Arxiv

O‘zbekiston termasi Islom birdamligi o‘yinlarida yana 21 ta medalni qo‘lga kiritdi
11 avgust 2022, 19:28

O‘zbekiston termasi Islom birdamligi o‘yinlarida yana 21 ta medalni qo‘lga kiritdi

Konya shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari sportning turli yo‘nalishlarida yana 21 ta — 5 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Endi Yakkasaroy tumanida daraxt ildizlariga shikast yetkazildi
11 avgust 2022, 19:19

Endi Yakkasaroy tumanida daraxt ildizlariga shikast yetkazildi

Chilonzorda yuzlab daraxtlar ildiziga zarar yetkazilishi bilan bog‘liq mojaro tinchimay turib, Yakkasaroyda shunday holat takrorlandi. Bu safar tanlovda ishtirok etish uchun uy fasadini «xayriya asosida» ta’mirlayotgan kompaniya tomonidan amalga oshirildi. Voqea joyida bloger Nikita Makarenkoga tahdid qilindi.

Abituriyentlar testda to‘plagan bali bilan professional ta’lim muassasalariga o‘qishga topshirishlari mumkin bo‘ladi
11 avgust 2022, 18:28

Abituriyentlar testda to‘plagan bali bilan professional ta’lim muassasalariga o‘qishga topshirishlari mumkin bo‘ladi

OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun professional ta’lim muassasalariga kirish uchun ham ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi. Buning uchun ro‘yxatdan o‘tishda mazkur imkoniyatdan foydalanishni tanlashlari kerak.

O‘zbekistonda litsenziyasi bo‘lmagan kriptobirjalarga kirish cheklandi — ILMA
11 avgust 2022, 17:41

O‘zbekistonda litsenziyasi bo‘lmagan kriptobirjalarga kirish cheklandi — ILMA

Kriptoaktivlar aylanmasi sohasini tartibga soluvchi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mashhur kriptobirjalarning saytlariga kirish ularning faoliyat yuritish uchun litsenziyasi bo‘lmagani sababli bloklanganini ma’lum qildi.

Magic City`dagi fotograflar janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi
11 avgust 2022, 17:35

Magic City`dagi fotograflar janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi

Magic City bog‘ida ikki fotosuratchi o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal vaqtida ulardan biri ikkinchisiga pichoq o‘qtaldi. Jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatildi, uning ahvoli qoniqarli ekanligi aytilmoqda. Gumondorga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.

«Menga nisbatan tahdidlar boshlandi» — o‘zbekistonlik yo‘lovchilar muammosini yoritgan o‘shlik jurnalist
11 avgust 2022, 17:10 1

«Menga nisbatan tahdidlar boshlandi» — o‘zbekistonlik yo‘lovchilar muammosini yoritgan o‘shlik jurnalist

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida mahalliy taksi haydovchilarining O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan qo‘pol munosabati va bir necha barobar yuqori yo‘l haqi olishi kabi muammolarni yoritgan o‘shlik jurnalist Shohrux Soipov «Gazeta.uz» ga o‘ziga nisbatan tahdidlar bo‘layotganini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston fermerlar kengashi paxta xomashyosining minimal narxlari haqida
11 avgust 2022, 17:00 1

Qoraqalpog‘iston fermerlar kengashi paxta xomashyosining minimal narxlari haqida

Qoraqalpog‘iston fermerlar kengashi paxta xomashyosining minimal narxlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.

Toshkentda birinchi ipoteka markazi ochildi
11 avgust 2022, 16:18 1

Toshkentda birinchi ipoteka markazi ochildi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida ipoteka markazi ochildi. U poytaxtda qurilayotgan uylar, unga xizmat ko‘rsatadigan banklar, ipoteka kreditlari shartlari haqida ma’lumotlar beradi. Qayd etilishicha, 2022 yilda ipoteka kreditlari uchun budjetdan 13 trln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

«Dori-Darmon» korxonasi xususiylashtiriladi
11 avgust 2022, 15:28

«Dori-Darmon» korxonasi xususiylashtiriladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Dori-Darmon» AJni xususiylashtirish uchun konsalting kompaniya jalb etishni rejalashtirmoqda. Korxonaning 51% aksiyalari paketi sotuvga qo‘yiladi.

YeXHT referendumni kuzatish uchun cheklangan missiyani yuboradi
11 avgust 2022, 13:39

YeXHT referendumni kuzatish uchun cheklangan missiyani yuboradi

YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumni kuzatish uchun O‘zbekistonga cheklangan missiya yuborishni tavsiya qildi. Referendum kuni fuqarolardan barcha o‘zgartishlarni «yoqlab» yoki «qarshi» ovoz berish so‘raladi.

Farg‘onada yashovchi shaxsdan 13 kgga yaqin narkotik modda musodara qilindi
11 avgust 2022, 12:32

Farg‘onada yashovchi shaxsdan 13 kgga yaqin narkotik modda musodara qilindi

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqaro o‘z hovlisida 17 tup «marixuana» yetishtirganlikda gumonlanmoqda. Uning xonadonida salkam 13 kg «nasha» va «ko‘knori» borligi aniqlandi.

Sirdaryodan Tojikiston orqali Qo‘qonga boradigan avtobus yo‘lga qo‘yiladi
11 avgust 2022, 12:16

Sirdaryodan Tojikiston orqali Qo‘qonga boradigan avtobus yo‘lga qo‘yiladi

Tez kunlarda “Guliston — Qo‘qon” yo‘nalishida Tojikiston orqali harakatlanuvchi yangi avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Yo‘l haqi 50 ming so‘m atrofida bo‘ladi, yo‘lovchilardan xorijga chiqish pasportini olish talab etiladi. Yo‘lovchilarni Tojikiston hududida tushirish va olish taqiqlanadi.

«2026 yilgacha O‘zbekistonda qanday holat bo‘ladi?», degan ikkilanishlar ham bo‘ldi — Alisher Sa’dullayev
11 avgust 2022, 11:51

«2026 yilgacha O‘zbekistonda qanday holat bo‘ladi?», degan ikkilanishlar ham bo‘ldi — Alisher Sa’dullayev

Alisher Sa’dullayev 2026 yilda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasini O‘zbekistonda o‘tkazish qaroriga erishish oson kechmaganini ma’lum qildi. FIDE Bosh Assambleyasida jahondagi vaziyatdan kelib chiqib, viza, mamlakatga kirib-chiqish va boshqa masalalarda ko‘plab savollar berilgan.

«Zarafshon» milliy tabiat bog‘i Ekoqo‘mita tizimiga o‘tkazildi
11 avgust 2022, 11:17

«Zarafshon» milliy tabiat bog‘i Ekoqo‘mita tizimiga o‘tkazildi

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tarkibida bo‘lgan «Zarafshon» milliy tabiat bog‘i Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazildi. Mutasaddi idora tomonidan bog‘ bo‘yicha nizom ishlab chiqish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni 3 oy ichida amalga oshiriladi.

Foto, Video: Toshkent shaxmat olimpiadasi chempionlarini qanday kutib oldi?
11 avgust 2022, 09:51

Foto, Video: Toshkent shaxmat olimpiadasi chempionlarini qanday kutib oldi?

Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblari Toshkent aeroportida kutib olindi. Chempionlarga 600 mln so‘mdan pul mukofoti va Equinox avtomobili topshirildi.

«Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
11 avgust 2022, 09:47

«Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Hukumat qaroriga ko‘ra, «Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. U bilan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrashda salmoqli natijalarni qo‘lga kiritganlar taqdirlanadi. Ularga BHMning 4 baravari — 1,2 mln so‘m pul mukofoti ham beriladi.

Toshkent tumanlaridan biridagi gaz hidiga me’yoridan ortiqcha odorant qo‘shilgani sabab bo‘lgan
10 avgust 2022, 22:12

Toshkent tumanlaridan biridagi gaz hidiga me’yoridan ortiqcha odorant qo‘shilgani sabab bo‘lgan

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi chorshanba kuni ertalabdan kvartiralar, uylar, pod’ezdlar, ofis binolari va gaz taqsimlash punktlarida kuchli gaz hidi kelayotganidan shikoyat qilishdi. Tuman hokimligi bunga tabiiy gazga me’yoridan ortiqcha odorant qo‘shib yuborilgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

10 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 avgust 2022, 22:00

10 avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Birinchi test kuni natijalari, qon donorlariga imtiyozlar, «bugungi Toshkent 1994 yilgi Dubaydan zo‘r», Asalhoney`ning o‘ldirilishi tafsilotlari, ishdan bo‘shatilgan Oliy sud raisi, o‘zini yoqib yuborgan FNQIZ xodimasi vafot etgani, quduqlarni burg‘ilashga moratoriy va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

Qo‘riqxonalardagi fotoqopqonlarga tushgan ayiq, to‘ng‘iz va shoqol tasvirlari e’lon qilindi
10 avgust 2022, 21:51 1

Qo‘riqxonalardagi fotoqopqonlarga tushgan ayiq, to‘ng‘iz va shoqol tasvirlari e’lon qilindi

Davlat ekologiya qo‘mitasi Zomin va Qizilqum qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonlarga tushib qolgan ayiq, to‘ng‘izva shoqol tasvirlarini namoyish qildi.

Prezident 44-shaxmat Olimpiadasi g‘olib va ishtirokchilarini mukofotladi
10 avgust 2022, 21:44

Prezident 44-shaxmat Olimpiadasi g‘olib va ishtirokchilarini mukofotladi

Prezident farmoni bilan butunjahon shaxmat olimpiadasi sovrindorlari «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan, ayollar terma jamoasi a’zolari esa «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting