Toshkent shahrining Sergeli tumanida MAN va HOWO yukmashinalari hamda Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda yuk mashinalari haydovchilari jarohat oldi.
“O‘zbekenergota’mir” AJ AQShning General Electric Global Parts and Products GmbH korporatsiyasi bilan 60 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Shartnoma doirasida O‘zbekistondagi elektrostansiyalarning energobloklari modernizatsiya qilinadi va yangi ehtiyot qismlari yetkazib beriladi.
Farg‘onada “Qizil kitob”ga kiritilgan 83 dona toshbaqani chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Ulardan 5 donasi noto‘g‘ri tashilganligi sababli zararlangan. Jonzotlar sud qarori chiqquniga qadar hayvonot bog‘iga topshirildi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Maykl Kurilla bilan uchrashdi. Tomonlar harbiy sohada hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi aktrisa va boshlovchi Nilufar Hamidovani uzun kesmali libosda sahnaga chiqqani litsenziya talablarini buzish deb baholangani uchun ogohlantirdi. Tashkilot aktrisaning fotosuratlarida oyoq va ko‘ylakning tepa qismini xiralashtirdi.
Belarus fuqarolariga mamlakatga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish, saqlash, sotish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish taqiqlandi. Endi dronlarni faqat yuridik shaxslar va tashkilotlar tadbirkorlik hamda professional faoliyat maqsadida ishlatishi mumkin.
Xitoyning King Long kompaniyasi “Toshshahartransxizmat”ga 18 metrli elektrobusni topshirdi. Xabar qilinishicha, u yaqin kunlarda yo‘nalishlardan birida harakatlana boshlaydi.
26-sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Qo‘shtepa tumanida maktab o‘quvchisi 5 yoshli bolani pnevmatik qurol bilan otib qo‘ydi. 5 soat davom etgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng bolaning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekistonda “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Nishon har yili 16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni arafasida topshiriladi. U bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida pul beriladi.
Tojikiston hududlarida elektr energiyasida ommaviy uzilishlar kuzatilmoqda. Qator shaharlar aholisining so‘zlariga ko‘ra, elektr toki kunduzi ham, kechasi ham o‘chirilmoqda. Energetika xizmatlari buni qish oldidan ta’mirlash ishlari olib borilayotgani bilan izohladi.
Bir kun avval evakuatsiya boshlanganidan buyon Tog‘li Qorabog‘dan Armanistonga 6500 dan ortiq qochqin yetib keldi. Tan olinmagan respublika rasmiylari hududni 120 mingdan ortiq etnik armanlar tark etmoqchi ekanini ma’lum qildi.
Navbatdagi “Alifbo islohoti"ga jamoatchilik munosabati, CAU (Akfa) universiteti atrofidagi mojaro tafsilotlari, “Antistrumin” ishlab chiqaruvchi Samo zavodida tekshirish boshlangani, emlanmaganlar orasida tarqalayotgan ko‘kyo‘tal, Chilonzorda yana daraxtkushlik va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Qirg‘iziston hukumati “oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” maqsadida olti oyga un va bug‘doy eksportini taqiqladi. So‘nggi haftalarda mamlakatda mahalliy bozorning 50 foizini egallagan Qozog‘iston uni narxi keskin oshdi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” xolding kompaniyasiga aylantiriladi. Prezident aholi chipta sotishdagi korrupsiya, vagonlardagi shart-sharoitlar va xizmat ko‘rsatishdan noroziligi hamda sohaga islohotlar zarurligini ma’lum qildi. Yuk tashuvchi temir yo‘l stansiyalarini shaharlardan tashqariga ko‘chirish taklif etilmoqda.
“Antistrumin” yod preparatini ishlab chiqaruvchi Samo kompaniyasi faoliyati tekshirilmoqda. Nojo‘ya ta’sirlar tufayli kasalxonaga yotqizilgan bolalarning ota-onalari ushbu preparatni qo‘llash sabab bo‘lgan deb taxmin qilishmoqda. Rasmiylar esa bolalarda O‘RVI bo‘lishi mumkin degan fikrda.
CAU (Akfa) universitetining 2 yil tayyorlov kursini bitirganlar sabablarsiz OTM talabalari safidan chetlatildi. Bunga eski va yangi rahbariyat o‘rtasidagi nizo sabab bo‘lmoqda. “Gazeta.uz” talabalar va ularning ota-onalariga mikrofon tutdi, universitet rahbariyati esa savollarga javob berishni istamadi.
Shayxontohur tumanida 1 ta MCHJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani oqibatida 3 mlrd 838 mln so‘mlik zarar yetdi. Bu hajmdagi gaz 29 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste’molini tashkil etadi. Korxonaning, shuningdek, elektrdan 3 mlrd so‘mdan ziyod qarzi borligi ma’lum bo‘ldi.
Xanchjou shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining dastlabki kunida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza — jami 7 ta medal bilan taqdirlandi. Musobaqadagi ilk oltinni dzyudo bo‘yicha -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova qo‘lga kiritdi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurmat Otabekovning aytishicha, ko‘kyo‘tal kasalligi mavsumiy bo‘lib, asosan emlanmaganlar orasida tarqaladi. “Shu bois ko‘kyo‘tal kam miqdorda bo‘lsa-da, aholi o‘rtasida qayd etib turilishi tabiiy hol”, — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting