Siyosat

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi
5 iyul 2024, 08:07

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shushada bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun 5−6-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi.

O‘zbekiston ShHT makonida savdo-iqtisodiy hamkorlikni “qayta ishga tushirish”ni taklif qildi
4 iyul 2024, 20:10

O‘zbekiston ShHT makonida savdo-iqtisodiy hamkorlikni “qayta ishga tushirish"ni taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti “ShHT plyus” formatidagi yig‘ilishda nutq so‘zladi. U ShHT makonida savdo-iqtisodiy hamkorlikni qayta ishga tushirish va iqlim sohasidagi hamkorlikni tashkilot yangi kun tartibining eng muhim qismiga aylantirishni taklif qildi.

“Kobul bilan muloqotni saqlash butun mintaqa manfaatlariga mos. Tobora ko‘proq davlatlar buni tushunib yetmoqda” — O‘zbekiston prezidenti
4 iyul 2024, 15:00

“Kobul bilan muloqotni saqlash butun mintaqa manfaatlariga mos. Tobora ko‘proq davlatlar buni tushunib yetmoqda” — O‘zbekiston prezidenti

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitidagi nutqida “Yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik” kodeksi, ijtimoiy rivojlanish va himoya sohasida hamkorlikning “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish, savdoni soddalashtirish bitimini ishlab chiqishni taklif qildi. “SHHT-Afg‘oniston” muloqotini tiklash muhimligi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi
4 iyul 2024, 11:52

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Hindistonda diniy yig‘indagi tiqilinch oqibatida 120 dan ortiq odam halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 95 tonna insonparvarlik yordamini yubordi
4 iyul 2024, 10:35

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 95 tonna insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston Qirg‘izistonning seldan zarar ko‘rgan O‘sh viloyati uchun 95 tonnali insonparvarlik yordamini yubordi. Uning tarkibida un, o‘simlik moyi, shakar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar bor. Sel oqibatida hududda bir necha kishi vafot etgandi.

Maktabgacha ta’lim agentligi tugatildi
4 iyul 2024, 09:42

Maktabgacha ta’lim agentligi tugatildi

Prezident farmoni bilan, Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatildi. Uning tuzilmasidagi tashkilotlar va qo‘shimcha funksiyalar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘tkazildi.

O‘zbekiston va Pokiston Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilishi kutilmoqda
3 iyul 2024, 20:30

O‘zbekiston va Pokiston Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashdi. Tomonlar qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika, kimyo kabi tarmoqlarda loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi 2025−2026-yillarga mo‘ljallangan Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish masalalarini muhokama qildi.

Ostonada Mirziyoyev va Szinpin strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi
3 iyul 2024, 19:11

Ostonada Mirziyoyev va Szinpin strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi

Ostona shahrida O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ikkinchi Hududlararo forumni o‘tkazish, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘lini tez fursatda qurish masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi
2 iyul 2024, 14:15

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi

Shavkat Mirziyoyev 3−4-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi va SHHT davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Tashrif doirasida xorijiy delegatsiya rahbarlari bilan uchrashuv ham o‘tkaziladi.

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri kengashining deputati etib saylandi
2 iyul 2024, 11:34

Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri kengashining deputati etib saylandi

Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining deputati etib saylandi.

Prezident bilan uchrashuv, oliy darajali “Do‘stlik” ordeni, mahallaga tashrif — BMT bosh kotibining safari qanday o‘tdi?
1 iyul 2024, 18:32

Prezident bilan uchrashuv, oliy darajali “Do‘stlik” ordeni, mahallaga tashrif — BMT bosh kotibining safari qanday o‘tdi?

O‘zbekistonga kelgan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga prezident oliy darajali “Do‘stlik” ordenini topshirdi. Bosh kotib, shuningdek, Senat raisi bilan uchrashdi, Hazrati Imom majmuasi va poytaxt mahallalaridan biriga bordi, Toshkent viloyatida “yashil” energetika sohasi bilan tanishdi. Foto.

Prezident — yoshlarga: Har bir daqiqani g‘animat bilib, ijodkorlik va Vatanga mehr bilan yashang
30 iyun 2024, 18:19

Prezident — yoshlarga: Har bir daqiqani g‘animat bilib, ijodkorlik va Vatanga mehr bilan yashang

Farzandlari bilimli, iste’dodli, o‘zining kuchi va salohiyatiga ishonib, oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning istiqboli, albatta, yorug‘ bo‘ladi, dedi prezident yoshlarga yo‘llagan tabrigida. Davlat rahbari yoshlarni shunday tarbiyalash uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilishga va’da berdi.

BMT bosh kotibi O‘zbekistonga tashrifini boshladi
30 iyun 2024, 13:25

BMT bosh kotibi O‘zbekistonga tashrifini boshladi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Uni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi, qator sanoat va ijtimoiy soha obyektlarini ham borib ko‘rish rejalashtirilgan.

Germaniya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda
30 iyun 2024, 10:34

Germaniya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tilo Klinner mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U mazkur lavozimda 2021-yildan buyon ishlab kelayotgandi.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
29 iyun 2024, 12:07

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi. Ular telefon muloqotida Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqdi.

BMT bosh kotibi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga tashrif buyuradi
29 iyun 2024, 09:26

BMT bosh kotibi O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga tashrif buyuradi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish shanba kuni O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonga tashrifini boshlaydi. 4-iyul kuni u Ostonadagi SHHT sammitida nutq so‘zlaydi. BMT rahbari bundan avval 2017-yilda mintaqaga tashrif buyurgan.

O‘zbekiston elchisi Kanada general-gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi
28 iyun 2024, 16:18

O‘zbekiston elchisi Kanada general-gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning AQSh va Braziliyadagi elchisi Furqat Sidiqov Kanada general-gubernatori Meri Simonga ishonch yorliqlarini topshirdi. Suhbat chog‘ida tomonlar o‘zaro iqtisodiy tashriflar va savdo missiyalari almashinuvini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga boradi
27 iyun 2024, 11:04

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga boradi

Payshanba kuni prezident Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, yirik sanoat obyektlari bilan tanishadi, yangi loyihalarga start beradi. Shuningdek, Zomin tumanida Xalqaro maqom san’ati festivalini ochib beradi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya mudofaa vaziri bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qildi
26 iyun 2024, 19:59

Shavkat Mirziyoyev Turkiya mudofaa vaziri bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti va Turkiya milliy mudofaa vaziri harbiy-texnika, xavfsizlik, terrorizm, radikalizmga qarshi kurashish sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, mutaxassislar tayyorlash, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Rossiya IIVlari kiberxavfsizlik bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatadi
26 iyun 2024, 15:45

O‘zbekiston va Rossiya IIVlari kiberxavfsizlik bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatadi

Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya ichki ishlar vazirlari migratsiya oqimini tartibga solish, kiberjinoyatchilik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi. Vladimir Kolokolsevga O‘zbekiston IIVning Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazi ham ko‘rsatildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting