Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida KXDRga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Terma jamoa 2015-yildan buyon Shimoliy Koreyaga yutqazmagan va bo‘lajak uchrashuvda ham uch ochko olish niyatida. KXDR bosh murabbiyi esa jamoasining O‘zbekistonga qarshi “maxsus strategiyasi” borligini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Qonunchilik palatasi deputatlarining yangi tarkibi oldida chiqish qilib, parlamentda muhokama va muxolifat bo‘lishi kerakligini aytdi. Bu buyuk xalq bizga ishondimi, mana shu ishonchni oqlaylik, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev Senatda yuqori martabali mansabdor shaxslarning hisobotlari ko‘p hollarda chuqur tahlillar o‘tkazmasdan ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Senat oldida qanday dolzarb vazifalar turgani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida hokim yordamchisi 33 kishiga 1 mlrd 88 mln so‘m imtiyozli kredit ajratishga erishib, ularni o‘zlashtirgan. Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida ham hokim yordamchisi 26 kishiga chiqarilgan 821 mln so‘m kreditni talon-toroj qildi. Ularga jinoyat ishi ochildi.
TBC Uzbekistan asosiy infratuzilmaga sarmoya kiritayotgani va o‘z protsessing markazini ishga tushirayotganini ma’lum qildi. Kompaniya ekotizim ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaratilgan protsessing markazi yangi mahsulotlarni bozorga chiqarishni tezlashtirishi va o‘zgarishlarga moslashuvchanlikni oshirishini kutmoqda.
Andijondagi Bobur haykali joylashgan maydon o‘rnida biznes markazi qurilishi, haykal eski shahar hududiga ko‘chirilishi reja qilinmoqda. Hokimlik buni ko‘prik qurilishi sababli maydon yopiq ko‘rinishga kelib qolishi bilan izohladi. Loyiha ilmiy kengash vakillari hamda boburshunoslar bilan kelishilgan. Munosabatlar.
Markaziy bank qarz oluvchilar va bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritdi.
Yashnobod tumanida joylashgan MCHJ mas’ullari elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Buning oqibatida 7 mlrd 528 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Donald Tramp AQShda favqulodda holat joriy etish va migratsiyaga qarshi kurashish uchun harbiylardan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. U “deportatsiya qilishda eng yirik operatsiyani o‘tkazish uchun federal va shtat darajasidagi barcha vakolatlardan foydalanmoqchi” ekani aytiladi.
“Hizbulloh”ning Isroil poytaxti Tel-Avivga yo‘llagan raketa zarbasi oqibatida besh kishi jarohatlandi. Shfaram shahrida uch qavatli turar joy binosiga raketa tushib, 41 yoshli ayol halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi. O‘z navbatida, Isroilning Livan poytaxtiga bergan zarbalari tufayli 5 kishi halok bo‘ldi.
Rossiya bilan investitsiya bitimiga qarshi namoyishlardan so‘ng Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya “barqarorlik va konstitutsiyaviy tartibni saqlash maqsadida” iste’foga chiqdi. Shuningdek, hukumat rahbari ham lavozimidan ketadi. Endi prezident vazifasini vitse-prezident Badra Gunba bajarib turadi.
Bosh prokuratura departamenti Toshkent shahrida uch kishini Angliyaga ishga yuborishini aytib, 12 ming dollar olayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi, parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytgan prezident, O‘zbekiston haqida nomaqbul gapirgan xorijliklar to‘g‘risidagi qonun, park va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash rejasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida Traverse va Equinox to‘qnashuvida ikki yo‘lovchi jarohatlandi. Yashnobod tumanida esa 4 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi. Surishtiruv ishlari boshlandi.
Prezident 2025-yilda Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsion muhitni yaxshilashga doir yig‘ilish o‘tkazdi. Maqsadli vazifalarga ko‘ra, investitsiya hisobiga 305 ming aholi ish bilan ta’minlanib, 1 mlrd dollar eksport qilinadi. Qir-adirlar toifasi o‘zgartirilib, foydalanishga topshiriladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisida avvalgi 12 ta qo‘mita o‘rniga yangi tarkibda 10 ta qo‘mita tuzildi, bir qo‘mitadan tashqari barchasiga rais tasdiqlandi.
O‘zbekiston prezidenti ikki nafar rossiyalik artist — Sergey Bezrukov va Andris Liyepani “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa o‘zbekistonlik san’atkorlar Farrux Zokirov va Sevara Nazarxonni Do‘stlik ordeni bilan taqdirladi.
Futbol bo‘yicha Shimoliy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Sin Yon-Nam O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun alohida strategiyasi borligini ta’kidladi. Uning aytishicha, futbolchilari o‘yinga to‘liq tayyor. Shuningdek, jamoa hujumchisi Xan Kvan Son ham O‘zbekiston terma jamoasi chuqur o‘rganib chiqilganini qayd etdi.
Rossiya Ukrainaning Odessa shahriga bergan raketa zarbasi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 43 kishi jarohatlandi. Shaharda turar joy binolari va fuqarolik infratuzilmasi zararlandi.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatini tartibga soluvchi qonun imzolandi. Hujjat bilan ombudsmanning huquq va majburiyatlari belgilandi, xususan, u 5 yilga saylanadi va inson huquqlari bo‘yicha qonunlarga rioya etilishini nazorat qiladi. U fuqarolarning shikoyatlari asosida tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting