Siyosat

Murat Kamalov Senat raisi o‘rinbosari etib saylandi
21 oktabr 2020, 11:19

Murat Kamalov Senat raisi o‘rinbosari etib saylandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov prezident taqdimnomasiga ko‘ra Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosarligiga saylandi.

Boriy Alixonov va Narimon Umarov Senat a’zolari etib tayinlandi
21 oktabr 2020, 11:12

Boriy Alixonov va Narimon Umarov Senat a’zolari etib tayinlandi

Boriy Alixonov va Narimon Umarovning deputatlik vakolatlari tugatilib, prezident farmoniga asosan Senat a’zolari ro‘yxatiga kiritildi.

Mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslardan o‘zbek tilini bilish sertifikati talab etiladi
20 oktabr 2020, 22:49

Mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslardan o‘zbek tilini bilish sertifikati talab etiladi

Maktablarda ona tili soatlari ko‘paytiriladi hamda mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslardan o‘zbek tilini bilish sertifikati talab etiladi

Shavkat Mirziyoyev general Kennet Makkenzini qabul qildi
20 oktabr 2020, 19:20

Shavkat Mirziyoyev general Kennet Makkenzini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Kennet Makkenzini qabul qildi

Senatning sakkizinchi yalpi majlisi 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi
20 oktabr 2020, 18:46

Senatning sakkizinchi yalpi majlisi 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi

Senat 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan sakkizinchi yalpi majlisda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunlarni, Ma’muriy kodeksga va ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida va boshqa qonun hujjatlarini ko‘rib chiqadi

Jinoyat protsessiga jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv instituti joriy etilishi kutilmoqda
20 oktabr 2020, 18:22

Jinoyat protsessiga jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv instituti joriy etilishi kutilmoqda

Jinoyat-protsessual kodeksiga Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv instituti tashkil etilishi munosobati bilan yangi bob kiritilishi kutilmoqda. Dastlabki eshituv sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda, taraflar ishtirokida o‘tkaziladi.

Prezident mahalliy kengashlardan korrupsiya va tenderlarga bee’tibor bo‘lmaslikni so‘radi
20 oktabr 2020, 17:38

Prezident mahalliy kengashlardan korrupsiya va tenderlarga bee’tibor bo‘lmaslikni so‘radi

Shavkat Mirziyoyev mahalliy kengashlardan byudjet pullarining sarflanishi, korrupsiya, tenderlarning o‘tkazilishiga bee’tibor bo‘lmaslikni so‘radi. Prezident byudjetni shakllantirish uchun mahalliy kengash vakolatlarini «xalq pullarini boshqarish nuqtai nazaridan» kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Prezident 2021 yilgi davlat byudjeti parametrlarini muhokama qildi
19 oktabr 2020, 22:17

Prezident 2021 yilgi davlat byudjeti parametrlarini muhokama qildi

2021 yilda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda 600 ming ish o‘rnini legallashtirish, aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplash, qatnovlarni qayta tiklash hisobiga byudjetni to‘ldirish taklif qilinmoqda. Sog‘liqni saqlash sohasiga qariyb 20 trillion so‘m, shundan koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun 3 trillion so‘m hamda dori-darmon xaridiga 1,8 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev va Suma Chakrabarti uzoq muddatli islohotlarni ko‘rib chiqdilar
19 oktabr 2020, 18:52

Shavkat Mirziyoyev va Suma Chakrabarti uzoq muddatli islohotlarni ko‘rib chiqdilar

Prezident Shavkat Mirziyoyev maslahatchi Suma Chakrabarti ishtirokida uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan islohotlar dasturi yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi.

Prezident yetti mamlakat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
16 oktabr 2020, 16:18

Prezident yetti mamlakat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev BAA, Eron, Ukraina, Italiya, Isroil, Pokiston va Hindistonning O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

IIV YHXBB avgust-oktyabr oylarida 28 mlrd so‘mlik transport xarid qilgan
16 oktabr 2020, 12:23

IIV YHXBB avgust-oktyabr oylarida 28 mlrd so‘mlik transport xarid qilgan

Ichki ishlar vazirligi YHXBB uch oy ichida 28,3 mlrd so‘mga 30 ta Equinox, 40 ta Cobalt, 17 ta Malibu-2 va boshqa transport vositalarini sotib olgani ma’lum bo‘ldi.

Hokimlarning yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlari geoaxborot tizimiga kiritilmagunicha haqiqiy hisoblanmaydi
15 oktabr 2020, 20:22

Hokimlarning yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlari geoaxborot tizimiga kiritilmagunicha haqiqiy hisoblanmaydi

Prezident hududlar rahbarlariga barcha qishloq xo‘jaligi tumanlari bo‘yicha yer kadastr hujjatlarini tayyorlab, Milliy geoaxborot tizimiga kiritish yuzasidan ko‘rsatma berdi. Endi hokimlarning yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlari mazkur geoaxborot tizimiga kiritilmagunicha haqiqiy hisoblanmaydi.

Toshkent uchun 1 trln so‘mga 300 ta elektrobus sotib olish rejalashtirilmoqda
15 oktabr 2020, 11:47

Toshkent uchun 1 trln so‘mga 300 ta elektrobus sotib olish rejalashtirilmoqda

Transport vazirligi Toshkent shahri uchun 300 dona elektrobus sotib olishni taklif qildi. 3 yil davomida xarid qilinadigan transportlarning umumiy qiymati 1 trln so‘m atrofida bo‘ladi.

Xitoy raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
14 oktabr 2020, 20:49

Xitoy raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

O‘zbekistonda XXR raisi Si Szinpinning bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Yil oxiriga qadar Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreya prezidenti bilan onlayn sammit o‘tkazilishi ham rejalashtirilmoqda.

«Toshkentning kelajagi — Sirdaryo» — G‘ofurjon Mirzayev
14 oktabr 2020, 18:04

«Toshkentning kelajagi — Sirdaryo» — G‘ofurjon Mirzayev

Toshkent kengaygani sari zavod va fabrikalarni chekka hududlarga ko‘chirish zarurati paydo bo‘ladi. Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayevning fikricha, Sirdaryo ushbu korxonalarni qabul qilish uchun eng qulay joy. Shuningdek, u Sirdaryoni «ikkinchi Amerika» deb atash bilan nimani nazarda tutganini aytib o‘tdi.

Respublika umumta’lim maktablarida bosqichma-bosqich inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilinadi
14 oktabr 2020, 16:28

Respublika umumta’lim maktablarida bosqichma-bosqich inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilinadi

Davlat rahbarining 2020−2025 yillarda respublikada inklyuziv ta’limni rivojlantirish, boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochish va maktab-internatlarni optimallashtirishga oid qarori qabul qilindi.

Hindistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
14 oktabr 2020, 13:56

Hindistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindistonning yangi elchisi Manish Prabxatni qabul qildi.

Prezident qarori: yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi
14 oktabr 2020, 13:29 4

Prezident qarori: yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi

Nodavlat ta’lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 million so‘mgacha mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi.

O‘zbekistonda islom moliyasi asosidagi «sukuk» qimmatli qog‘ozlarini joriy etish rejalashtirilmoqda
14 oktabr 2020, 13:19

O‘zbekistonda islom moliyasi asosidagi «sukuk» qimmatli qog‘ozlarini joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda islom moliyalashtirish tamoyillari asosida «sukuk» qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, benefitsiar mulk huquqini belgilash va sotish sohasida ingliz huquqi me’yorlarini qo‘llash rejalashtirilmoqda.

Shuhrat G‘aniyev Senat a’zoligidan chiqarildi
14 oktabr 2020, 12:54

Shuhrat G‘aniyev Senat a’zoligidan chiqarildi

Markaziy saylov komissiyasi qaroriga binoan Shuhrat G‘aniyev senatorlar ro‘yxatidan chiqarildi. Bunga uning oldinroq bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangani sabab bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting