani hokimining ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Shavkat Mirziyoyev Senatning to‘qqiz nafar a’zosini tayinladi
16 noyabr 2024, 14:07

Shavkat Mirziyoyev Senatning to‘qqiz nafar a’zosini tayinladi

O‘zbekiston prezidenti Oliy Majlis Senatining 9 nafar a’zosini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Konstitutsiyaning 92-moddasiga ko‘ra, ushbu 9 nafar senator davlat va jamiyat faoliyatida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan tayinlanadi.

“Elektr energiyasini cheklovlarsiz yetkazib berish bo‘yicha topshiriq berildi” — energetika vaziri
16 noyabr 2024, 11:57

“Elektr energiyasini cheklovlarsiz yetkazib berish bo‘yicha topshiriq berildi” — energetika vaziri

Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov prezident huzuridagi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha noyabr oyida sovuq tufayli aholi uchun ham, iqtisodiyot tarmoqlari uchun ham energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash uchun zaxiralar, jumladan, gaz omboridan gaz jalb qilinganini ma’lum qildi.

Prezident kuz-qish mavsumida aholini energiya bilan barqaror ta’minlashni buyurdi
15 noyabr 2024, 20:35

Prezident kuz-qish mavsumida aholini energiya bilan barqaror ta’minlashni buyurdi

Kuz-qish mavsumida iste’molchilarga 21 mlrd kub metr gaz yetkazib berish rejalashtirilgan, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Havo keskin sovigandagi rejalar va ijtimoiy muassasalarni energiya bilan uzluksiz ta’minlash choralari ishlab chiqilgan. Hududlarda gazni tejash imkoniyatlari amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim ishtirokchisiga aylandi
15 noyabr 2024, 14:53

O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim ishtirokchisiga aylandi

O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy qog‘ozsiz savdoni soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi. Hujjat elektron savdo hujjatlarini o‘zaro tan olishga ko‘maklashadi. Bu hamkor davlatlar bilan eksport-import operatsiyalarini tezlashtirish imkonini beradi, deb kutilmoqda.

Yangiyo‘l shahriga yangi hokim tayinlandi
15 noyabr 2024, 14:07

Yangiyo‘l shahriga yangi hokim tayinlandi

Shu vaqtgacha Yangiyo‘l shahri hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan Dilshod Sultonov lavozimidan ozod etildi. Shahar hokimi lavozimiga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan Ravshan Raimov tayinlandi.

O‘zbekistonda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skrining usullari takomillashtiriladi
15 noyabr 2024, 12:11

O‘zbekistonda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratoni skrining usullari takomillashtiriladi

O‘zbekistonda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash uchun PSR va sitologik tekshiruvdan foydalangan holda skriningdan o‘tkazishni kengaytirish reja qilinmoqda. SSV rahbari Asilbek Xudayarovga ko‘ra, saratonni erta aniqlashning har bir holati uchun bonuslar berish tajribasi muvaffaqiyatli o‘tgan.

Eksport subsidiyalarini bekor qilish bo‘yicha ishlar davom etmoqda — prezident
13 noyabr 2024, 18:53

Eksport subsidiyalarini bekor qilish bo‘yicha ishlar davom etmoqda — prezident

Shavkat Mirziyoyev COP29 konferensiyasi doirasida JST bosh direktori bilan uchrashdi. Ular O‘zbekistonning tashkilotga qo‘shilishidagi dolzarb jihatlar, xususan, a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar, qonunchilikni moslashtirish, shuningdek, eksport subsidiyalarini bekor qilish masalalarini muhokama qildi.

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun qaysi davlat tashkilotlari va kompaniyalarga tatbiq etiladi? Ro‘yxat
13 noyabr 2024, 15:45

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun qaysi davlat tashkilotlari va kompaniyalarga tatbiq etiladi? Ro‘yxat

O‘zbekistonda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi. Unga deyarli barcha davlat organlari, yirik davlat korxonalari, hokimiyatlar, vazirliklar kiritildi. Yil boshidan beri 1488 nafar xodim kompaniya ta’sischisi ekani aniqlandi.

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston rahbarlari “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish to‘g‘risida bitim imzoladi
13 noyabr 2024, 13:55

O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston rahbarlari “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish to‘g‘risida bitim imzoladi

COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon rahbarlari “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi
12 noyabr 2024, 19:16

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Boku shahridagi COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston va Finlyandiya prezidentlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, jumladan, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, ta’lim va ekologiya sohalaridagi almashinuvlarni mustahkamlash masalalariga to‘xtaldi.

Iqlim o‘zgarishlari geosiyosiy ziddiyatlar kuchayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda — Shavkat Mirziyoyev
12 noyabr 2024, 18:16

Iqlim o‘zgarishlari geosiyosiy ziddiyatlar kuchayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev COP 29`dagi nutqida iqlim o‘zgarishlari asosiy global tahdidga aylanib borayotgani, geosiyosiy ziddiyatlar kuchayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Prezident global iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini birgalikda bartaraf etishda qator takliflarni bildirdi.

O‘zbekiston Falastindagi urushda jabrlangan bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyor — prezident
11 noyabr 2024, 20:06

O‘zbekiston Falastindagi urushda jabrlangan bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyor — prezident

Shavkat Mirziyoyev arab-islom sammitida Falastin mojarosida harbiy harakatlarni to‘xtatish va xavfsiz gumanitar yo‘laklarni ta’minlash BMTning doimiy e’tiborida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi va mamlakat urushdan jabr ko‘rgan falastinlik bolalar va ayollarni davolash uchun qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

Yangi chaqiriq kengash deputatlari O‘zbekiston viloyatlari va tumanlarida hokimlarni qayta tasdiqladi
11 noyabr 2024, 17:34

Yangi chaqiriq kengash deputatlari O‘zbekiston viloyatlari va tumanlarida hokimlarni qayta tasdiqladi

Kengashlarning yangi saylangan deputatlari saylovdan so‘ng O‘zbekistonning viloyat, tuman va shaharlarida amaldagi hokimlarni qayta tasdiqladi. Viloyat hokimlari kengash rahbari lavozimini tark etdi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonga boradi
10 noyabr 2024, 18:12

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonga boradi

Prezident 11-noyabr kuni Saudiya Arabistonida G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga yechim topishga bag‘ishlangan Arab-islom sammitida ishtirok etadi. 12−13-noyabr kunlari esa BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida qatnashadi.

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi
8 noyabr 2024, 11:18

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori buyrug‘i bilan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi
8 noyabr 2024, 01:29

Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi

Prezident nasos stansiyalaridagi ma’lumotlarni jamlab, tahlil qiluvchi axborot tizimi yo‘qligini tanqid qildi. Shu sababli endi Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi va u xuddi shunday tizim ishga tushiradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting