AQShning Florida shtati hukumati “Milton” to‘foni xavfi tufayli 5,5 milliondan ortiq odamni evakuatsiya qilishga chaqirdi. Evakuatsiya shtat tarixidagi eng yiriklaridan biri bo‘ldi.
Devid Beyker, Demis Xassabis va Jon Jumper 2024-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari bo‘ldi. Olimlarga mukofot sun’iy intellektdan foydalanib, oqsillar tuzilishini aniqlagani va yangi turlarini yaratishdagi ishlari uchun taqdim qilindi.
Qozog‘iston hukumati AES qurish bo‘yicha beshtagacha davlatni o‘z ichiga oladigan xalqaro konsorsium tuzish niyatida. Yetkazib beruvchilarni tanlash bo‘yicha qaror kelasi yili qabul qilinadi.
Isroil Livan janubida “Hizbulloh"ga qarshi quruqlikdagi operatsiyasini kengaytirganini ma’lum qildi. Guruh Isroil hududiga yuzlab raketalar uchirdi. So‘nggi uch hafta ichida Livanda 1400 dan ortiq odam halok bo‘ldi.
Fizika bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalangan holda mashinali o‘qitishni ta’minlaydigan asosiy kashfiyotlar va ixtirolar uchun Jon Xopfild va Jeffri Xintonga berildi.
Ukraina qo‘shinlari Rossiya armiyasini og‘ir janglarda imkon qadar charchatish maqsadida sekin-asta Donbass shaharlaridan chekinmoqda, biroq bu taktika muvaffaqiyatli bo‘ladimi yo yo‘q — hozircha noma’lum, deb yozdi New York Times Kiyevning harbiy strategiyasi tahlilida.
Tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti genlar faoliyatini boshqaruvchi mikroRNK molekulalarini kashf etgan Viktor Ambros va Gari Ruvkunga berildi.
Qozog‘iston Markaziy komissiyasi AES qurish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumning dastlabki natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, referendumda ishtirok etgan 5,56 million yoki 71,12 foiz fuqaro AES qurishni yoqlab ovoz berdi.
Yevropa Ittifoqi davlatlari so‘nggi yillarda Yevropa bozoridagi ulushini sezilarli darajada oshirgan Xitoy elektromobillariga tariflarni ko‘tarishga ovoz berdi.
AQSh janubi-sharqida sodir bo‘lgan “Helen” to‘foni 200 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi, yuzlab odamlar bedarak yo‘qoldi. Bir qator shtatlarda 850 mingdan ortiq aholi elektrsiz qolmoqda.
Qozog‘iston 2015-yildan beri ilk marta yevroobligatsiyalar chiqaradi. Mamlakat Moldova investorlari bilan uzoq muddatli kelishmovchilikni hal qilgandan so‘ng yevrobondlar chiqarishni boshlashga muvaffaq bo‘ldi.
Singapur sudi sobiq transport vazirini biznesmenlardan qimmatbaho sovg‘alar olganlikda aybdor deb topib, bir yilga ozodlikdan mahrum qildi. Siyosatchi aybiga iqror bo‘ldi. Bu ish mamlakatda katta rezonansga sabab bo‘ldi — so‘nggi 40 yil ichida bu vazir bilan bog‘liq birinchi korrupsiya mojarosi hisoblanadi.
AQSh va G7 ning boshqa davlatlari Isroilni Eronning yadroviy obyektlariga zarba berishdan ogohlantirdi. G‘arb OAV obyektlar Tehron raketa hujumiga javoban Tel-Aviv uchun nishon bo‘lishi mumkinligini yozmoqda.
Buyuk Britaniyaning oxirgi ko‘mir elektr stansiyasi yopildi. Mamlakat “Katta yettilik” orasida elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mirdan foydalanishdan butunlay voz kechgan ilk davlat bo‘ldi.
Ukraina Donetsk viloyati janubi-g‘arbidagi Ugledardan qo‘shinlarini olib chiqdi, shahar Rossiya nazoratida bo‘lib turibdi. Aholi punkti uchun janglar so‘nggi ikki yildan beri davom etmoqda, hudud butunlay vayron bo‘lgan.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilda persona non grata deb e’lon qilindi. Bu bilan Guterrishning Isroilga kirishi ta’qiqlandi. Isroil tashqi ishlar vaziri buning sababi sifatida bosh kotib Eronning Isroilga qilgan hujumini “qat’iy qoralay olmagani”ni keltirdi.
Isroil Eronning ommaviy raketa hujumlariga “muhim javob zarbasi”ni tayyorlamoqda. Ehtimoliy nishonlar Eronning neft va yadroviy obyektlari bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda G‘arb OAV.
Seshanba kuni kechqurun Eron Isroilga 181 ta ballistik raketa uchirdi. 3 kishi yaralangani xabar qilingan. O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarni raketa otishmalari vaqtida bomba boshpanalariga kirish va har doim o‘zlari bilan hujjatlarini olib yurishga chaqirdi.
Bir qator ommaviy axborot vositalari Isroil Livan janubida harbiy operatsiya boshlaganini ma’lum qildi. Isroilning o‘zi esa bu “Hizbulloh” infratuzilmasiga qaratilgan cheklangan operatsiya ekanini ta’kidlamoqda. Reuters Livandagi qochqinlar lageriga zarba berilganini yozdi.
AQShning “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV” (Green Card) dasturida qatnashish uchun anketa to‘ldirish 2-oktabrdan 5-noyabrgacha davom etadi. Bu yil AQSh hukumati dastur uchun 55 ming viza ajratganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting