Tolibon Afg‘onistonda ayollarga “vasvasaga tushmaslik va boshqalarni ham vasvasaga solmaslik” uchun yuzlari ochiq holda sahnada ko‘rinishni, shuningdek, jamoat joylariga chiqishni rasman taqiqladi. Taqiqlar Illatlar va fazilatlar to‘g‘risidagi qonunlarning birinchi deklaratsiyasiga kiritildi.
Rossiya sanksiyalar tufayli importi taqiqlangan Amerika mikrosxemalarini Ukrainaga muntazam zarba berishda qo‘llash uchun sotib olishda davom etmoqda. Bunda yakuniy oluvchi sifatida boshqa davlatdagi kompaniyani ko‘rsatish kifoya qilmoqda, xususan, O‘zbekiston yangi tranzit nuqtasiga aylandi, deb yozdi The Insider.
Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov rossiyalik tadbirkorlarga qarshi sanksiyalarni “ulkan xato” deb atadi. Uning aytishicha, u sanksiyalarga qarshi kurashishda davom etmoqda va sanksiyalarga uchragan oilasini himoya qilmoqda.
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Pokrovsk shahrini — boshqa yirik shaharlarga yo‘l ochadigan muhim strategik maqsadni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi, deb yozadi Economist. Rasmiylar mahalliy aholini evakuatsiya qilishni boshladi.
Ostonada Qozog‘istondagi birinchi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha so‘nggi ommaviy eshituvlar bo‘lib o‘tdi. Avvalroq prezident Qosim-Jomart Toqayev AES bo‘yicha referendum kuzda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.
Aleksandr Lukashenko MDHning ba’zi davlatlari Rossiyadan faqat foyda olishga intilayotgani haqida gapirgandi. U misol sifatida KXSHTning Qozog‘istondagi yanvar voqealaridagi harakatini eslatdi. Bayonotdan so‘ng Belarus elchisi Qozog‘iston TIVga taklif etildi va Ostona pozitsiyasini xolisona baholash so‘raldi.
May oyida halok bo‘lgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyoti noqulay ob-havo sharoiti va ortiqcha yuk — me’yordan ko‘p yo‘lovchilar tufayli qulagani aniqlandi.
Demokratik partiya Kamala Harrisni prezidentlikka nomzod sifatida rasman tasdiqladi. U Amerika yetakchi partiyalaridan birining davlat rahbari lavozimiga nomzodi ilgari surilgan birinchi qora tanli ayol va birinchi osiyolik ayolga aylandi.
Rossiyaning tashqi savdosi, G‘arb sanksiyalariga qaramay, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vositachilar tufayli “gullab-yashnashda” davom etmoqda. Sanksiyalardan qochishga yechim topish uchun Yevropa Ittifoqi ushbu mamlakatlar hukumatlaridan yordam so‘rashi kerak, biroq bu oson ish emas, deb yozdi The Economist.
Ozarbayjon BRIKSga a’zo bo‘lish uchun rasman ariza topshirdi. Ittifoq so‘nggi bor 2024-yil yanvarida kengaygandi, o‘shanda unga beshta davlat, jumladan, BAA va Eron ham qo‘shilgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden Demokratik partiya qurultoyida prezidentlik faoliyatini sarhisob qilib, xayrlashuv nutqini irod etdi. U yana “demokratiyani saqlab qolish” uchun Donald Trampni mag‘lub etishga chaqirdi va Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlab, tajribali va nihoyatda halol deb atadi.
Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi ayollarga nisbatan o‘taketgan nafrat — mizoginiyani ekstremizmga tenglashtirish rejalarini e’lon qildi. IIV rahbari ekstremizmning ortib borishi Britaniya demokratiyasiga tahdid solayotganini ta’kidladi.
Qozog‘iston SSV mamlakatga maymunchechak kirib kelishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilganini ma’lum qildi. Xususan, aeroportlar va chegara o‘tish joylarida nazorat choralari kuchaytirildi. Vazirlik endemik mamlakatlarga boruvchi fuqarolarga tavsiyalar berdi.
Fransiyaning mashhur aktyorlaridan biri Alen Delon 88 yoshida vafot etdi.
Iroq parlamenti, huquq himoyachilari fikricha, qizlar uchun nikoh yoshini 9 yoshga tushirish va diniy idoralarga nikoh masalalarini qaytadan tartibga solish imkonini beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bir qator shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘iston G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga o‘z manfaatlariga zarar keltirish orqali “ko‘r-ko‘rona ergashmaydi”, dedi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston ikkinchi darajali sanksiyalar ostida “qolmaslik” uchun qoidalarga amal qilishda davom etadi.
JSST ikki yil ichida ikkinchi bor maymunchechak epidemiyasini sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat deb e’lon qildi. Qaror Kongo Demokratik Respublikasida infeksiya avj olgani va kasallik qo‘shni davlatlarga ham tarqalgani fonida qabul qilindi.
15-avgustga o‘tar kechasi Hindistonning Kalkutta shahrida o‘n minglab ayollar gender zo‘ravonligiga qarshi tungi marshga chiqdi. Aksiyaga shahar shifoxonalaridan birida ishlagan stajyor hamshiraning uzun ish vaqtidan so‘ng zo‘rlangani va o‘ldirilgani sabab bo‘ldi.
AQSh Adliya vazirligi Google’ni majburan bir necha qismlarga bo‘lish hamda Android operatsion tizimi va Chrome brauzeridan mahrum qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq sud kompaniyani qidiruv tizimlari bozorida monopolist deb topgandi.
Tailand konstitutsiyaviy sudi bosh vazir Settha Thavisinni axloq qoidalarini buzgani sababli lavozimidan chetlatish uchun ovoz berdi. U o‘z idorasiga o‘tmishda korrupsiya ishi bo‘yicha sudlangan advokatni tayinlagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting