Jamiyat

6 oyda 248,3 ming o‘zbekistonliklar dam olish uchun xorijga chiqqan
16 avgust 2023, 11:17

6 oyda 248,3 ming o‘zbekistonliklar dam olish uchun xorijga chiqqan

O‘zbekistonliklarning 248,3 ming nafari 2023-yilning yanvar-iyun oylarida dam olish maqsadida xorijga safar qilgan.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlari importida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi
16 avgust 2023, 10:04

Dori vositalari va tibbiyot buyumlari importida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan 2025-yil 1-yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi.

Yo‘l qoidabuzarliklarini xato aniqlagan kamera egalari unga bo‘lgan mulk huquqidan mahrum qilinadi
16 avgust 2023, 09:44

Yo‘l qoidabuzarliklarini xato aniqlagan kamera egalari unga bo‘lgan mulk huquqidan mahrum qilinadi

Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqlovchi xususiy kameralar ma’lumotlarida 5 foizdan ortiq xatolikka yo‘l qo‘yilsa, tadbirkorlar ushbu kameralarga egalik huquqidan mahrum etiladi.

Qashqadaryoda maktabni ta’mirlashga o‘qituvchilarni jalb qilgan direktor 33 mln so‘m jarimaga tortildi
16 avgust 2023, 09:16

Qashqadaryoda maktabni ta’mirlashga o‘qituvchilarni jalb qilgan direktor 33 mln so‘m jarimaga tortildi

Koson tumanidagi 20-maktab direktori o‘qituvchi va ishchi xodimlarni ta’mirlash ishlariga jalb etgani aniqlandi. Direktorga nisbatan 33 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llandi.

Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish endi faqat DXM va my.gov.uz orqali amalga oshiriladi
15 avgust 2023, 15:52

Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish endi faqat DXM va my.gov.uz orqali amalga oshiriladi

2023/2024 o‘quv yilida 1-kurs talabalari, 2024/2025 o‘quv yilidan esa barcha kurs talabalari uchun davlat OTM yotoqxonasiga joylashish onlayn amalga oshiriladi.

Xorazmda aholi voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilishda gumonlangan erkakni ushladi
15 avgust 2023, 14:52

Xorazmda aholi voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilishda gumonlangan erkakni ushladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh aholi noma’lum shaxsni voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilish va uni o‘g‘irlashda uringanlikda ayblayotgan video tarqaldi. Xorazm viloyati IIB xabariga ko‘ra, gumonlanuvchi 43 yoshli erkak bo‘lib, u ruhiy-asab kasalliklar dispanserida ro‘yxatga olingan.

IELTS`dan 7,5 ballga ega tibbiyot talabalariga 990 ming so‘m stipendiya beriladi
15 avgust 2023, 13:19 1

IELTS`dan 7,5 ballga ega tibbiyot talabalariga 990 ming so‘m stipendiya beriladi

SSV 2023-yildan IELTS bo‘yicha kamida 7,5 balli, nemis va fransuz tilini bilish darajasi bo‘yicha S1 sertifikatli tibbiyot OTM va texnikumi talabalariga 990 ming so‘m stipendiya to‘laydi. To‘lov sertifikatning amal qilish davrida berib boriladi.

O‘zbekistonda velosiped nima uchun ommalashmayotgani ilmiy jihatdan o‘rganildi. Hukumat tanqidlarni eshitadimi?
15 avgust 2023, 12:44

O‘zbekistonda velosiped nima uchun ommalashmayotgani ilmiy jihatdan o‘rganildi. Hukumat tanqidlarni eshitadimi?

Rasmiylar O‘zbekistonda velosipedda harakatlanishni rivojlantirish haqida muntazam gapirib keladi. Toshkentda esa, tanqidlarga qaramay, noto‘g‘ri va xavfli veloyo‘laklar qurilishi davom etmoqda. MHTI mutaxassislari tadqiqot o‘tkazib, velosiped nima uchun ommalashmayotgani sabablarini o‘rgandi.

Toshkentda gazdan noqonuniy foydalanib 824,4 mln so‘m zarar yetkazgan sex aniqlandi
15 avgust 2023, 11:24

Toshkentda gazdan noqonuniy foydalanib 824,4 mln so‘m zarar yetkazgan sex aniqlandi

Mirobod tumanidagi poliz mahsulotlarini qadoqlash sexida gazdan noqonuniy foydalanib, tizimga 824 mln 417 ming so‘m zarar yetkazgan fuqaro aniqlandi.

Qashqadaryoda fuqaroni 15 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
15 avgust 2023, 10:04

Qashqadaryoda fuqaroni 15 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qashqadaryoda fuqaroni 15 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani aytilmoqda. U 5 ming dollar olayotgan paytda qo‘lga olindi.

“Bolam yura va gapira olmaydi” — “Dok-1 Maks”dan zaharlangan bolaning otasi
15 avgust 2023, 09:30

“Bolam yura va gapira olmaydi” — “Dok-1 Maks"dan zaharlangan bolaning otasi

Sud Marion Biotech dorilari, jumladan, “Dok-1 Maks” siropini ichishi oqibatida 65 bola vafot etgani bilan bog‘liq ishni ko‘rib chiqishni boshladi. Jabrlanganlardan birining otasi farzandi nogiron bo‘lib qolgani, yura va gapira olmasligini aytdi. Dori-darmonlarni o‘z pulimizga oldik, deydi u.

Toshkentda kaltaklangan Zo‘r TV jurnalistlari ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
15 avgust 2023, 09:29

Toshkentda kaltaklangan Zo‘r TV jurnalistlari ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda qulagan to‘sinlar haqida reportaj tayyorlamoqchi bo‘lganida kaltaklangan Zo‘r TV jurnalistlari ishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” telekanal xodimlariga hujum qilgan ish boshqaruvchi ishdan olinganini ma’lum qilgandi.

Toshkent viloyatida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Matiz haydovchisi halok bo‘ldi
15 avgust 2023, 09:14

Toshkent viloyatida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Matiz haydovchisi halok bo‘ldi

Ohangaron tumanida Matiz o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi yuk mashinasining orqa qismiga urildi. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi halok bo‘ldi.

Ko‘prik to‘sinlari qulagani haqida reportaj tayyorlamoqchi bo‘lgan Zo’r TV jurnalistlari kaltaklandi
14 avgust 2023, 22:13

Ko‘prik to‘sinlari qulagani haqida reportaj tayyorlamoqchi bo‘lgan Zo’r TV jurnalistlari kaltaklandi

Zo’r TV muxbiri va operatori Toshkent aeroporti yaqinidagi yo‘l o‘tkazgich to‘sinlari qulagani haqida reportaj tayyorlamoqchi bo‘lganida kaltaklandi. Operator burni singan holda kasalxonaga yotqizilgan. AOKA mazkur hujumni qoraladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” esa zo‘ravon ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi.

14-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
14 avgust 2023, 22:00

14-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Mashina shartnomalari bo‘yicha UzAuto Motors va’dalari, 2022-yilgi budjet ijrosi, “gaz ittifoqi” bo‘yicha bayonotlardan xavotir olayotgan Turkmaniston, IIBBdan o‘ligi chiqqan fuqaro bo‘yicha jinoyat ishi, Zo’r TV jurnalistiga tashlangani uchun ishdan olingan O‘TY xodimi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Toshkentda avtobus beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchi va 3 yo‘lovchi jarohatlandi
14 avgust 2023, 18:10

Toshkentda avtobus beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchi va 3 yo‘lovchi jarohatlandi

Sergeli tumanida 184-sonli avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avval stolbaga, so‘ng beton to‘siqqa urildi. “Toshshahartransxizmat” hodisa oqibatida faqat haydovchi, YHXB esa jami 4 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatida ekoinspektorni kaltaklagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
14 avgust 2023, 16:31

Toshkent viloyatida ekoinspektorni kaltaklagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ohangaron tumanida somondan bo‘shagan yerlar yoqib yuborilganini o‘rganish uchun borgan inspektor kaltaklandi. Xodimga kuch ishlatgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Inspektorning ahvoli yaxshi deb baholanmoqda.

Yunusobodda tadbirkor ikki chinorni kestirib tashladi
14 avgust 2023, 16:17

Yunusobodda tadbirkor ikki chinorni kestirib tashladi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor ikki dona chinor daraxtini kestirib tashladi. Oqibatda tabiatga 204 mln 105 ming so‘m zarar yetkazildi.

Ombudsman Toshkent shahri IIBBda gumonlanuvchi o‘lgan holatni nazoratga oldi
14 avgust 2023, 15:41

Ombudsman Toshkent shahri IIBBda gumonlanuvchi o‘lgan holatni nazoratga oldi

O‘zbekiston qiynoqqa qarshi o‘zining mustahkam pozitsiyasiga ega, dedi ombudsman Toshkent shahri IIBBda gumonlanuvchining o‘lganiga munosabat bildirarkan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat uchun jazo muqarrar, lekin bu jazo sud orqali tayinlanishi kerak.

Toshkentdagi issiqlik tarmoqlari texnik auditdan o‘tkazilmoqda
14 avgust 2023, 14:10

Toshkentdagi issiqlik tarmoqlari texnik auditdan o‘tkazilmoqda

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi poytaxtdagi issiqlik tarmoqlarida texnik audit o‘tkazmoqda. Bu ma’lumotlar issiqlik tarmoqlarining texnik holatini aniqlash imkonini beradi va Toshkent shahridagi issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya dasturini optimallashtiradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting