Qo‘qon bojxona postida hujjatlarda 23 tonna 540 kg og‘irlikdagi «reeksport» sifatida qayd etilgan tovarlarni olib ketayotgan ko‘rsatilgan yuk mashinasi tekshirilganda ichida hech nima yo‘qligi aniqlandi. Bojxona xodimlarining bu holatga aloqadorligini aniqlash maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Osiyo taraqqiyot banki Xovosda ko‘p funksiyali jamoat markaziga ega istirohat bog‘i, Xivada raqamli muzeyga ega tashrif buyuruvchilar markazi, Jizzaxda suv tarmoqlarini rivojlantirish va to‘rtta shaharda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini yaxshilash uchun $59 mln dollarlik kredit ajratdi.
Darhaqiqat, ko‘p tilli bu kurrai zaminda o‘z tilini a’lo darajada bilgan va ko‘p tilni puxta o‘zlashtirgan xalq yutadi. Agar tilga hozrgidek munosabat davom etaversa, bir necha yildan keyin so‘z boyligimiz yonga solib yuradigan lug‘atga jo bo‘ladi-qoladi, deb yozgandi 2006 yildagi maqolasida Suyun Qorayev.
Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals zavodida metall konstruksiya qismlarini o‘rnatish jarayonida ustiga bunker qulab tushgan ishchi vafot etdi.
Mirobod tumanida «Tez yordam» xodimi va haydovchisi kaltaklangani xabar qilingandi. Sog‘liqni saqlash vaziri hodisa oqibatida jiddiy tan jarohati olib, davolanayotgan haydovchi bilan ko‘rishdi. Behzod Musayev uni «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.
Markaziy bank 18 oktabr uchun 1 AQSh dollarini 11 143,28 so‘m etib belgilandi. Yangilangan kurs ortidan tijorat banklari mijozlarga dollarni 11 200 so‘mdan taklif qilmoqda.
«Gazeta.uz» prezident matbuot xizmati fotosuratlarida taqdimot slaydlari xiralashtirilayotganiga e’tibor qaratdi. Taqdimot suratlari tufayli jurnalistlar muhim loyihalar haqidagi xabarlarni to‘ldirish imkoniga ega bo‘lishardi. UPD: Prezident matbuot kotibi vaziyat o‘nglanishini ma’lum qildi.
18 oktabr kuni tong soat 06:55 larda Farg‘ona xalqa yo‘lida harakatlanib ketayotgan HOWO yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, aholi yashash uylaridan biriga borib urildi. YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan.
NovaStroy kompaniyasi yangi loyiha Livingood majmuasida sotuv jarayonini cheklangan muddatli maxsus chegirma bilan boshladi.
Toshkentda tezlik pasaytirilishi haqidagi xabar, kutilganidek, aksariyat aholining noroziligiga sabab bo‘ldi. Transport vazirligi vakili Murod Obidov haydovchilarning xavotiri nega asossiz ekanini tushuntirib berdi. Odamlarning hayotini saqlab qolish uchun «tezlikni pasaytirish birinchi va minimal choradir».
Ifloslangan Toshkent havosi, 20−21 oktabrda Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi, kaltaklangan Toshkentdagi «Tez yordam» xodimlari, vazirlar va qo‘mita rahbarlari o‘rinbosarlari tumanlarga hokim bo‘layotgani, yomg‘irli kunlar, 5 kunga yopiladigan ko‘chalar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Yeysk shahridagi turar-joy binosi yaqiniga Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyoti qulab tushdi. Yong‘in binoning beshinchi qavatgacha qismini qamrab oldi.
Ko‘chalarda tirbandlik, katta qurilishlar, daraxtlarni kesish, magistral yo‘llar va maysazorlarga keng ko‘lamda suv sepilmasligi, shahardagi atmosfera bo‘shlig‘ining past shamollatilishi havoning yuqori darajada ifloslanishiga olib keladi. O‘zgidromet vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdi.
1 dekabrdan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan chiqarib tashlanadi. Subsidiyaga talabgorlarni tanlab olishda ma’lumotlar subsidiya.idm.uz dasturida yig‘iladi.
Toshkent shahrida Farhod ko‘chasining Kichik halqa avtomobil yo‘lidan Lutfiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 17−21 oktabr kunlari qisman yopiladi. Bu vaqtda yo‘l-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Hukumat karori bilan seysmik faol zonalarda quriladigan obyektlarga ilmiy xulosalar beriladi. Loyiha-smeta hujjatlari zilzilabardoshlik bo‘yicha xulosa va ekspertizadan o‘tkazish uchun FAga yo‘naltiriladi. Shundan so‘ng, 3 oygacha tajriba-sinov natijalari asosida ilmiy xulosa qabul qilinadi.
O‘zgidromet dushanba kuni soat 18:00 dan 23:00 gacha Toshkent shahrida atmosfera mayda chang zarrachalari bilan ifloslanishi kuchayishini ma’lum qildi. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan imkon boricha uydan chiqmaslik va ko‘chada tibbiy niqob taqib yurish so‘ralmoqda.
Turkiyaning qurilish, energetika va infratuzilmaviy rivojlanish loyihalarini amalga oshiruvchi kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni reja qilmoqda. Tomonlar yil oxirigacha tegishli vazirlik va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikni muhokama qilish uchun uchrashishga kelishib oldi.
Mirobod tumanida yuk mashinasi, avtobus va Nexia-3 avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Avtohalokatga yuk mashinasi tormoz tizimidagi nosozlik tufayli haydovchi transportni to‘xtata olmagani sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jaroxat olganlar yo‘q.
Hukumat qarori bilan madaniyat va san’atni yuksaltirish, uning xalqaro nufuzini oshirishda katta hissa qo‘shganlar «Yangi O‘zbekiston yulduzlari» madaniyat va san’at milliy mukofoti bilan taqdirlanadi. Bunda 20 ta nominatsiya bo‘yicha har bir yo‘nalishda eng yaxshi 3 nafar nomzod tanlab olinadi va ovozga qo‘yiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting