Siyosat

Koreya Respublikasi prezidenti 13−15-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi
11 iyun 2024, 19:33

Koreya Respublikasi prezidenti 13−15-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol 13−15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif doirasida bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston-Koreya strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, qo‘shma biznes forumi o‘tkazish rejalashtirilgan.

Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
11 iyun 2024, 18:21

Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sardor Shukurullayev Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev AQSh savdo vakili bilan hamkorlikni chuqurlashtirishni muhokama qildi
11 iyun 2024, 18:01

Shavkat Mirziyoyev AQSh savdo vakili bilan hamkorlikni chuqurlashtirishni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti AQSh savdo vakili Ketrin Tay bilan uchrashib, mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi, GSP tizimini qayta tiklash, C5+1 formati hamda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.

“Odamlar rasmiylarni ochiqchasiga tanqid qila olishi kerak” — HRW
11 iyun 2024, 15:57

“Odamlar rasmiylarni ochiqchasiga tanqid qila olishi kerak” — HRW

Human Rights Watch tashkiloti O‘zbekistonni prezidentni onlayn haqoratlash jinoyatini bekor qilishga chaqirdi. Tashkilotga ko‘ra, “odamlar ochiq, repressiyadan qo‘rqmay tanqid qila olishi kerak”. Huquq faollari prezidentni tuhmat va haqorat qilganlik uchun alohida javobgarlik belgilash shart emasligini aytmoqda.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Qambarota GES qurilishi va ekspluatatsiyasiga tayyorgarlik bo‘yicha bitim imzoladi
11 iyun 2024, 12:48

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Qambarota GES qurilishi va ekspluatatsiyasiga tayyorgarlik bo‘yicha bitim imzoladi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Energetika vazirliklari Qambarota GES-1 qurilishi va ekspluatatsiyasi loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik bo‘yicha uch tomonlama bitim imzoladi. Uni qurish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi donorlik qo‘mitasi tuzildi, uning tarkibiga Jahon banki, OTB, YeTTB va boshqalar kiradi.

Toshkent shahri Transport bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi
10 iyun 2024, 18:04

Toshkent shahri Transport bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Fazliddin Baxromov Toshkent shahri Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

AQSh savdo vakili O‘zbekistonga keladi
10 iyun 2024, 11:01

AQSh savdo vakili O‘zbekistonga keladi

AQSh savdo vakili Ketrin Tay 11−12-iyun kunlari Toshkent va Samarqandga tashrif buyuradi. U O‘zbekiston prezidenti va boshqa rasmiylar bilan uchrashadi. Shundan so‘ng Ostonada bo‘lib o‘tadigan AQSh va mintaqa davlatlari o‘rtasidagi Savdo va investitsiyaviy hadli bitim yig‘ilishida ishtirok etadi.

O‘zbekiston va Xitoy tashabbusi bilan 10-iyun Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilindi
10 iyun 2024, 10:04

O‘zbekiston va Xitoy tashabbusi bilan 10-iyun Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilindi

BMT Bosh assambleyasi 10-iyunni Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida Xitoy va O‘zbekiston ishlab chiqqan rezolyutsiyani ma’qulladi. Maqsadlar sivilizatsiyalar xilma-xilligi qadriyatini anglash, muloqot, o‘zaro hurmat va global birdamlikni rivojlantirishdan iborat.

O‘zbekiston ilk marta Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy kengashiga saylandi
8 iyun 2024, 23:35

O‘zbekiston ilk marta Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy kengashiga saylandi

O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy kengashi a’zosi o‘rinbosari bo‘ldi. Tanzila Narbayeva buni o‘zgarishlar natijasi deb atadi va qaror davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning munosib mehnat tamoyillarini targ‘ib qilish borasidagi harakatlarini kuchaytirishni talab qilishini aytdi.

O‘zbekiston ilk marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga saylandi
8 iyun 2024, 18:08

O‘zbekiston ilk marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga saylandi

O‘zbekiston ilk marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (ECOSOC) a’zoligiga saylandi. 54 ta a’zodan iborat kengash BMTning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtirishga mas’ul hisoblanadi.

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
7 iyun 2024, 22:40

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Koreya Respublikasi prezidentining O‘zbekistonga tashrifi arafasida Von Do Yon ushbu mamlakatning Toshkentdagi yangi elchisi etib tayinlandi.

Putin O‘zbekiston misolida Rossiyaning imperialistik ambitsiyalari yo‘qligini ta’kidladi
7 iyun 2024, 21:39

Putin O‘zbekiston misolida Rossiyaning imperialistik ambitsiyalari yo‘qligini ta’kidladi

Vladimir Putin Rossiyada imperialistik ambitsiyalar yo‘qligini aytib, bu pozitsiyani O‘zbekiston misolida tushuntirdi. “Agar kimdir bizni qandaydir imperialistik ambitsiyalarda gumon qilsa, tasavvur qiling: Sovet Ittifoqini tiklasak, bizda asosan islomiy aholi bo‘ladi”, — dedi u.

Investitsiyalar vaziriga 2 nafar o‘rinbosar v.b. tayinlandi
7 iyun 2024, 16:39

Investitsiyalar vaziriga 2 nafar o‘rinbosar v.b. tayinlandi

Bosh vazir investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga o‘rinbosar vazifasini bajaruvchilar sifatida Shoxrux Gulamov hamda Akram Aliyevni tayinladi.

Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligiga rahbar bo‘ldi
7 iyun 2024, 14:45

Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligiga rahbar bo‘ldi

Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligi rahbari etib tayinlandi. U bunga qadar agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Tashkilotning avvalgi rahbari Firdavs Abduxoliqov Islom sivilizatsiyasi markazi direktori bo‘lgan.

“G‘arb davlatlarining Falastin muammosiga munosabati qattiq xavotirga solmoqda” — Shavkat Mirziyoyev
7 iyun 2024, 10:27

“G‘arb davlatlarining Falastin muammosiga munosabati qattiq xavotirga solmoqda” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev G‘arb davlatlarining Falastin fojiasiga munosabati qattiq xavotirga solayotganini ta’kidladi. “Amalda ikkiyoqlama standartlar kuzatilmoqda. Demokratiya va inson huquqlarini keng targ‘ib qilgan davlatlar bu qotilliklarga ko‘z yummoqda”, — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirlandi
7 iyun 2024, 08:59

Shavkat Mirziyoyev “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirlandi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni mamlakatning oliy davlat mukofoti — “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirladi.

Anqarada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 20 ta hujjat imzolandi
6 iyun 2024, 22:56

Anqarada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 20 ta hujjat imzolandi

Anqara shahridagi O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi yakunida prezidentlar Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bundan tashqari, yana 19 ta hujjat imzolandi.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 10 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi
6 iyun 2024, 20:17

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 10 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi

Anqarada O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bojxona tariflarini pasaytirish, Istanbulda O‘zbekiston savdo vakolatxonasini ochish bo‘yicha fikr almashdi. Tashrif doirasida 10 mlrd dollarlik yangi investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi.

O‘zbekiston va Turkiya xavfsizlik va mudofaa sohasida hamkorlikni mustahkamlaydi
6 iyun 2024, 19:04

O‘zbekiston va Turkiya xavfsizlik va mudofaa sohasida hamkorlikni mustahkamlaydi

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari hukumatlar oldiga tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va raqamlashtirish, xavfsizlik va mudofaa sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

Anqarada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi
6 iyun 2024, 18:05

Anqarada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

Turkiya poytaxti Anqarada O‘zbekiston rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdog‘anning tor doiradagi muzokaralari boshlandi. Foto.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting