Arxiv

IndiGo Dehlidan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi
23 sentabr 2023, 10:45

IndiGo Dehlidan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar haftasiga to‘rt marta amalga oshiriladi.

Chustdagi bolalar dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanmagan — Elmira Bositxonova
23 sentabr 2023, 10:04

Chustdagi bolalar dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanmagan — Elmira Bositxonova

Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova Chust tumanidagi bolalar dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanmaganini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, 85 foiz bolaning sog‘lig‘i joyida, uylariga qaytishga birin-ketin ruxsat berilmoqda.

Nima tayyorlaymiz: Pechenelar
23 sentabr 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Pechenelar

Turkcha “Shekerpare”, yalpizli pechene, qahva donalari, brauni pechenesi, “Kokos va shokolad” pechenesi va boshqalar — Zira.uz turli pechenelarni tayyorlash retseptlarini sinab ko‘rdi.

Prezident yil yakunigacha 1,1 mln aholini markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulashga topshiriq berdi
23 sentabr 2023, 09:31

Prezident yil yakunigacha 1,1 mln aholini markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulashga topshiriq berdi

O‘zbekistonda 2023-yil yakunigacha 1,1 mln aholi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulanadi. Prezident bu bo‘yicha “O‘zsuvta’minot”ga vazifa qo‘ydi.

Sahro va kelajak yuzlashgan manzil: nima uchun Dubayga sayohat qilish kerak?
23 sentabr 2023, 00:01 2

Sahro va kelajak yuzlashgan manzil: nima uchun Dubayga sayohat qilish kerak?

Dubay — kichik baliqchilar qishlog‘idan osmono‘par binolar markaziga aylangan megapolis, turli millat vakillarini o‘zida jamlagan dunyo poytaxti, BAAning Fors ko‘rfazi qirg‘og‘idagi eng yirik shahri. Yaqin Sharqdagi eng yirik tijorat va sayyohlik makonidan “Gazeta.uz” muxbiri reportaj tayyorladi.

Andijonda ham bolalarda Antistrumin dorisining “nojo‘ya ta’siri” qayd etildi
22 sentabr 2023, 22:26

Andijonda ham bolalarda Antistrumin dorisining “nojo‘ya ta’siri” qayd etildi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov “Antistrumin” dorisining “nojo‘ya ta’siri” kuzatilgan 12 nafar bola yotgan kasalxonaga bordi. Avvalroq Namangan viloyatida ham ushbu dorini iste’mol qilgan 70 dan ortiq bola shifoxonaga yotqizilgan edi.

“Sharq” majmuasining qaysi binolari madaniy meros obyekti ekani tekshiriladi
22 sentabr 2023, 22:03

“Sharq” majmuasining qaysi binolari madaniy meros obyekti ekani tekshiriladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Sharq” nashriyotining qaysi binolari madaniy meros obyekti ekanini aniqlash bo‘yicha Madaniy meros agentligi bilan kelishib oldi. Agentlik O‘zA binosi bunday obyekt emasligini, lekin uning tashqi ko‘rinishini saqlab qolish xususiylashtirish sharti bo‘lishini ta’kidladi.

22-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
22 sentabr 2023, 21:56

22-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Namanganda zaharlangan 70 dan ortiq bola, undan qattiq tashvishga tushgan prezident, zaharlanish ortidan tarkibida yod bo‘lgan “Antistrumin” №100dan foydalanish taqiqlangani, lotin alifbosidagi 4 ta harfning shakli o‘zgarishi, gaz, elektr energiyasi tannarxi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Rossiyaning Qora dengiz floti shtab-kvartirasi raketa zarbasiga uchradi
22 sentabr 2023, 21:07

Rossiyaning Qora dengiz floti shtab-kvartirasi raketa zarbasiga uchradi

Rossiya Qora dengiz flotining bosib olingan Sevastopoldagi shtab-kvartirasi raketa hujumiga uchradi. Binoning tomi va yuqori qavati vayron bo‘lgan. Rossiya Mudofaa vazirligi hujumda Ukrainani aybladi. Ukraina harbiylari esa ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

O‘zbekistonda “Antistrumin” №100 (kaliy yodid) iste’moli vaqtinchalik taqiqlandi
22 sentabr 2023, 20:20

O‘zbekistonda “Antistrumin” №100 (kaliy yodid) iste’moli vaqtinchalik taqiqlandi

Namangan viloyatida 71 nafar bola zaharlanganidan so‘ng O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rganishlar yakuniga yetguniga qadar tarkibida yod bo‘lgan “Antistrumin” №100 mahalliy dori vositasidan foydalanishga taqiq joriy etildi.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
22 sentabr 2023, 20:20

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

5 ta kinopremera, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlar, “Humo” xokkey klubi matchlari, MotorFest2023 avtofestivali, Geek Con Tashkent festivali, Anhor bog‘ida retro-kecha, plogging-yugurish, konsertlar, ko‘rgazmalar, spektakllar, bolalar uchun tadbirlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar.

Shavkat Mirziyoyev Chust tumanidagi bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatdan qattiq tashvishda — matbuot xizmati
22 sentabr 2023, 19:46

Shavkat Mirziyoyev Chust tumanidagi bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatdan qattiq tashvishda — matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Chust tumanida 70 dan ortiq bolaning zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyatdan “qattiq tashvishda”, deya ma’lum qildi uning matbuot kotibi. Davlat rahbari muntazam ravishda vaziyat yuzasidan hisobotlar olib, mas’ullarga alohida nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar bermoqda.

Yangi O‘zbekiston bog‘i Coke Studio Fest`da 60 mingdan ortiq mehmonni qabul qildi
22 sentabr 2023, 19:00

Yangi O‘zbekiston bog‘i Coke Studio Fest`da 60 mingdan ortiq mehmonni qabul qildi

Yangi O‘zbekiston bog‘i`da 16-sentabr kuni Coke Studio Fest bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘zbek xonandalari bilan bir qatorda Artik va Asti, Andro va DJ Afrojack ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

Lotin alifbosidagi 4 ta harfning shakli o‘zgarishi mumkin
22 sentabr 2023, 17:39 1

Lotin alifbosidagi 4 ta harfning shakli o‘zgarishi mumkin

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi loyihasi e’lon qilindi. Unda 4 ta harfning shakli o‘zgarishi ko‘zda tutilgan: o‘, g‘, sh va ch. Loyiha bo‘yicha yangi o‘zbek alifbosi 28 ta harf, 1 ta harf birikmasi va tutuq belgisidan iborat bo‘ladi.

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 12 200 so‘mdan oshdi
22 sentabr 2023, 17:34

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 12 200 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan dollar kursi o‘zining tarixiy maksimal qiymatini yangiladi va 12 200 so‘m chegarasidan o‘tdi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 8,6 foizga qadrsizlandi.

Yerevanda 3 kundan buyon namoyishlar davom etmoqda, 80 dan ortiq odam hibsga olingan
22 sentabr 2023, 17:10

Yerevanda 3 kundan buyon namoyishlar davom etmoqda, 80 dan ortiq odam hibsga olingan

Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat tufayli Yerevanda uch kundan beri ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar Armaniston bosh vazirining iste’foga chiqishi va tan olinmagan respublikadan keluvchilar qabul qilinishini so‘ramoqda. Politsiya 80 dan ortiq namoyishchini hibsga olgan.

Energetika vazirligi O‘zbekistondagi gaz va elektr energiyasi tannarxini e’lon qildi
22 sentabr 2023, 15:30

Energetika vazirligi O‘zbekistondagi gaz va elektr energiyasi tannarxini e’lon qildi

O‘zbekistonda 1 kVt/soat elektr energiyasi tannarxi 970 so‘mni (2022-yil may oyidan +21,2% oshgan), gazning bir kubometri 1890 so‘mni (+35%) tashkil qilmoqda, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Kuni kecha Energetika vaziri bir kVt/soat elektr energiyasi narxi 800 so‘mdan oshganini aytgandi.

Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik erkak 9 yilga qamaldi
22 sentabr 2023, 15:26

Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik erkak 9 yilga qamaldi

Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilgan 36 yoshli o‘zbekistonlik erkak uzil-kesil 9 yilga qamaldi. U yaqin do‘stining taklifi bilan xalqaro terroristik tashkilotga qo‘shilgan va bir guruh shaxslarni Suriyaga jo‘natishni tashkillashtirgan.

Iqtisodchi Behzod Hoshimov va Botir Qobilov prezident Mirziyoyev bilan nimalar haqida gaplashdi?
22 sentabr 2023, 15:03

Iqtisodchi Behzod Hoshimov va Botir Qobilov prezident Mirziyoyev bilan nimalar haqida gaplashdi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga safari davomida u yerdagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashgandi. Uchrashuvda qatnashgan iqtisodchi Behzod Hoshimov va Botir Qobilov tadbir tafsilotlarini ma’lum qildi. Davlat rahbari ularni kuzatib borishini ta’kidlagan va ularni “ochiq gapirishga” chaqirgan.

Poytaxtdagi ayrim sud binolarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda — Toshkent IIBB
22 sentabr 2023, 13:59

Poytaxtdagi ayrim sud binolarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda — Toshkent IIBB

22-sentabr kuni Toshkent shahri sudi binosiga bomba o‘rnatilgani haqida ma’lumot tarqaldi. Poytaxt IIBB xavotirga berilmaslikni so‘rab, Toshkent shahri sudi va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting