Jahon

Bashar Asad oilasi bilan Rossiyaga uchib keldi
8 dekabr 2024, 22:55

Bashar Asad oilasi bilan Rossiyaga uchib keldi

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad oilasi bilan Rossiyaga uchib keldi, deb yozmoqda TASS Kremldagi manbasiga tayanib. Ta’kidlanishicha, Rossiya insonparvarlik nuqtai nazaridan ularga boshpana bergan.

Mamlakatlar Suriyada Bashar Asad rejimi qulaganini qanday qarshiladi?
8 dekabr 2024, 21:42

Mamlakatlar Suriyada Bashar Asad rejimi qulaganini qanday qarshiladi?

Suriyada isyonchilar Damashqni egallab, prezident Bashar Asad rejimini ag‘dardi. Mamlakatdan qochib ketgan prezidentning qayerdaligi noma’lum. Dunyo mamlakatlari yetakchilari uning hokimiyati qulagani haqida nima demoqda? Tafsilotlar.

Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri hibsga olindi
8 dekabr 2024, 13:28

Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri hibsga olindi

Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Xyon tergov doirasida hibsga olindi. Prokuratura qo‘zg‘olon va hokimiyatni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq ikkita jinoyat ishini tergov qilmoqda.

Prezident Asad Damashqni tark etdi — OAV
8 dekabr 2024, 10:52

Prezident Asad Damashqni tark etdi — OAV

Isyonchilar hujumlari oqibatida Suriyada prezident Bashar Asadning 24 yillik avtoritar boshqaruvi tugadi, u Damashqni noma’lum yo‘nalishda tark etdi, deb yozmoqda OAV o‘z manbalariga tayanib. Mamlakat bosh vaziri hokimiyatni topshirishga tayyor ekanini bildirdi.

Janubiy Koreya parlamentida prezident impichmenti uchun yetarlicha ovoz to‘planmadi
7 dekabr 2024, 18:43

Janubiy Koreya parlamentida prezident impichmenti uchun yetarlicha ovoz to‘planmadi

Janubiy Koreya parlamenti prezidentga impichment e’lon qilish uchun ovoz berishda yetarlicha ovozni to‘play olmadi: hukmron partiyaning 108 deputatidan 105 nafari majlislar zalidan chiqib ketib, ovoz berishdan bosh tortdi. Muxolifat prezidentni javobgarlikka tortishga urinishlarini to‘xtatmasligini bildirdi.

Janubiy Koreya prezidenti harbiy holat joriy etgani uchun uzr so‘radi
7 dekabr 2024, 08:08

Janubiy Koreya prezidenti harbiy holat joriy etgani uchun uzr so‘radi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol xalqqa murojaat qilib, harbiy holat to‘g‘risidagi qarori uchun uzr so‘radi va ta’zim qildi. “Qaror dilxunlikdan qabul qilingandi”, — degan yetakchi lavozimida qolish masalasini o‘z partiyasi ixtiyoriga qoldirishini ta’kidladi.

Ruminiyada prezidentlik saylovining birinchi tur natijalari bekor qilindi
6 dekabr 2024, 20:34

Ruminiyada prezidentlik saylovining birinchi tur natijalari bekor qilindi

Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi “jarayonning to‘g‘riligi va qonuniyligini ta’minlash uchun” prezident saylovining birinchi tur natijalarini bekor qildi. Yangi saylov sanasini hukumat belgilaydi. OAV Rossiya saylovga aralashgani va birinchi tur g‘olibining targ‘iboti uchun keng ko‘lamli kampaniya o‘tkazganini yozmoqda.

“Prezident Asadga Suriya taqdirini birga hal qilishni taklif etdik, lekin ijobiy javob olmadik” — Erdog‘an
6 dekabr 2024, 19:39

“Prezident Asadga Suriya taqdirini birga hal qilishni taklif etdik, lekin ijobiy javob olmadik” — Erdog‘an

Turkiya yetakchisi Erdog‘an Suriya prezidenti Bashar Asadga isyon bilan bog‘liq vaziyatni birgalikda tartibga solishni taklif qilgani, ammo ijobiy javob olmaganini aytdi. “Idlib, Hama, Homs va, albatta, maqsad Damashq. Muxolifatning yurishi, umid qilamizki, muammolarsiz davom etadi”, — dedi u.

Janubiy Koreyaning hukmron partiyasi prezident iste’fosini qo‘llab-quvvatladi
6 dekabr 2024, 18:44

Janubiy Koreyaning hukmron partiyasi prezident iste’fosini qo‘llab-quvvatladi

Janubiy Koreyadagi hukmron partiya yetakchisi prezident Yun Sok Yol harbiy holat e’lon qilib, xavfsizlik xizmatlariga taniqli siyosatchilarni, jumladan, muxolifat vakillarini hibsga olishni buyurgani ma’lum bo‘lgach, hokimiyatdan chetlatilishi kerak, deb hisoblamoqda.

Foto: Ar-Riyod metrosidan reportaj
6 dekabr 2024, 16:46

Foto: Ar-Riyod metrosidan reportaj

Ar-Riyodda 1-dekabr kuni metro ishga tushdi. Hozircha uning 39 bekatdan iborat uch liniyasi ishlayapti, bir oy ichida yana 46 bekatdan iborat qolgan uch yo‘nalishi ham ishga tushadi. Ayrim bekatlari transport inshooti emas, muzeyni eslatuvchi tizimdan “Gazeta.uz” muxbiri Shohruh Haydarov fotoreportaj tayyorladi.

Makron “yaqin kunlarda” Fransiyaga yangi bosh vazir tayinlashga va’da berdi
6 dekabr 2024, 15:23

Makron “yaqin kunlarda” Fransiyaga yangi bosh vazir tayinlashga va’da berdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “yaqin kunlarda” yangi bosh vazir tayinlashni va’da qildi. U o‘zining iste’foga chiqishini istisno etdi va siyosiy inqiroz uchun aybni o‘ta o‘ng hamda so‘l partiyalarga to‘nkadi.

Janubiy Koreyada prezidentga nisbatan tergov boshlandi
5 dekabr 2024, 16:12

Janubiy Koreyada prezidentga nisbatan tergov boshlandi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol, sobiq mudofaa vaziri va ichki ishlar vaziri harbiy holat e’lon qilganlikda ayblanmoqda, politsiya surishtiruv boshladi. Avvalroq muxolifat va faollar huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgandi.

Ukraina «tinchlikka tayyorligini ma’lum qilishni rejalashtirmoqda» — WSJ
5 dekabr 2024, 13:49

Ukraina «tinchlikka tayyorligini ma’lum qilishni rejalashtirmoqda» — WSJ

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Donald Tramp jamoasi vakillari bilan uchrashdi. «Ukraina tinchlikka tayyorligini ma’lum qilmoqchi, ammo bu uzoq muddatli va barqaror tinchlik bo‘lishi kerak», — deb yozmoqda WSJ.

Bitkoin kursi ilk marta 100 ming dollardan oshdi
5 dekabr 2024, 11:27

Bitkoin kursi ilk marta 100 ming dollardan oshdi

Binance birjasida bitkoin kursi 100 ming dollardan ko‘tarildi. Ekspertlar kriptovalyutalarga himoya aktivi sifatida qiziqish ortganini qayd etdi. Bitkoin kursi Tramp g‘alabasidan beri sezilarli ko‘tarilib bormoqda.

Fransiya parlamenti 1962-yildan beri ilk bor hukumatga ishonchsizlik votumini ma’qulladi
5 dekabr 2024, 10:12

Fransiya parlamenti 1962-yildan beri ilk bor hukumatga ishonchsizlik votumini ma’qulladi

Fransiya parlamenti 1962-yildan beri birinchi marta hukumatga ishonchsizlik votumini ma’qulladi. Shu tariqa, bosh vazir Mishel Barne hukumati tashkil etilganidan uch oy o‘tib quladi. Votumga Barnening kelasi yil byudjetini parlament bilan kelishmasdan tasdiqlash qarori sabab bo‘ldi.

“Biz o‘zimizni KXShTdan tashqarida deb hisoblaymiz” — Armaniston bosh vaziri
5 dekabr 2024, 00:25

“Biz o‘zimizni KXShTdan tashqarida deb hisoblaymiz” — Armaniston bosh vaziri

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat o‘zini Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)dan tashqarida deb hisoblashi va bu masalada ortga qaytmas nuqta bosib o‘tilganini ta’kidladi. Tog‘li Qorabog‘dagi mojarolar fonida Armaniston KXShTdagi ishtirokini muzlatgan va uni moliyalashtirishni to‘xtatgan.

Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegarasi uchastkalarining tavsifini to‘liq yakunladi
4 dekabr 2024, 19:49

Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegarasi uchastkalarining tavsifini to‘liq yakunladi

Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari umumiy davlat chegarasini to‘liq tavsiflashni yakunladi. Qirg‘iziston MXDQ raisi bir necha oydan so‘ng masala “butunlay hal bo‘lishini” ta’kidladi.

«Jamoatchilik shokda». Janubiy Koreya OAV harbiy holat joriy etishga urinish haqida nimalar yozmoqda?
4 dekabr 2024, 19:48

«Jamoatchilik shokda». Janubiy Koreya OAV harbiy holat joriy etishga urinish haqida nimalar yozmoqda?

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolning harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi qarori jamiyatni qattiq larzaga soldi va yetakchining yanada siyosiy yakkalanib qolishiga olib keldi. Mahalliy OAV voqealardan qanday xulosalar chiqarmoqda — «Gazeta.uz» materialida.

Namibiyada birinchi marta ayol kishi prezident bo‘ldi
4 dekabr 2024, 18:57

Namibiyada birinchi marta ayol kishi prezident bo‘ldi

Namibiya vitse-prezidenti, 72 yoshli Netumbo Nandi-Ndaitva bahsli saylovlardan so‘ng mamlakatning birinchi ayol prezidentiga aylandi. Logistik muammolar va mamlakatning ba’zi hududlarida ovoz berish uch kunga uzaytirilgani sababli aksariyat muxolifat partiyalar natijalarni boykot qildi.

Janubiy Koreya muxolifati prezident impichmenti jarayonini boshladi, mudofaa vaziri iste’foga chiqdi
4 dekabr 2024, 15:28

Janubiy Koreya muxolifati prezident impichmenti jarayonini boshladi, mudofaa vaziri iste’foga chiqdi

Muxolifatdagi partiyalar harbiy holat e’lon qilgan, keyin esa uni bekor qilgan prezident Yun Sok Yolga qarshi impichment tashabbusi bilan chiqdi. Mudofaa vaziri Kim Yon Xyon iste’foga chiqdi. Mahalliy OAV mamlakat rahbariga harbiy holat joriy etishni aynan u taklif qilgani haqida xabar berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting