Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) Erondagi raketa ishlab chiqaruvchi korxonalarga havo hujumlarini uyushtirdi. Zarbalar 3,5 soat davom etdi, 100 dan ortiq samolyot uchirilgani aytilmoqda. Eron qurbonlar yo‘qligi, zarar ko‘lami aniqlanayotganini ma’lum qildi.
2025-yildan Moskvada eksperiment doirasida migrantlarga ular haqidagi “barcha ma’lumotlar” mavjud bo‘lgan elektron guvohnomalar berish boshlanadi. Shuningdek, Moskva aeroportlarida barcha xorijliklar uchun biometrik nazorat joriy etiladi.
Qatarda ikki oylik tanaffusdan so‘ng G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar tiklanadi.
Tadqiqotchilar guruhi bir paytlar Ipak yo‘li o‘tgan O‘zbekiston tog‘larida ikkita o‘rta asr shahrining qoldiqlarini aniqladi. Ular dengiz sathidan 2000 metrdan ham balandroq joyda joylashgan bo‘lib, olimlarning taxminiga ko‘ra, temir rudasi qazib olish maqsadida bunyod etilgan.
Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev davlat madhiyasi eskirganini aytib, u qayta yozilishini bildirdi. “Madhiyamizni 5 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolar oson kuylashi uchun qayta yozamiz”, — dedi spiker.
Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Mo‘g‘uliston xalqaro qamoqqa olish orderi amal qilayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni o‘z hududida hibsga olmasdan, Rim statutini buzganlikda aybladi. Putin sentabr oyida Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurgandi.
Buyuk Britaniya 2025-yil 1-iyundan bir martalik veyplarni sotishni taqiqlaydi. Bu chora o‘smirlarni himoyalash va atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan. Taqiqning kiritilishi jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Qozondagi BRIKS sammiti davomida 13 ta davlat birlashmaning hamkor davlatlari maqomini olishi haqida so‘z bordi. Ular qatorida O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston va Belarus bor.
Bir qator Britaniya hamdo‘stligi davlatlari 17−19 asrlardagi transatlantik qul savdosi uchun Britaniyadan kompensatsiya undirish masalasini ko‘tarishni rejalashtirmoqda.
Turkiya harbiylari Anqaradagi Turkish Aerospace shtab-kvartirasiga qilingan hujumga javoban Iroq va Suriyadagi Kurdiston ishchi partiyasi obyektlariga zarbalar berdi. Turkiya hukumati KIP hujumga aloqadorligini aytmoqda.
Ukrainaning NATOga zudlik bilan taklif etilishiga AQSh va Germaniyadan tashqari, Vengriya, Slovakiya, Belgiya, Sloveniya va Ispaniya ham qarshi, deb yozmoqda Politico. Urush tugashidan oldin Ukrainaning NATOga rasman taklif qilinishi Zelenskiyning “g‘alaba rejasi”dagi birinchi banddir.
BRIKS mamlakatlari sanksiyalarni bekor qilishni zarur deb hisoblaydi, shuningdek, ular Yaqin Sharq va Ukrainadagi qurolli mojarolar bo‘yicha pozitsiyasini belgilab, ko‘p qutbli dunyo tuzilishi tarafdori ekanini bildirdi. Shuningdek, sammitda Qozon deklaratsiyasi qabul qilindi. Asosiy ma’lumotlar.
Norvegiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanmoqda. Hozirda mamlakatda bunday cheklov 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qiladi. Avvalroq Avstraliyada ham bu masala ko‘rib chiqilayotgandi.
AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Detroyt shahrida Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlash mitingida rep o‘qidi. Shuningdek, Eminem chiqish qilib, saylovlarga borish va Harris nomzodini qo‘llab-quvvatlashni so‘radi. Avvalroq Donald Tramp McDonaldʼs`da kartoshka qovurgandi.
Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun Rossiyaga 3000 nafar harbiyni yubordi, deb xabar berdi Janubiy Koreya razvedkasi. Pentagon KXDR askarlari Rossiyaga jo‘natilganini tasdiqladi, ammo ular u yerda nima bilan mashg‘ul ekani hozircha noma’lumligini bildirdi.
Turkiyaning Turkish Aerospace aviakompaniyasi bosh qarorgohi yaqinida terakt sodir bo‘ldi, besh kishi halok bo‘ldi, 22 kishi yaralandi.
Yangilandi: Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 28−29-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lishi reja qilingandi. Biroq uning tashrifi keyinga qoldirildi.
Belarus prezidenti saylovi 2025-yil 26-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 2020-yildagi saylovlar Lukashenko rejimiga qarshi norozilik namoyishlari fonida kechgandi.
Isroil mudofaa armiyasi “Hizbulloh” guruhi ijroiya kengashi rahbari Hoshim Safiddin o‘ldirilganini tasdiqladi. U guruhning o‘ldirilgan yetakchisi Hasan Nasrullohga voris sifatida ko‘rilardi.
Vetnam parlamenti general Liong Kiongni mamlakat prezidenti etib sayladi. Uning nomzodini yig‘ilishda qatnashgan 440 nafar deputatning barchasi qo‘llab-quvvatladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting