Jamiyat

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Galina Matviyevskaya vafot etdi
2 fevral 2025, 09:54

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Galina Matviyevskaya vafot etdi

Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Galina Matviyevskaya 95 yoshida vafot etdi. O‘zbekistonda sharqshunoslik fanining rivojiga hissa qo‘shgan atoqli olima “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Madina-Farg‘ona yo‘nalishidagi Centrum Air samolyoti Marida majburiy qo‘nishni amalga oshirdi
1 fevral 2025, 20:38

Madina-Farg‘ona yo‘nalishidagi Centrum Air samolyoti Marida majburiy qo‘nishni amalga oshirdi

Centrum Air aviakompaniyasining Madinadan Farg‘onaga uchgan A321neo samolyoti dvigateldan moy sizib chiqishi sababli Mari (Turkmaniston)ga qo‘ndi. Yo‘lovchilarni olib kelish uchun zaxira bort jo‘natildi.

Toshkent viloyatidagi zapravkada avtobus portladi
1 fevral 2025, 18:57

Toshkent viloyatidagi zapravkada avtobus portladi

Yangiyo‘l tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida Isuzu rusumli avtobus gaz ballonida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.

️Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tugatiladi
1 fevral 2025, 03:04

️Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tugatiladi

P️rezident farmoni bilan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tugatilmoqda. Uning vazifa va funksiyalari qator qo‘mita, uyushma va vazirliklarga taqsimlab berildi.

Andijonda sex ohak ishlab chiqarish uchun 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
1 fevral 2025, 02:33

Andijonda sex ohak ishlab chiqarish uchun 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida korxona ohak ishlab chiqarishda 5,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Gaz hisoblash uskunasi nosozligi sababli muqaddam tarmoqdan uzilgan va tamg‘a o‘rnatilgan, ammo sex rahbari uni o‘zboshimchalik bilan buzgan va ishlatishda davom etgan.

O‘zbek-tojik chegarasi orqali olib o‘tilgan jami 111 kg narkotik musodara qilindi
1 fevral 2025, 01:39

O‘zbek-tojik chegarasi orqali olib o‘tilgan jami 111 kg narkotik musodara qilindi

Samarqandda aylanma yo‘llar orqali opiy olib o‘tgan uch Tojikiston fuqarosi va ularning o‘zbekistonlik sherigi ushlandi. Bekobodda ham o‘zbek-tojik chegarasi yaqinida kanalga oqizib yuborilgan yelim idishlar va sumkadan katta miqdorda narkotik topildi. Jami 111 kg giyohvandlik moddalari musodara qilindi.

“Antiterror-tozalash” tadbirlari doirasida 5 kunda 42 ta jinoiy guruh fosh etildi (+foto, video)
1 fevral 2025, 01:15

“Antiterror-tozalash” tadbirlari doirasida 5 kunda 42 ta jinoiy guruh fosh etildi (+foto, video)

Yanvar oxirida DXX va IIV keng ko‘lamli “Antiterror-tozalash” tadbirlarini o‘tkazdi. 418 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi, 169 kishi qamoqqa olindi, 42 ta jinoiy guruh fosh etildi, qidiruvdagi 109 kishi ushlandi. 80 ta qurol, +30 kg narkotik, pichoqlar, bitalar va boshqa buyumlar olib qo‘yildi.

31-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
31 yanvar 2025, 23:53

31-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

ID kartalarni tan olish masalasini muhokama qilayotgan O‘zbekiston va Ozarbayjon, dehqon xo‘jaliklari va tomorqani rivojlantirish bo‘yicha alohida kengash, ma’muriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv instituti, oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha takliflar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida

Foto: Toshkent Botanika bog‘idagi olmaxonlar
31 yanvar 2025, 21:44 1

Foto: Toshkent Botanika bog‘idagi olmaxonlar

Toshkent Botanika bog‘ida olmaxonlar shu qadar ko‘paydiki, endi fotosuratchilar ham — xuddi “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf kabi — ularni bemalol fotohikoya qahramonlariga aylantiryapti. Qizig‘i, olmaxonlar O‘zbekistonga xos tur emas, ularning ko‘payishi esa “yashash sharoitlarining yaxshilanishi” bilan bog‘liq.

Nima tayyorlaymiz: kish
31 yanvar 2025, 21:32

Nima tayyorlaymiz: kish

Brinza va ismaloqli, tovuq va pomidorli, sabzavotli kish va boshqa fransuz piroglari retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik uchun tajovuzkorlar qanday jazolanyapti va oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashda nimalarni o‘zgartirish kerak?
31 yanvar 2025, 21:07

Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik uchun tajovuzkorlar qanday jazolanyapti va oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashda nimalarni o‘zgartirish kerak?

Nemolchi.uz loyihasi faoli Nigina Xudaybergenova Jinoyat kodeksiga 2023-yili kiritilgan maishiy zo‘ravonlik to‘g‘risidagi modda qanday qo‘llanilayotganiga aniqlik kiritish maqsadida sudlarning 400 dan ortiq qarorlarini o‘rganib chiqdi. Asosiy xulosa — ayollarni himoya qilish uchun bitta modda yetarli emas.

Janubiy Koreyadagi o‘zbek mehnat muhojirlari orasida ish joyini tashlab ketish holatlari ko‘p — Migratsiya agentligi
31 yanvar 2025, 20:46

Janubiy Koreyadagi o‘zbek mehnat muhojirlari orasida ish joyini tashlab ketish holatlari ko‘p — Migratsiya agentligi

Janubiy Koreyaga ishga yuborilgan o‘zbekistonliklar orasida shartnomadagi ish joyini tashlab ketish holatlari ko‘p uchrayapti. Hozir u yerdagi O‘zbekiston fuqarolarining 9,6 foizi nolegal maqomida. Migratsiya agentligiga ko‘ra, “agar ko‘rsatkich 10 foizga yetsa, Koreya biz bilan migratsiya aloqalarini to‘xtatishi mumkin”.

Jurnalist Ruxsora G‘ofurova IIBga chaqirtirildi, bank mansabdorlariga esa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. O‘zi nima gap?
31 yanvar 2025, 20:43 1

Jurnalist Ruxsora G‘ofurova IIBga chaqirtirildi, bank mansabdorlariga esa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. O‘zi nima gap?

MY5 telekanali muxbiri Ruxsora G‘ofurovaning o‘zgalar nomiga kredit olganlikda gumon qilinayotgan bank xodimasi haqidagi materiali muhokamalarga sabab bo‘ldi. Material sabab jurnalist IIBga chaqirtirilgan. Bank mansabdorlariga nisbatan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Gazeta.uz” jarayon tafsilotlarini o‘rgandi.

Toshkent viloyatida erkak tuzatish uchun qoldirilgan telefondan 9 mln so‘m yechib oldi
31 yanvar 2025, 17:24

Toshkent viloyatida erkak tuzatish uchun qoldirilgan telefondan 9 mln so‘m yechib oldi

Angren shahrida 31 yoshli telefon ustasi tuzatish uchun qoldirilgan telefondan 9 mln so‘m yechib oldi. Erkak pulni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi va jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda 2024-yilda har uchinchi YTH yuk va yo‘lovchi transporti ishtirokida sodir bo‘ldi
31 yanvar 2025, 14:41

O‘zbekistonda 2024-yilda har uchinchi YTH yuk va yo‘lovchi transporti ishtirokida sodir bo‘ldi

2024-yilda O‘zbekistonda 9364 ta YTH qayd etilgan bo‘lib, shundan 3045 tasi (32,5%) yuk mashinalari va yo‘lovchi tashuvchi transportlar ishtirokida sodir bo‘ldi. YTHlarning deyarli yarmi Damas ishtirokida bo‘lgan. 351 ta YTHda haydovchilar rulda uxlab qolgan, oqibatda 189 kishi halok bo‘lgan.

Deputatlar diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi
31 yanvar 2025, 14:29

Deputatlar diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

O‘zbekistonda deputatlar fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Konsepsiyada diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari va ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilangan.

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan Andijondagi Navoiy bog‘ida qurilish ishlari bo‘lmasligi ma’lum qilindi
31 yanvar 2025, 13:47

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan Andijondagi Navoiy bog‘ida qurilish ishlari bo‘lmasligi ma’lum qilindi

2024-yilning kuzida Andijondagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i hududida ishbilarmonlik markazi, ko‘p qavatli turar joy majmualari qurilishi ma’lum bo‘lgandi. Bu esa jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Viloyat hokimligiga ko‘ra, bog‘ faqat rekonstruksiya qilinadi va zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi.

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechalari sovuq saqlanib turadi
31 yanvar 2025, 11:02

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechalari sovuq saqlanib turadi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi sovuq saqlanib turadi, kunduzi harorat +5…+8 daraja, janubda esa +10…+12 darajagacha iliydi.

Farg‘onada Damas boshqaruvidagi 17 yoshli bola BYD bilan to‘qnashib vafot etdi
31 yanvar 2025, 09:36

Farg‘onada Damas boshqaruvidagi 17 yoshli bola BYD bilan to‘qnashib vafot etdi

Oltiariq tumanida bayonnoma tuzilgan BYD Song avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi. 17 yoshli Damas haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib ketib u bilan to‘qnashdi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi.

️Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi maxsus platforma orqali shakllantiriladi
31 yanvar 2025, 00:47

️Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi maxsus platforma orqali shakllantiriladi

E️ndi oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi maxsus platforma orqali shakllantiriladi. Ehtiyoj 4 yillik davrga ishlanib, tendensiyalar asosida platformaga tuzatishlar kiritiladi. Unda rasmiy band aholi soni, bo‘sh ish o‘rinlari va bitiruvchilar haqida ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting