O‘zbekistonda davlat idoralari rahbarlarining faoliyati jamoatchilik fikridan kelib chiqib baholanadi. Aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida murojaatlarni elektron shaklda ro‘yxatga olish amaliyoti joriy etiladi.
Bola huquqlari bo‘yicha ombudsman Aliya Yunusova “mavjud vaziyatdan kelib chiqib” o‘z faoliyatini to‘xtatayotganini e’lon qildi. U mazkur lavozimda 2020-yilning fevralidan beri ishlab kelayotgandi.
Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila a’zolari ham davlat hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatiga kiritildi.
Shu vaqtgacha Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli direktori lavozimida ishlab kelgan Begisbay Temirbayev Qoraqalpog‘iston madaniyat vaziri etib tayinlandi.
Prezident Qatar bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlash bo‘yicha qarorni qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonun”ni imzoladi. Unda Davlat xavfsizlik xizmati davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishi belgilab qo‘yildi.
Endi ichki kema yo‘llarida faqat O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostida suzishga yo‘l qo‘yiladi. Bu ichki kema yo‘llarida suzish qoidalarida belgilab qo‘yildi. Shuningdek, gorizont bo‘ylab ko‘rinish masofasi 1 kilometrdan kam bo‘lganda kemalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
2018−2022-yillarda Zarafshon shahri hokimi bo‘lgan Anvar Rajabov yer ajratish bilan bog‘liq masalada aybdor deb topilib, 3,5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev 14−15-sentabr kunlari Markaziy Osiyo besh mamlakati rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda besh yil deganda o‘tkazilayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida ishtirok etish uchun Tojikistonga boradi.
O‘zbekiston prezidenti kelgusi haftada AQShga boradi. Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nuqt so‘zlaydi, qolaversa, AQSh tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “C5+1” formatidagi AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida qatnashadi.
Rossiya davlat dumasi deputati Yevgeniy Fyodorov Rossiya Sobiq Ittifoq davlatlari bilan urishishga majbur bo‘lishi, ular SSSRdan noqonuniy ajralib chiqqani haqida fikr bildirdi. O‘zbekistonlik deputatlar buni “nosog‘lom fikr” deya atab, bu so‘zlarga jiddiy munosabat bildirish shart emasligini ta’kidladi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Gazeta.uz” nashriga javoban, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni tashkil etish bandi kiritilmagan bo‘lsada, “topshiriq hech qayerga yo‘qolmagani”ni aytdi. Bu borada chora-tadbirlar va mexanizmlar belgilab berilgan, dedi u.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi tashkil etildi. Markaz Davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi.
Prezident qarori bilan Farrux Sharipov, Farxodjon Tashpulatov va Olim Omonov sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Prezident “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqladi. Uning maqsadlari qatoriga barcha fuqarolarning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish, sog‘lom va bilimli avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish hamda adolat, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni kafolatlash kiradi.
Shavkat Mirziyoyev Britaniyaning Cross Works kompaniyasi ishlab chiqqan Toshkent va Yangi Toshkent qo‘shma loyihasini ma’qulladi. “Ha, biz uni Yangi Toshkent deymiz, lekin ertaga u ham eski Toshkentni yangilashi kerak. Ular bir qon, bir arteriyaga aylanishi kerak”, — deydi qurilish direksiyasi rahbari Davronjon Odilov.
O‘zbekiston hukumati tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasida o‘tkazilgan qo‘shtirnoq ichidagi prezident saylovlarini tan olmaydi, deya xabar qildi TIV.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va boshqa rasmiylar AQShga tashrif buyurdi. Shavkat Mirziyoyev sentabr oyi oxirida AQShga borishi kutilmoqda. U yerda “Markaziy Osiyo-AQSh” formatidagi birinchi sammit (C5+1) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston prezidenti “Yangi Toshkent” loyihasini boshlash muhimligini, aks holda besh yildan keyin “poytaxtda odamlar yashay olmasligini” aytdi.
“Surxon ovozi” gazetasi Xalq demokratik partiyasi yetakchisini iste’foga chiqishga chaqirdi. Bosh muharrirning birinchi sahifadagi maqolasida saylovda siyosiy raqobat bo‘lmagani, Ulug‘bek Inoyatov olgan 4 foiz ovoz esa sharmandali ekani aytiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting