Arxiv

O‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikka tortilmaydi
29 avgust 2024, 09:08

O‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikka tortilmaydi

Endilikda o‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod qilinadi. Ilgari bunday norma mavjud bo‘lmagan.

Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatov muddatidan oldin podpolkovnik bo‘ldi
29 avgust 2024, 08:43

Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatov muddatidan oldin podpolkovnik bo‘ldi

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovga “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni va muddatidan oldin podpolkovnik harbiy unvoni berildi.

OTMlarning magistratura bosqichiga qabul natijalari e’lon qilindi
28 avgust 2024, 23:47

OTMlarning magistratura bosqichiga qabul natijalari e’lon qilindi

Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga qabul natijalari e’lon qilinmoqda. Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali tekshirishi mumkin.

28-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
28 avgust 2024, 23:31

28-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Mustaqillik bayramida xavfsizlik uchun javobgar 30 ming xodim, “Tolibon"ning aviatexnikalar O‘zbekistonda qolishiga e’tirozi, festival o‘tkazish yo‘lni asfalt qilishdan muhimroqligini aytgan vazir, olimpiyachilarga mukofot topshirgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“O‘qituvchilarning maoshi qachon 1000 dollarga yetadi?” Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining javobi
28 avgust 2024, 23:12

“O‘qituvchilarning maoshi qachon 1000 dollarga yetadi?” Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining javobi

MMTV rahbari Hilola Umarova o‘qituvchilarning maoshi qachon 1000 dollarga yetishi haqidagi savolga javob berdi. Hozirda 6000 dan ortiq o‘qituvchi (1,1%) bonuslar bilan qo‘shganda shunday maosh oladi. Vazir o‘rinbosari Temurjon Komilov barcha o‘qituvchilar bir vaqtda 1000 dollar olishining iloji yo‘qligini aytdi.

Olimpiya medallari jadvali bizga nimalar haqida hikoya qiladi?
28 avgust 2024, 22:16

Olimpiya medallari jadvali bizga nimalar haqida hikoya qiladi?

Shavkat Mirziyoyev Parij olimpiadasi ishtirokchilari bilan uchrashuvda Financial Times kolumnisti Saymon Kuperning “Olimpiya medallari jadvali bizga nimalar haqida hikoya qiladi?” nomli maqolasidan iqtibos keltirdi. “Gazeta.uz” ushbu maqolaning tarjimasini havola etadi.

Fuqarolardan elektr energiyasi va gaz uchun qarzdorlikni undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
28 avgust 2024, 22:13

Fuqarolardan elektr energiyasi va gaz uchun qarzdorlikni undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Prezident aholidan elektr energiyasi va gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ilgari qonun hujjatlaridagi bo‘shliqlar tufayli 7700 dan ortiq qarzdor fuqaro tarmoqdan majburiy ravishda uzilmagan.

YTTB O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarishni dekarbonizatsiyalash bo‘yicha pilot loyihani qo‘llab-quvvatlaydi
28 avgust 2024, 21:17

YTTB O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarishni dekarbonizatsiyalash bo‘yicha pilot loyihani qo‘llab-quvvatlaydi

YTTB Markaziy Osiyodagi birinchi qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi. 20 MVt quvvatga ega elektroliz uskanasi va 52 MVt quvvatga ega shamol stansiyasi ammiakli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda qo‘llanadigan kulrang vodorodni qayta tiklanadiganiga almashtirishga yordam beradi.

Zo‘ravonlik qurbonlari uchun himoya orderi onlayn beriladi
28 avgust 2024, 20:40

Zo‘ravonlik qurbonlari uchun himoya orderi onlayn beriladi

Hukumat zo‘ravonlik qurbonlariga himoya orderi berish tartibini yangiladi. Endi u profilaktika inspektori tomonidan zo‘ravonlik aniqlangan va davlat xizmatlari portali orqali to‘ldirilgan paytdan boshlab 24 soat ichida beriladi.

Toshkent metropoliteni beshta bekatning o‘n yillar avval qurilishi tugallanmagan vestibyullarini ochadi
28 avgust 2024, 20:22

Toshkent metropoliteni beshta bekatning o‘n yillar avval qurilishi tugallanmagan vestibyullarini ochadi

Toshkent metropolitenining “Milliy bog‘” bekatida ikkinchi vestibyulni ochish ishlari boshlandi. Avvalroq metropoliten hukumat beshta stansiyaning bir necha o‘n yillar oldin foydalanishga topshirilgan paytda qurilishi tugallanmay qolgan ikkinchi chiqish yo‘llarini ochishga ruxsat berganini ma’lum qilgandi.

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi olib o‘tilgan samolyotlarning O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqdi
28 avgust 2024, 20:06

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi olib o‘tilgan samolyotlarning O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqdi

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi mamlakatdan olib chiqilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlarning O‘zbekistonda qolishiga qarshi chiqdi va aviatexnikalar taqdiri bo‘yicha har qanday kelishuv “qabul qilib bo‘lmaydigan” ekani va AQShning “afg‘on xalqi mulkini O‘zbekistonga xayriya qilishga haqqi yo‘q”ligini ta’qidladi.

“Festivallar o‘tkazish ko‘chani asfalt qilishdan muhimroq” — Ozodbek Nazarbekov
28 avgust 2024, 19:58 1

“Festivallar o‘tkazish ko‘chani asfalt qilishdan muhimroq” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri “Maqom”, “Baxshichilik”, “Sharq taronalari” kabi festivallarning ahamiyatiga to‘xtalib, inson madaniyatiga tahdid bostirib kelayotganini aytdi. “Bu muammoga qarshi kurashish bitta ko‘chani asfalt qilgandan muhimroq. Festivallar inson kelajagini asrab qolishda muhim”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston KXDR va Qirg‘izistonga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e’lon qildi
28 avgust 2024, 19:15

JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston KXDR va Qirg‘izistonga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e’lon qildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi KXDR va Qirg‘izistonga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomani e’lon qildi. Shimoliy koreyaliklar bilan o‘yin 5-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev 79 yoshida vafot etdi
28 avgust 2024, 18:06

Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev 79 yoshida vafot etdi

Fanlar akademiyasi prezidenti, fizik olim, professor Behzod Yo‘ldoshev 79 yoshida vafot etdi. Uning ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasiga oid bo‘lgan. U Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE)da ilmiy maslahatchi bo‘lib ham ishlagan.

“Kelgusi Olimpiadada kuchli o‘nlikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi” — prezident
28 avgust 2024, 17:11

“Kelgusi Olimpiadada kuchli o‘nlikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi” — prezident

Prezident Olimpiada g‘oliblari bilan uchrashuvda 2028-yilgi o‘yinlarga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ta’kidladi. “Kelgusi Olimpiadada kuchli o‘nlikka kirish bosh maqsadimiz bo‘ladi”, — dedi prezident ommaviy sportni rivojlantirish borasidagi vazifalarni belgilab berarkan.

Prezident olimpiyachilarga mukofotlarni topshirdi
28 avgust 2024, 16:27

Prezident olimpiyachilarga mukofotlarni topshirdi

Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga davlat mukofotlari topshirildi. Prezident sportchi va murabbiylarga minnatdorlik bildirib, qaysi sport turlari bo‘yicha harakatlarni kuchaytirish kerakligini aytdi. Kelgusida sportchilarni tayyorlash dasturlari qabul qilinib, xorijlik mutaxassislar jalb etiladi.

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqiga nisbatan eng qimmat uylar qayerda?
28 avgust 2024, 14:54

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqiga nisbatan eng qimmat uylar qayerda?

Markaziy bank aholining o‘rtacha ish haqi va uy-joy narxlarini taqqosladi. Eng qimmat uy-joylar Samarqand viloyati va Toshkentga to‘g‘ri keldi. Xarid qobiliyati deyarli barcha hududlarda yomonlashdi. “Gazeta.uz” 50 kvadrat metrli kvartirani sotib olish uchun necha yillik ish haqi kerakligini hisoblab chiqdi.

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi
28 avgust 2024, 14:19

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi

O‘zbekistonda pensiya to‘lovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning sentabr oyi uchun pensiya to‘lovlari 1-sentabr kuniga qadar o‘tkazib beriladi.

“Muqobil energiya manbalarini o‘rnatish — davlat siyosati” — prezident
28 avgust 2024, 14:17

“Muqobil energiya manbalarini o‘rnatish — davlat siyosati” — prezident

Prezident muqobil energiya manbalarini o‘rnatishni davlat siyosati deb atadi. O‘zbekistondagi 1 mln xonadonning isitish tizimini energiya tejamkoriga almashtirish, aholi va tadbirkorlarga 973 MVt quvvatli qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.

Raqobat qo‘mitasi reklamada to‘liq ma’lumot bermagani uchun “Ipak yo‘li” bankiga jarima qo‘lladi
28 avgust 2024, 12:11

Raqobat qo‘mitasi reklamada to‘liq ma’lumot bermagani uchun “Ipak yo‘li” bankiga jarima qo‘lladi

Raqobat qo‘mitasi omonat turlari reklamasida muhim ma’lumotlar to‘liq berilmagani uchun “Ipak yo‘li” bankiga moliyaviy jarima qo‘lladi. Bankka qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting