“Gazeta.uz” Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan ulardan ushbu sanani nishonlash, bir oyda qancha mablag‘ sarflashlari hamda talabalik hayoti haqida so‘radi.
Piskentda noma’lum shaxslar itlarni otib tashladi. Toshkent viloyati IIBB ulardan ov qurollari olib qo‘yilganini bildirdi, biroq tafsilotlarni ochiqlamadi. O‘zbekistonda qarovsiz hayvonlarni tutish xizmatlarining jonivorlarga shafqatsiz munosabati hamon dolzarb muammoligicha qolmoqda.
Bolalar ombudsmani Samarqandda guruhli jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan maktab o‘quvchisi bilan uchrashdi. Qizga har tomonlama tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatila boshlandi. Jabrlanuvchining onasi OAVdan jinoyat tafsilotlarini e’lon qilmaslikni so‘radi.
Abxaziyada Rossiya bilan “investitsiya bitimi” ratifikatsiya qilinishiga qarshi namoyishchilar hukumat binolarini egalladi. Buning fonida prezident Aslan Bjaniya iste’foga chiqishga tayyorligini bildirdi. Ammo namoyishchilar uning shartlarini qabul qilmayapti. To‘qnashuvlarda o‘ndan ortiq kishi jarohatlangan.
Donald Tramp 27 yoshli Kerolayn Livittga Oq uy matbuot kotibi lavozimini berdi. U mazkur xizmat tarixidagi eng yosh rahbar bo‘ladi.
Soliq kodeksiga kiritilgan yangi qo‘shimchalarga ko‘ra endi barqarorlik reytingi bo‘yicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi. Shu toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash tekshiruvlar o‘tkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda probatsiya xizmatining katta inspektori va inspektoriga probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish vakolati berildi.
Batirbek Ubbiniyazov Bo‘zatov tumaniga hokim etib tayinlandi. U bungacha Mo‘ynoq tumani hokimining ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
O‘zbekiston prezidenti Oliy Majlis Senatining 9 nafar a’zosini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Konstitutsiyaning 92-moddasiga ko‘ra, ushbu 9 nafar senator davlat va jamiyat faoliyatida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan tayinlanadi.
Asialuxe Travel turoperatori Yevropa va Osiyo uchrashadigan, Istanbul esa butun go‘zalligi bilan namoyon bo‘ladigan Bosfor bo‘ylab unutilmas sayohatlarni taklif etadi.
Qozog‘istonning Kaspi kompaniyasi O‘zbekistonda Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etmaslikka qaror qildi.
U o‘zbek tilidagi nutq sintezatori, “Kitob Plyus” loyihasi mualliflaridan. Hozir o‘zi o‘qigan ko‘zi ojiz bolalar maktabida dars beradi, jurnallarda ishlaydi. Jamiyat va inson orasida to‘siqlar bo‘lsagina kishi o‘zini nogiron his qiladi, deb hisoblovchi Mirali G‘iyosov — “Iroda” loyihasining navbatdagi qahramoni.
Maxtumquli ko‘chasining Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘prigi ostidan o‘tuvchi Toshkent tibbiyot akademiyasidan Ashxobod bog‘i tomon yo‘nalishdagi qismi 16-noyabr soat 22:00 dan 17-noyabr soat 08:00 gacha yopiladi.
Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov prezident huzuridagi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha noyabr oyida sovuq tufayli aholi uchun ham, iqtisodiyot tarmoqlari uchun ham energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash uchun zaxiralar, jumladan, gaz omboridan gaz jalb qilinganini ma’lum qildi.
Yakkasaroy tumanida Malibu-2 qarama-qarshi yo‘nalishlar o‘rtasidagi temir ustunga urildi. YTH sabab haydovchi va yo‘lovchi jarohatlandi. Mirzo Ulug‘bek tumanida esa Cobalt yo‘l chetidagi daraxt bilan to‘qnashgan.
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida qurilish materiallari korxonasi gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 5 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
O‘zbekiston o‘qituvchilarining malakasini oshirish tizimiga neyrotarmoqlar va Python dasturlash tili asoslarini o‘rganish imkoniyati qo‘shildi. Informatika o‘qituvchilari uchun bepul kurslar Yandex mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.
Menemen, go‘shtdan tayyorlangan qatlama non, simitlar, “Shekerpere” pechenesi va turk oshxonasining boshqa retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Olaf Shols 2022-yil dekabrdan buyon ilk bor telefon orqali gaplashdi. Shols Putinni urushni to‘xtatishga va qo‘shinlarni olib chiqishga chaqirdi. Kansler suhbat haqida Ukraina prezidentini ogohlantirgan, Zelenskiy esa Sholsni muloqot qilmaslikka chaqirgan.
O‘zbekistonda yuzlab, xususan, Toshkentda o‘nlab avtomaktablar necha oydan buyon ishlamayapti. Tadbirkorlar bunga imtihon markazlariga mo‘ljallangan “og‘ir talablar”ning avtomaktablarga ham qo‘llangani sabab bo‘ldi, deydi. YHXX esa talabni bajarganlar bemalol ishlayotganini aytmoqda. “Gazeta.uz” vaziyatni o‘rgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting