Arxiv

Andijondagi sement zavodi insofsiz raqobat uchun 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi
27 avgust 2024, 20:49

Andijondagi sement zavodi insofsiz raqobat uchun 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi Shangfeng-Bridge of Friendship sement zavodi bilan bog‘liq tekshiruvni yakunladi. Kompaniya birja savdolarida demping va raqobatni cheklagani uchun 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi.

Toshkent metrosining “O‘zgarish” bekatida yong‘in yuzaga keldi
27 avgust 2024, 20:31

Toshkent metrosining “O‘zgarish” bekatida yong‘in yuzaga keldi

Metropolitenning “O‘zgarish” bekatida relsdagi qisqa tutashuv sabab yong‘in yuzaga keldi. Holat 4 daqiqada bartaraf etildi va harakat tiklandi. Yong‘inda hech kimga jarohat yetmadi.

35 ta holatda o‘qituvchi va shifokorlar “Tashabbusli budjet”ga ovoz yig‘ishga majburlangan bo‘lishi mumkin — IMV
27 avgust 2024, 19:45

35 ta holatda o‘qituvchi va shifokorlar “Tashabbusli budjet"ga ovoz yig‘ishga majburlangan bo‘lishi mumkin — IMV

“Tashabbusli budjet” loyihalariga ovoz berish jarayonida respublika bo‘ylab ovoz yig‘ishga majburlash holatlari bo‘yicha 39 ta shikoyat kelib tushdi, deb yozdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Ularning 35 tasi o‘qituvchi va shifokorlar bilan bog‘liq. Agar ular o‘z tasdig‘ini topsa, loyihalar jarayondan chetlatiladi.

ANORBANK to‘rt yoshini qanday nishonladi
27 avgust 2024, 19:00

ANORBANK to‘rt yoshini qanday nishonladi

ANORBANK o‘zining to‘rt yilligi munosabati bilan an’anaga ko‘ra bolalar uchun xayriya bayramini tashkil etdi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish rejalashtirilmoqda
27 avgust 2024, 18:58

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish rejalashtirilmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari jamiyat hayotida yuqori natijalarga erishgan biznes vakillarini taqdirlash tizimini yaratish uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etmoqchi. Ular bu yoshlarning tadbirkorlik va biznesga qiziqishini oshiradi, degan fikrda.

TBC Bank bilan maktabga tayyorgarlik: ota-onalar uchun amaliy maslahatlar
27 avgust 2024, 18:00

TBC Bank bilan maktabga tayyorgarlik: ota-onalar uchun amaliy maslahatlar

TBC Bank ota-onalarga bolani minimal xarajatlar bilan maktabga tayyorlash bo‘yicha amaliy maslahatlar berib, kutilmagan xarajatlarni qoplash bo‘yicha yechimlar bilan o‘rtoqlashdi.

Qirg‘izistonda internetdagi dezinformatsiya uchun fuqarolarga jarima solish taklif etildi
27 avgust 2024, 17:21

Qirg‘izistonda internetdagi dezinformatsiya uchun fuqarolarga jarima solish taklif etildi

Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi OAV va internetda yolg‘on ma’lumotlarni tarqatganlik uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga jarimalar joriy etishni taklif qildi. Vazirlikning fikricha, bu “internet-kontent iste’molida tanqidiy fikrlash zarurligi yuzasidan aholi xabardorligini oshiradi”.

Mehmonxona, TJM, to‘qimachilik korxonalari va do‘stlik bog‘i: Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev qanday loyihalarni boshlab berdi?
27 avgust 2024, 17:11

Mehmonxona, TJM, to‘qimachilik korxonalari va do‘stlik bog‘i: Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev qanday loyihalarni boshlab berdi?

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ikki davlatda qiymati 520 mln dollar bo‘lgan 7 ta loyihani ishga tushirdi. Ritz-Carlton mehmonxonasi, turar joy majmuasi, Qashqadaryodagi gips mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi, to‘qimachilik korxonalari, Ozarbayjondagi do‘stlik bog‘i shular jumlasidan.

Fitch — O‘zbekistonning islohotlar va boshqaruvdagi taraqqiyoti, inflyatsiya va davlat qarzi haqida
27 avgust 2024, 16:23

Fitch — O‘zbekistonning islohotlar va boshqaruvdagi taraqqiyoti, inflyatsiya va davlat qarzi haqida

Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren reytingini VV- darajasida qoldirdi. Agentlik davlat qarzining past darajasi, YAIMning yuqori o‘sishi va islohotlardagi taraqqiyotni qayd etdi. Bu YAIM pastligi, davlat boshqaruvi zaifligi, lekin yaxshilanayotgani, iqtisodiyotda davlat ulushi yuqoriligi bilan muvozanatlashadi.

OTB O‘zbekiston bilan yangi 5 yillik hamkorlik strategiyasini boshladi
27 avgust 2024, 16:13

OTB O‘zbekiston bilan yangi 5 yillik hamkorlik strategiyasini boshladi

OTBning O‘zbekiston bo‘yicha yangi strategiyasi mamlakatning yashil iqtisodiyotga o‘tishini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Bank energetika, davlat sektori va tabiiy resurslarni boshqarish, moliya, transport, qishloq xo‘jaligi va shaharsozlik sohalarida loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari — yangi aviaqatnovlar, Toshkent va Bokudagi “Boqiy shahar” majmualari, dengiz orqali yuk tashish haqida
27 avgust 2024, 16:11

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari — yangi aviaqatnovlar, Toshkent va Bokudagi “Boqiy shahar” majmualari, dengiz orqali yuk tashish haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmonlari bilan uchrashuvda qo‘shma investitsiya fondi miqdorini, aviaqatnovlar sonini oshirish, Boku va Toshkentda “Boqiy shahar” majmualarini qurish taklifini bildirdi. “Bokuda o‘zbek tuprog‘i, Toshkentda Ozarbayjon tuprog‘i bo‘ladi”, — dedi u.

To‘raqo‘rg‘on tumaniga hokim tayinlandi
27 avgust 2024, 15:54

To‘raqo‘rg‘on tumaniga hokim tayinlandi

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumaniga Sherali Qosimov hokim etib tayinlandi. U mazkur lavozimga qadar Pop tumani hokimi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Afg‘onistondan o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlar O‘zbekistonda qoladi — AQSh elchisi
27 avgust 2024, 15:47

Afg‘onistondan o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlar O‘zbekistonda qoladi — AQSh elchisi

O‘zbekiston va AQSh 2021-yilning avgustida Afg‘onistondan olib o‘tilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlar taqdiri bo‘yicha kelishuvga erishdi. Amerika elchisi Jonatan Henik ular O‘zbekistonga o‘tkazilishini bildirdi.

Isroilning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
27 avgust 2024, 15:17

Isroilning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Gideon Lustig Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘ldi. U bungacha Isroil Tashqi ishlar vazirligida faoliyat yuritgan.

Agalarov Development kompaniyasi Toshkentda 133 mln dollarga turar joy majmuasi va mehmonxona quradi
27 avgust 2024, 14:53

Agalarov Development kompaniyasi Toshkentda 133 mln dollarga turar joy majmuasi va mehmonxona quradi

Ozarbayjonning Agalarov Development kompaniyasi Toshkent shahrining Mirobod tumanida turar joy majmuasi va mehmonxona qurilishi boshlanganini ma’lum qildi. Loyiha qiymati 133 mln dollarga baholanmoqda.

Qozog‘istonning Kaspi kompaniyasi O‘zbekistonda Humo to‘lov tizimini qo‘lga kiritmoqchi
27 avgust 2024, 14:04

Qozog‘istonning Kaspi kompaniyasi O‘zbekistonda Humo to‘lov tizimini qo‘lga kiritmoqchi

Qozog‘istonning Kaspi fintex kompaniyasi O‘zbekistonda Humo to‘lov tizimini xususiylashtirishda ishtirok etishni va “ushbu mamlakatda texnologiyalarni rivojlantirishga katta sarmoya kiritishni” rejalashtirmoqda.

Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
27 avgust 2024, 13:29

Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Orif Raxmonkulov Sirdaryoning Mirzaobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanni bir yil ham boshqarmagan sobiq hokimni iyul oyida prezident ishdan olgandi.

Deputatlar raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
27 avgust 2024, 13:04

Deputatlar raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Qonunchilik palatasi kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun raqamli dalillar to‘g‘risidagi qonunni ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Birinchi o‘qishda deputatlar e’tiroziga sabab bo‘lgan norma chiqarib tashlandi. Hujjat avval 2 marta rad etilgandi.

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
27 avgust 2024, 12:26

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan Toshkentdan Nukus, Buxoro, Termiz, Urganch, Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Yunusabad Residence TJM kottejlarining yangi egalariga BYD Chazor sovg‘a qilinadi
27 avgust 2024, 11:00

Yunusabad Residence TJM kottejlarining yangi egalariga BYD Chazor sovg‘a qilinadi

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Yunusabad Residence turar joy majmuasidagi kottejlarning yangi egalariga BYD Chazor avtomobili sovg‘a qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting