Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida suiqasd uyushtirilganini chuqur xavotir bilan qabul qildi va keskin qoraladi. Prezident unga tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Prezident jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yarmini tuman budjetida qoldirish masalasini ko‘rib chiqishni buyurdi. Bu orqali tumanda manfaat ko‘payishi, tadbirkorlar soyadan chiqishi kutilmoqda. Hozirda ko‘plab viloyat hokimliklari JSHODSning katta qismini o‘zlarida saqlab qoladi.
Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya masalasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi zimmasiga yuklanadi, dedi prezident. Hozir kambag‘allik masalalari bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi shug‘ullanadi, oldin bunga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi javob bergan.
Qonunchilik palatasining ikki vitse-spikeri o‘lim jazosini qaytarish bo‘yicha turli fikrlarni bildirdi. Alisher Qodirov Toshkentda bolaning o‘ldirilishiga oid xabardan so‘ng bunday qotillar “yashamasligi kerak”, dedi. Odiljon Tojiyev esa o‘lim jazosi jinoyatni kamaytirmasligini ta’kidladi.
Qo‘qonda prezidentga Farg‘ona turizm halqasini yaratish konsepsiyasi taqdim etildi. Halqani yaratishdan maqsad — sayyohlarning viloyatda qolish muddatini 3 kundan 7 kungacha uzaytirish.
2019-yildan buyon poytaxtning Uchtepa tumani hokimligini boshqarib kelgan Farxod Abdullayev “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” boshqaruv raisi bo‘ldi. Tumanni birinchi o‘rinbosar Jamshid Alimjonov vaqtincha boshqarib turadi.
Prezident payshanba kuni Farg‘ona viloyatiga borib, yirik loyihalarga start beradi. Viloyatni rivojlantirishga oid yig‘ilish o‘tkaziladi.
Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasi o‘tkazgan tekshiruvda 10 ta tuman hokimligi va 9 ta tashkilotning 124 ta hujjatida qonun talablari buzilgani aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan hokimliklarga tegishli taqdimnoma va ko‘rsatmalar yuborilib, imzolangan qarorlar bekor qilindi.
Jamol Nosirov Buxoro viloyati ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Buxoro shahriga 3 yil hokimlik qilgan Nosirov may oyida sog‘lig‘i yomonlashgani uchun ishdan ketgandi.
O‘zbekiston prezidenti Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Jilber Ungbo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan yangi mamlakat dasturini ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.
Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligini nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Senatning 54-yalpi majlisi 10-iyul kuni chaqiriladi. Senatorlar Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish, Turkmaniston va Turkiya bilan tuzilgan bitimlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni ko‘rib chiqadi. Shuningdek, ekologiya sohasiga oid parlament so‘rovi natijalari tinglanadi.
Shavkat Mirziyoyev va Xitoy parlamenti rahbari Chjao Letszi Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda XXR O‘zbekistonning islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashi, mamlakatlarning ta’lim sohasidagi hamkorligi kabi masalalarni muhokama qildi.
Shohruxmirzo Mamajonov Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u SSV Fan-ta’lim va innovatsiyalar boshqarmasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
O‘zbekiston rahbari Ozarbayjonda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi. Unda Shavkat Mirziyoyev savdo va transport yo‘llarini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi hamda muqobil energetika bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. Falastin va Afg‘oniston muammolariga yana bir bor e’tibor qaratdi.
O‘zbekiston prezidenti Erondagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Mas’ud Pezeshkiyonni tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.
Prezident siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Prezident deputat va senatorlar uchun yangi majburiyat va jazo choralarini joriy etish to‘g‘risidagi o‘zgartishlarni imzoladi. Ular yig‘ilishlarda yiliga 29 kundan ko‘p qatnashmasa, boshqa davlat fuqaroligini olsa, vakolatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Etika qoidalarini buzishsa, maoshlaridan ham ushlab qolinishi mumkin.
“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunga O‘zbekistonda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari va bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyatini taqiqlovchi qo‘shimcha kiritildi.
Adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting