Prezident 2024-yil oktabr oyida Abu Iso at-Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nishonlashga doir qarorni imzoladi. Shu munosabat bilan uning ikkita asarini akademik tarjima qilish va sharhini tayyorlash, “Islom — tinchlik va ezgulik dini” mavzusida konferensiya o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda huquqni muhofaza qilish organi xodimiga hujum qilingani aks etgan video tarqaldi — Toshkentda avtomobil haydovchisi mashinasini boshqa joyga qo‘yishdan bosh tortdi va PPX xodimini urdi. Toshkent shahri IIBB holatga izoh berdi.
Prezident Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston filialida bo‘ldi. Bu mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istonda “noldan” qurilgan birinchi ko‘p tarmoqli shifoxona, deb ta’kidladi davlat rahbari matbuot xizmati.
Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi bog‘chada 2 nafar tarbiyalanuvchi ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Tekshiruv ishlari boshlandi.
Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Saidahmad Sultonov 7 yil 6 oyga qamaldi. U juda ko‘p miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirish, talon-toroj, shuningdek, firibgarlikda aybdor deb topildi.
2024/2025 o‘quv yili uchun 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Xususan, 41 153 nafari davlat granti, 145 718 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirdi. Grantda o‘rtacha o‘tish balli — 121,7, kontraktda esa 94,7 bo‘ldi.
Mirzaobod tumanidagi xususiy bog‘chada 2 yoshli bola vafot etdi. Bolaning o‘limiga nafas yo‘llari ovqat bilan berkilib qolgani oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.
Toshkentda o‘zini “O‘zbekfilm” mas’uli deya tanishtirgan shaxs mahkuma ayol hayotiga bag‘ishlangan serial suratga olish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 20 ming dollar olganda ushlandi. Toshkent viloyatida esa chet tili bo‘yicha soxta sertifikat olib bermoqchi bo‘lgan konsalting firma rahbari $3500 ustida qo‘lga olindi.
Samarqand tumanidagi Mironqul-Ohalik tog‘ida adashib qolgan 18 yoshli yigit qutqarildi. U tog‘ning 1000 metr balandligidan soat 01:30 da topilgan.
Dushanbadan harorat asta-sekin ko‘tariladi, lekin nisbatan qulay bo‘ladi. Kunduzi havo +30…+35, ba’zi joylarda +37 darajagacha isiydi. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Mustaqillik bayrami va “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali munosabati bilan 25-avgust-3-sentabr kunlari Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
“O‘zsuvta’minot” ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarga kredit bermaslik taklifi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. O‘zbekistondagi 5 mln xonadonning 50 foizga yaqinida qarzdorlik mavjud.
“Gazeta.uz” xotin-qizlar haqidagi stereotiplarni yo‘qqa chiqarib, o‘z faoliyati bilan tarixda o‘chmas iz qoldirgan ayollar haqidagi hikoyalarni davom ettiradi. Bu galgi qahramon — Mendeleyevning elementlar davriy jadvali boyishiga, fan va tibbiyot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Mariya Sklodovskaya-Kyuri.
SES boshqarmasi boshlig‘i Rustamjon Ikromov O‘zbekistonga maymunchechakning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, virusologiya mutaxassislari qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilgan, joylarga test sistemalari tarqatilmoqda.
Madaniyat vaziri Toshkent davlat sirkini xususiy boshqaruvga berish va hayvonlarsiz ham tomosha ko‘rsata oladigan mexanizmni ishlab chiqish kerakligini aytdi. “Davlat uchun sirkdagi bitta hayvonni boqish bir insonni boqishdan qimmatga tushmoqda”, — degan Ozodbek Nazarbekov sirkka oid rejalarni sanadi.
18-avgustdan OTMning bakalavriat bosqichi kirish testlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi. Jarayon 10 kun davom etadi, shikoyatlarni ko‘rib chiqish esa 22-avgustdan boshlanadi.
Tarmoqlarda abonentlarning “o‘tgan yillar uchun elektrdan qarzi borligi” haqida shikoyatlar kelib tushdi, bu esa ularning ta’minotdan uzilishiga sabab bo‘ldi. “HET”ning xabar berishicha, bu eski tizimdan yangisiga arxiv ma’lumotlarini o‘tkazish bilan bog‘liq. Kompaniya vaziyatga oydinlik kiritmoqda.
Rossiyaning Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi O‘zbekiston fuqarolariga ko‘chaga alohida zaruratsiz chiqmaslik va jamoat joylariga borishni cheklash, talabalarga esa onlayn ta’limga o‘tish tavsiya etilmoqda.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Ovoz” teleloyihasi uchun davlat budjetidan ajratilgan salkam 2 mlrd so‘m haqida yana fikr bildirib, loyiha O‘zbekiston imijiga xizmat qilayotganini aytdi. “Agar hadeb malomat qilaversalaringiz, shu pulni oxiri uyimni sotib bo‘lsa ham beraman”, — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting