Jamiyat

12-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
12 avgust 2024, 23:41

12-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Toshkent mahallalaridagi yerlarni sotish platformasi, Termizda ochilgan islom instituti, Beruniy xiyobonini yaxshilash bo‘yicha takliflar so‘rayotgan hokimlik, O‘zbekistonga qaytib kelgan olimpiya terma jamoasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga o‘qish uchun borgan xorijliklar orasida 5-o‘rinda
12 avgust 2024, 23:27

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga o‘qish uchun borgan xorijliklar orasida 5-o‘rinda

Yilning birinchi yarmida 200 mingdan ortiq xorijlik Janubiy Koreyaga o‘qish yoki amaliyot o‘tash uchun bordi. O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha beshinchi o‘rinni egalladi — 5 ming kishi. 2027-yilgacha Koreya o‘z universitetlariga 300 ming chet ellik talabani jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Click I-REC sertifikatini olgan birinchi to‘lov kompaniyasi bo‘ldi
12 avgust 2024, 19:00

Click I-REC sertifikatini olgan birinchi to‘lov kompaniyasi bo‘ldi

Click O‘zbekistonda qayta tiklanadigan manbalar elektr energiyasidan foydalanishni tasdiqlovchi I-REC yashil sertifikatini olgan birinchi to‘lov tizimi bo‘ldi.

Surxondaryoda 10 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilishda gumonlangan erkak qo‘lga olindi
12 avgust 2024, 18:00

Surxondaryoda 10 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilishda gumonlangan erkak qo‘lga olindi

Denov tumanida 32 yoshli erkak qo‘shnisining 10 yoshli qiziga uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, uyatsiz qiliqlar qilganlikda gumonlanmoqda. Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

IIV Salim Abduvaliyevning o‘limini rad etdi
12 avgust 2024, 17:15

IIV Salim Abduvaliyevning o‘limini rad etdi

O‘zbekiston IIV matbuot xizmati YouTube`dagi “Avtoritet” kanali tomonidan tarqatilgan Salim Abduvaliyev (“Salimboy”) o‘limi haqidagi xabarni rad etdi.

Futzal bo‘yicha FIFA jahon chempionati uchta shaharda — Toshkent, Buxoro va Andijonda bo‘lib o‘tadi
12 avgust 2024, 17:00

Futzal bo‘yicha FIFA jahon chempionati uchta shaharda — Toshkent, Buxoro va Andijonda bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda futzal bo‘yicha FIFA jahon chempionati ilk bor uchta shahar — Toshkent, Buxoro va Andijonda bo‘lib o‘tadi.

Zomindagi dor yo‘li 18-avgustgacha yopildi
12 avgust 2024, 16:45

Zomindagi dor yo‘li 18-avgustgacha yopildi

“Zomin” sayyohlik-rekreatsion zonasidagi dor yo‘li 12-avgustdan 18-avgustga qadar ishlamaydi. Bu paytda yilda bir marta o‘tkaziladigan profilaktika ishlari olib boriladi.

O‘zbekistonda bitiruvchilarning deyarli 60 foizi hali ish topolgani yo‘q — bandlik vaziri
12 avgust 2024, 16:39

O‘zbekistonda bitiruvchilarning deyarli 60 foizi hali ish topolgani yo‘q — bandlik vaziri

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev deputatlarga OTMlarni bitirgan 214 ming nafar bitiruvchidan 126 ming nafari (59 foizi) hali ham ishsiz ekanini aytdi. Avgust-sentabr oylarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ularni joylashtirish rejalashtirilmoqda.

Namanganda o‘qituvchilarni o‘t-o‘lan yulishga majburlagan maktab direktori jarimaga tortildi
12 avgust 2024, 16:31

Namanganda o‘qituvchilarni o‘t-o‘lan yulishga majburlagan maktab direktori jarimaga tortildi

Pop tumanidagi 43-maktab direktori ta’til paytida o‘qituvchilarga o‘t-o‘lan yuldirdi. Uning aytishicha, “saylov jarayonlari nazorati uchun kelganlar obodonlashtirishni ko‘radi”. Bandlik vazirligining ma’lum qilishicha, direktor 17 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

“Yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatdi”. Prezident — sportchilarning Olimpiadadagi ishtiroki haqida
12 avgust 2024, 16:20

“Yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatdi”. Prezident — sportchilarning Olimpiadadagi ishtiroki haqida

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning Parij Olimpiadasidagi ishtiroki munosabati bilan tabrikladi. “Tokio Olimpiadasidan keyin top-15 ga kiramiz deb, katta maqsad qo‘ygandik… Bu yangi O‘zbekiston yoshlari nimaga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsatdi”, — dedi u.

Respublika perinatal markazida 4 egizak tug‘ildi
12 avgust 2024, 15:25

Respublika perinatal markazida 4 egizak tug‘ildi

Toshkent tumanida yashovchi 23 yoshli ayol 4 nafar egizak — 3 qiz va 1 o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Chaqaloqlarning ahvoli yaxshi, ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishi neonatolog-shifokor va hamshiralar nazorati ostida.

Hafta davomida harorat ko‘tariladi, lekin oxirida yana pasayadi
12 avgust 2024, 13:27

Hafta davomida harorat ko‘tariladi, lekin oxirida yana pasayadi

O‘tgan hafta oxirida pasaygan harorat yangi hafta davomida yana ko‘tariladi. Dushanbadan havo +37…+43 darajagacha isiydi. Payshanba kuni shimoli-g‘arbiy hududlarga salqin havo kirib kela boshlaydi, juma kuni esa barcha hududlarga tarqaladi.

Toshkent shahri hokimligi — mahallalarda yer uchastkalarini sotish platformasi ishga tushgani haqida
12 avgust 2024, 12:39

Toshkent shahri hokimligi — mahallalarda yer uchastkalarini sotish platformasi ishga tushgani haqida

Toshkentda mahallalardagi yer uchastkalari sotiladigan va ijaraga beriladigan projects.toshkentinvest.uz platformasi ishga tushdi. Yig‘ilgan mablag‘lar mahalla va tuman rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi, deya ta’kidladi hokimlik. Shahar ma’muriyati sotuvga qo‘yilgan bolalar maydonchasiga ham izoh berdi.

Foto: Xivada “Qovun sayli” festivali o‘tkazildi
12 avgust 2024, 11:42

Foto: Xivada “Qovun sayli” festivali o‘tkazildi

Xiva shahrida 9−11-avgust kunlari “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tdi. An’anaviy festivalda 60 ta pavilon tashkil qilinib, unda 125 ga yaqin qovun navi namoyish etildi. Yangibozor tumani Gran-priga loyiq ko‘rilib, Tracker avtomobili bilan taqdirlandi. Foto.

Termizda Imom Termiziy nomidagi islom instituti tashkil etildi
12 avgust 2024, 10:56

Termizda Imom Termiziy nomidagi islom instituti tashkil etildi

Adliya vazirligi Imom Termiziy nomidagi islom institutini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Unga 2024−2025 o‘quv yili uchun qabul 14-avgustdan 20-avgustgacha davom etadi. Mamlakatdagi oliy diniy ta’lim muassasalari soni 4 taga yetdi.

Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini obodonlashtirish bo‘yicha takliflarni yig‘moqda
12 avgust 2024, 09:50

Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini obodonlashtirish bo‘yicha takliflarni yig‘moqda

Toshkent hokimligi Beruniy xiyobonini (Beruniy metro bekati yonida) obodonlashtirish bo‘yicha o‘rganish olib bormoqda. Rezidentlar u yerda nimani xush ko‘rishi, qanday obyektlar va funksiyalarni ko‘rishni xohlashi, shuningdek, hudud harakatlanish imkoniyati cheklanganlar uchun qanchalik qulay ekanini ko‘rsatishi mumkin.

Rossiyada noqonuniy migratsiya bo‘yicha 15 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
11 avgust 2024, 12:20

Rossiyada noqonuniy migratsiya bo‘yicha 15 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Rossiyaning Odinsovo shahrida o‘tkazilgan reydlarda 15 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy mehnat olib borgan ushbu fuqarolar mamlakatdan deportatsiya qilinishi kutilmoqda.

Toshkent viloyatida 3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
11 avgust 2024, 08:27

Toshkent viloyatida 3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Toshkent viloyati Parkent tumanida 3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 65 km uzoqda joylashgan.

Nima o‘qiymiz? Noshir Sanjar Nazar tavsiya qiladi
10 avgust 2024, 20:36

Nima o‘qiymiz? Noshir Sanjar Nazar tavsiya qiladi

“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.

“Aksariyat holatlarda pora bergan odam jazolanmayapti” — SSV rahbari
10 avgust 2024, 17:30

“Aksariyat holatlarda pora bergan odam jazolanmayapti” — SSV rahbari

“Har bir tizim boshida turganlarning o‘zi va jamoasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xohish bo‘lishi kerak”, — dedi SSV rahbari Asilbek Xudayarov. Aksariyat holatlarda porani bergan odam jazolanmay qolayotganini aytgan vazir v.b. uning jamoasi korrupsiyaga qarshi kurashishga tayyor ekanini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting